Italiya chempionatining 25-turida “Roma” 13-fevral kuni “Sassuolo” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida rimliklar hujumchisi Temmi Abraham penaltidan unumli foydalandi.
Bu 24 yoshli futbolchi uchun A Seriya joriy mavsumidagi 11-gol bo‘ldi. Ushbu natija uchun Temmiga 24 ta o‘yin kifoya qildi.
Abraham 1991/92-yilgi mavsumdan buyon A Seriyada 11 yoki undan ortiq gol urgan ilk ingliz futbolchisiga aylandi. 30 yil avvalgi mavsumda “Bari” yarim himoyachisi Devid Platt chempionatda shu natijani qayd etgandi.
“Roma” Italiya chempionati 2021/22-yilgi mavsumi 25-turidan keyin 40 ochko bilan yettinchi o‘rinda bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)