“Yuventus” himoyachisi Matteys de Ligt yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Calciomercato’ning xabariga ko‘ra, 22 yoshli niderlandga Londonning “Chelsi” va Kataloniyaning “Barselona” klublari qiziqish bildirmoqda.
Agar “Yuventus” futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishmasa, uni sotib yubormoqchi. Matteysning turinliklar bilan shartnomasi 2024-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
“Barselona” himoyachi uchun 75 million yevro to‘lashga tayyor. “Chelsi” bundan ko‘proq taklif bildirishga urinib ko‘radi, chunki “aristokratlar” bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoaning himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi.
De Ligt 2019-yilda “Ayaks”dan “Yuventus”ga 85,5 million yevro evaziga o‘tgan edi. Transfermarkt’da himoyachining transfer qiymati 65 million yevroga baholangan.
Matteys 2021/22-yilgi mavsumda Italiya chempionatida 20 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol muallifiga aylandi.
Izoh (0)