O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasiga tegishli “Yoshlar” telekanali 2021-yilda 84,9 mln so‘m foyda ko‘rdi. Bu haqda telekanal moliyaviy hisobotidan ma’lum bo‘ldi.
“Yoshlar” 2020-yilda 49,8 mln so‘m foyda ko‘rgan edi. 2019-yilda esa telekanal 27 mln so‘m zarar ko‘rgan. 2021-yilda telekanal sof tushimi 7 mlrd so‘mga yaqin bo‘lgan. Xarajatlar — 20,7 mlrd so‘m, daromad — 20,9 mlrd so‘m.
2006-yilda tashkil qilingan “Yoshlar” AJ 50 foiz O‘zbekiston Yoshlar ittifoqiga, 50 foiz Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga qarashli.
Avvalroq “Bunyodkor” futbol klubi 2021-yilda 37 mlrd so‘m zarar ko‘rgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)