• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Samolarda bo‘lgan daqiqalarimdan boshqa hamma narsani eslayman”. Yevro—2020 da bir o‘limdan qolgan Kristian Eriksen qanday qilib futbolga qaytdi?

    2021-yilning yozida o‘tkazilgan Yevropa chempionatida butun futbol olamini qo‘rqitib yuborgan Kristian Eriksen 14-fevral kuni 30 yoshni qarshiladi. Quyida daniyalik futbolchining Yevro—2020 dagi yurak xurujidan keyin nimalar qilgani va qanday qilib katta sportga qaytgani haqida hikoya qilinadi.

    Foto: “Ayaks”

    Eriksen yetti oy oldin maydonda yuragi to‘xtab qolganida faoliyatini yakunlash haqida o‘ylayotgandi. Endi esa APLda o‘ynaydi

    Kristian Eriksen katta futbolga qaytdi. O‘tgan yozda, Yevro—2020 doirasidagi o‘yinda yurak xurujiga uchragan daniyalik futbolchi “Brentford” bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv mavsum oxirigacha mo‘ljallangan bo‘lib, uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.

    Eriksen Daniya terma jamoasining qit’a chempionatidagi ilk — Finlyandiyaga qarshi o‘yinida (0:1) hech qanday kontakt yo‘q joyda yiqildi. Shifokorlar futbolchiga dastlab maydonda yordam ko‘rsatdi, so‘ngra u shifoxonaga yetkazildi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Kristian klinik o‘lim holatini boshdan kechirgan.

    Shundan so‘ng Eriksenga kardioverter-defibrillyator o‘rnatildi, bu “Inter” bilan shartnomaning bekor qilinishiga sabab bo‘ldi. Boisi Italiyada futbolchilarga yurak stimulyatori bilan o‘ynash taqiqlangan, shuning uchun tomonlar hamkorlikni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Shu tariqa, 2021-yilning dekabrida Eriksen erkin agentga aylandi va boshqa klublar bilan muzokaralar olib borish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

    Yevrodagi fojiadan keyin Eriksen nima bilan band edi

    Noxush voqeadan bir necha oy o‘tgach, Kristian Daniyaning DR1 telekanaliga bergan intervyusida tafsilotlarni quyidagicha yodga oldi.
    To‘pga zarba berganimdan keyin, boldir mushagimda qaltirashni his qildim va hushimni yo‘qotdim. Uyg‘onganimda, birinchi navbatda, belimni shikastlab olganman deb o‘yladim. ‘Oyoq barmoqlarimni qimirlata olamanmi’. Bu hayolimga kelgan ilk fikrlar edi. Shunda uzoqdan shifokorlarning ovozini eshitdim. Samolarda bo‘lgan daqiqalarimdan boshqa hamma narsani eslayman. Muxlislar tez yordam mashinasiga olib ketilayotganimda ismimni aytib hayqirishgani ham yodimda. Bir necha daqiqaga o‘lganimni faqat tez yordam mashinasida angladim. Menga hamrohlik qilgan shifokorlarning suhbatidan buni tushundim.
    Yarim himoyachi tez yordam mashinasida faoliyatini yakunlash haqida o‘ylaganini ham tan oldi: “U yerda o‘zimga shunday dedim: butsilarimni mixga ilaman, boshqa o‘ynamayman. Xuddi shu gaplarni qaylig‘imga aytdim. ‘Har qanday holatda ham boshqa o‘ynamayman’. Yevroda faqat Daniya terma jamoasi ishtirokidagi o‘yinlarni tomosha qildim. Jamoa yarim finalga qadar yetib borganidan xursandman, lekin shu bilan birga uning bir qismi bo‘lishni juda xohlardim. Asosiysi, noxush epizoddan keyin mustaqil yurganim va yugura olganimdir”.

    Kristian nima uchun faoliyatini davom ettirishga qaror qilgani haqida ham aytib o‘tdi. Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, oilasi uning qarorini qo‘llab-quvvatlagan.
    Futbolga doim oshiq bo‘lganman. Faoliyatimni davom ettirish istagimni oilam qo‘llab-quvvatladi. Agar qaylig‘im ‘boshqa o‘ynashingni xohlamayman’, deganida, vaziyat boshqacha bo‘lardi. Sabrina sport zaliga yoki mashg‘ulotlarga borishimga qarshi emas. U agar ketsam, keyin, albatta, qaytishimga ishonadi.

    Kristian Eriksen oilasi bilan

    Kristian Eriksen oilasi bilan
    Foto: Instagram

    Eriksen vataniga qaytib, “Odense” klubida mashg‘ulotlarni boshladi. U yoshligida o‘sha klubda harakat qilgan. Keyinchalik daniyalik Shveysariyaga ko‘chib o‘tdi va uchinchi divizionda ishtirok etadigan mahalliy “Kyasso” klubida mashg‘ulot o‘tkazdi. Sportchi u yerda faoliyatini qayta tiklashni maqsad qilgandi.

    Maqsadim — Qatardagi Jahon Chempionatida o‘ynash. Terma jamoada yana o‘ynay olishimni isbotlamoqchiman. Murabbiy saviyamga baho berishi kerak, yuragim bunga xalaqit bermaydi.
    2020-yilning yanvar oyida Kristian “Ayaks” yoshlar jamoasi mashg‘ulotlarida qatnashdi. Mish-mishlar daniyalikning 2009—2013-yillarda o‘ynagan niderland klubiga qaytgani haqida “gapira” boshladi, biroq futbolchining agenti Eriksen Premyer Ligaga qaytish niyatida ekanligini ta’kidladi.

    “Kristian bilan hammasi joyida. Rojdestvo oldidan u tibbiy ko‘rikdan o‘tdi, natijalar judayam quvonarli. Biz uning yanvar oyidan umumiy guruhda mashg‘ulotlarni boshlashini kutyapmiz”, — degandi bir necha hafta oldin futbolchining vakili Martin Shuts.

    Nima uchun futbolchi “Brentford”ni tanladi?

    Ba’zi ekspertlar Kristianning tanlovidan hayratga tushdi. Chunki uning oldida boshqa takliflar ham talaygina edi. Masalan, “Tottenhem” bosh murabbiyi Antonio Konte futbolchining London klubiga qaytishini istisno etmagandi. Biroq u “Brentford”ga o‘tishni ma’qul ko‘rdi. Ehtimol, yarim himoyachi yangi klubida o‘zini qulay his qilish uchun shunday qarorga kelgandir.

    “Brentford”da Eriksen ko‘plab tanishlarini uchratadi. Klub bosh murabbiyi Tomas Frank Kristian bilan Daniya yoshlar jamoasida ishlagan. Bundan tashqari jamoada Eriksenning bir qancha hamyurtlari bor: darvozabon Yonas Lyossl, himoyachi Mads Rasmussen, yarim himoyachilar Kristian Nyorgor, Matias Yensen va Mads Bidstrup. Umuman olganda Eriksen uchun yaxshi tanlov. Ammo ko‘pchilik uchun futbolchining jismoniy holati haligacha sir bo‘lib qolmoqda.

    “Brentford” bosh murabbiyi Tomas Frank futbolchilar bilan

    “Brentford” bosh murabbiyi Tomas Frank futbolchilar bilan
    Foto: Getty Images

    “Kristianning o‘yinini qanday tomosha qilishimni tasavvur qilish qiyin”

    Futbolchining safga qaytishi futbol jamoatchiligida biroz xavotir uyg‘otmoqda. “Bolton”ning sobiq futbolchisi Fabris Muamba Eriksenning hayotidan juda xavotirdaligini yashirib o‘tirgani yo‘q. 2012- yilda angliyalik futbolchi ham to‘g‘ridan to‘g‘ri maydonning o‘zida yurak xurujiga uchragan (78 daqiqa davomida yuragi urmagan) va faoliyatini yakunlagan. Muamba shifokorlarning talabi bilan shunday qaror chiqargan, o‘sha paytda u endigina 24 yoshda edi.

    “Ishonchim komilki, Eriksenning Premyer Ligaga qaytishi mumkinligidan nima uchun tashvishlanayotganimni tushunasiz. Yurak xurujidan omon qolgan odam sifatida Kristianning maydondagi harakatlarini qanday kuzatishimni tasavvur qilishim qiyin. Deyli Blindning misolida yurak stimulyatori bilan ham yuqori darajada o‘ynash mumkinligi isbotlangan. Lekin gap jismoniy holat emas, ruhiy jihatga borib taqaladi. Tasavvur qiling-a, futbolchining oilasi bu jarayonda nimalarni his qiladi, bu ular uchun eng qiyini bo‘ladi”, — deya Muambaning so‘zlarini keltirmoqda The Times.

    Fabris Muamba

    Fabris Muamba
    Foto: Getty Images

    Angliyada ishlash (futbol o‘ynash) uchun ruxsat olishdan oldin Eriksen kardiologlar tomonidan chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tdi. Shifokorlar o‘z navbatida Angliya futbol assotsiatsiyasiga hisobot yubordi. Undan bir oy oldin esa Kristian boshqa bir shifokorga turli testlarni topshirgan. Daniyalik sog‘lig‘iga jiddiy yondashmoqda va, aftidan, hozircha tashvishlanishga hech qanday asos yo‘q.

    Mavzuga doir: Futbolning qorong‘i tomoni: maydonda vafot etishiga bir baxya qolgan o‘yinchilar

    14.02.2022, 23:50   Izoh (0)   34988
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Agar onam bo‘lmaganida futbolni aniq tashlab ketardim”. Anxel di Mariyaning ta’sirli hikoyasi

    14.02.2022, 22:51

    “Inter” — “Liverpul”, “Zalsburg” — “Bavariya” uchrashuvlariga hakamlar tayinlandi

    14.02.2022, 22:03

    Messi Kadisda mehmonxona sotib oldi va u yerdagi 40 nafar xodimni ishdan bo‘shatdi

    14.02.2022, 18:03

    “Barselona” himoyachisi Ronald Arauxo “Espanyol” futbolchisiga nisbatan ishlatgan nomaqbul harakati uchun uzr so‘radi

    14.02.2022, 17:00

    “Chelsi” va “Barselona” niderlandiyalik himoyachi uchun kurash olib boradi

    14.02.2022, 14:42

    “Roma” hujumchisi Temmi Abraham A Seriyada 30 yillik rekordni qayd etdi

    14.02.2022, 12:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03

    Og‘ir jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan 3 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 21:45

    Yevropada xavfli virus tarqalmoqda: o‘lim holatlari qayd etildi

    Dunyo | 3 avgust, 21:15

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24

    Saudiya Arabistoni klublari Vinisius transferidan voz kechdi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.