• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Agar onam bo‘lmaganida futbolni aniq tashlab ketardim”. Anxel di Mariyaning ta’sirli hikoyasi

    Anxel di Mariya — zamonaviy futbolning eng ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri. Argentinalik futbolchi hozirgacha “Benfika”, “Real”, “Manchester Yunayted” va “PSJ”dagi harakatlari bilan juda yaxshi tanish bo‘lib ulgurgan. “Farishta” laqabini olgan Anxel 14-fevral kuni 34 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan “Daryo” 2020-yilning 16-may sanasida e’lon qilingan hikoyani qayta taqdim etadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2014-yilgi Jahon Chempionati finali va og‘ir o‘tgan bolaligi haqida

    “Real”dan xat olganim va uni ochib ko‘rmasdan oldin yirtib tashlaganim hamon yodimda.

    JCh—2014 finali bo‘lishi kerak bo‘lgan kuni, soat 11:00 larda, men ukol olish uchun shifokor-murabbiyni kutardim. Chorak finalda tizzamning mushaklari yirtilgandi, ammo og‘riq qoldiruvchi vositalar yordamida o‘ynashim mumkin edi. O‘shanda murabbiylarga aytgan gaplarim esimda: “Menga baribir, jarohatim olsam ham farqi yo‘q. Men shunchaki o‘ynashni xohlayman”.

    Jamoamizning shifokori Daniyel Martines xonaga qo‘lida konvert bilan kirib: “Anxel, senga “Real”dan xat keldi”, – dedi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Men undan nima haqida gapirayotganini so‘radim. Daniyel shunday javob berdi: “Bu yerda sening o‘ynay olmasliging aytilmoqda. Shuning uchun ular bugun maydonga tushishingni taqiqlamoqda”.

    Men gap nima haqida ekanini darhol angladim. O‘shanda “Real“ mundial tugaganidan so‘ng kolumbiyalik Xames Rodriges bilan shartnoma imzolashni xohlayotgani to‘g‘risida ko‘plab mish-mishlar tarqalgandi. Joyni bo‘shatish uchun meni boshqa jamoaga sotishlarini ham yaxshi bilardim. Shuning uchun ular mening jarohat olishimni istamagan. Mana shunaqa. Bu futbolning muxlislarga qorong‘i bo‘lgan tomoni. Bu “biznes” deb ataladi.

    Men Daniyeldan xat oldim va uni ochib ham o‘tirmasdan bo‘laklarga bo‘lib tashladim.

    “Qaror qabul qilishi mumkin bo‘lgan yagona inson bu menman”.

    O‘sha tunda deyarli uxlamadim. Bunga qisman braziliyalik muxlislarning mehmonxonamiz yaqinida mushakbozlik uyushtirgani ham sabab bo‘lgan. Ammo ular u yerda bo‘lmaganida ham, uxlab qolishim mumkin edi deb o‘ylamayman. Jahon Chempionati finalidan oldingi kecha! Qachonlardir orzu qilgan barcha narsalarni ko‘zingiz bilan ko‘rasiz. Nimalarni his qilayotganingizni tushuntirishning iloji yo‘q.

    Men o‘sha kuni maydonga tushishni judayam xohlardim, hatto bu mening faoliyatimni tugatsa ham rozi edim. Ammo jamoamiz uchun ham vaziyatni murakkablashtirmoqchi emasdim. Shu bois uyg‘onishim bilanoq darhol bosh murabbiyimiz janob Sabelyaning yoniga bordim. Bizning munosabatlarimiz iliq edi va agar men boshlang‘ich tarkibdan joy olish istagim haqida aytadigan bo‘lsam, bu unga bosim bo‘lardi.

    Shuning uchun, shunchaki o‘zi tanlagan o‘yinchini maydonga tushirishini aytdim.

    “Men bo‘lsam men, agar boshqa birov bo‘lsa, demak u. Men shunchaki, Jahon Chempionatida g‘olib bo‘lishni xohlayman. Agar mening foydamga qaror chiqarsangiz, kuchim boricha harakat qilaman”.

    Keyin esa hissiyotlarimni jilovlolmay ko‘zimga yosh keldi va men bunga qarshilik ko‘rsatmadim.

    O‘yindan oldin kiyinish xonasida Sabelya Enso Peresni asosiy tarkibga tushirishi ma’lum bo‘ldi. Bu qarorni xotirjam qabul qildim. Uchrashuv boshlanishidan oldin va ikkinchi bo‘lim oldidan ham, maydonga tushish uchun chaqirishsa, o‘yinga tayyor bo‘lishim uchun og‘riq qoldiruvchi ukol qilishdi.

    Biroq men o‘yinga tushmadim. Biz Jahon Chempionatida mag‘lub bo‘ldik va men bunga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmadim. Bu mening hayotimdagi eng og‘ir kun edi. Uchrashuvdan so‘ng, OAV men (final uchrashuvida qatnashmaganim sabablari) haqimda bo‘lmag‘ur gap-so‘zlar paydo bo‘la boshladi. Ammo men hozir aytayotganlarim mutlaq haqiqat.

    Men hamon murabbiyning yoniga suhbatlashish uchun borganimda, yig‘lab yuborganimni u qanday tushunganligi haqida o‘ylayman. Balki, u asablari bardosh bera olmasdan yig‘lagan deb o‘ylar.

    Aslida, buning asablarga hech qanday aloqasi yo‘q edi. O‘sha lahzalarning ahamiyati juda kuchli edi, axir biz imkonsiz narsani bajarishga juda yaqin turgandik.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Uyimizning devorlari oq rangga bo‘yalgan bo‘lishi kerak, lekin ular shunday bo‘lganligini eslay olmayman. Avvaliga ular kulrangda edi, keyin esa ko‘mir changidan butunlay qorayib ketgandi. Otam ko‘mir ishlab chiqarardi, ammo hammasi shaxtadagi kabi emasdi. U uyimizning orqa qismida ko‘mir tayyorlardi. Ko‘mir qanday tayyorlanishini ko‘rganmisiz? Biror taom uchun do‘kondan sotib olinadigan kichik paketlardagi ko‘mir qayerdan kelishini bilasizmi? Ochig‘ini aytganda, bu juda iflos ish, albatta, to‘g‘ri ma’noda.

    Otam orqa hovlida ko‘mirni bozorda sotish uchun qoplardi. U yolg‘iz bo‘lmagan, uning kichik yordamchilari bor edi. Maktabga borishdan avval singlim va men otamga yordam berish uchun barvaqtroq uyg‘onardik. Biz o‘shanda 9-10 yoshda edik, bu ko‘mirni yig‘ish uchun ideal davr edi, chunki ish osongina o‘yinga aylanib ketardi. Ko‘mirlarni olib ketish uchun arava kelganida, biz qoplarni uyning ichi bo‘ylab olib o‘tardik. Shu tariqa vaqt o‘tishi bilan uyimiz deyarli qop-qora rangga kirdi.

    Ammo buning evaziga dasturxonda yegulik bo‘lar va uyimiz tortib olinmasligi uchun to‘lov qilinardi.

    Ko‘mir ishlab chiqarish otamning birinchi “korxona”si bo‘lmagan. Bungacha uyimizning old tarafdagi xonasini kichkina do‘konga aylantirishga urinish bo‘lgandi. U sayqallovchi, oqartiruvchi, sovun va bir qancha tozalovchi xususiyatga ega vositalarni sotib olib, ularni ehtiyotkorlik bilan kichik idishlarga quyib, sotardi. Agar siz bizning shahrimizda yashasangiz, do‘kondan tozalovchi vositalarni sotib ololmaysiz. Boisi bunday vositalar juda qimmat edi. Siz “Di Mariya” do‘koniga kelasiz va onam sizga mahsulotni ancha arzon narxga sotadi.

    Foto: Anxel di Mariyaning shaxsiy arxivi

    Foto: Anxel di Mariyaning shaxsiy arxivi

    Ularning chaqalog‘i hammasini buzib, o‘zini avtomobil g‘ildiraklari ostiga tashlaguniga qadar hammasi yaxshi ketayotgandi.

    Men aslida yomon bola bo‘lmaganman, lekin menda juda ko‘p energiya bo‘lgan, giperaktiv edim. Bir safar onam “do‘konimizda“ savdo-sotiq qilayotganda, men o‘zim uchun dunyoni kashf etmoqchi bo‘lgan ekanman!

    To‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘chaning o‘rtasiga borib, o‘zimni mashina g‘ildiraklari ostiga tashlagan ekanman, onam esa meni qutqarib qolgan. Onamning bu voqea haqida gapirishiga ko‘ra, judayam dramatik tarzda o‘tgan ko‘rinadi. Bu “Di Mariya” do‘konining so‘nggi kuni edi. Onam otamga bu ish xavfli ekani va boshqa biror narsa bilan shug‘ullanish zarurligini aytgan.

    Otam ikkalamiz ko‘mir aralashtirayotganimizda kuchli yomg‘ir yog‘gani va juda sovuq bo‘lganini yaxshi eslayman. Bizning boshimizda faqatgina tom bor edi, xolos. Juda qiyin davrlar edi. Bir necha soatlik ishdan so‘ng maktabga ketardim. Maktab issiq bo‘lardi, u yerda esa isinishim mumkin edi. Otam esa kuni bo‘yi ishlashga majbur edi. Agar u hech narsa sotmasa, biz och qolardik. Ammo men bir kun kelib hammasi yaxshi tomonga o‘zgarishiga ishonardim.

    Futboldan qarzdorman

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Futbol o‘ynashni ancha erta boshladim. Buning sababi onam giperaktiv xatti-harakatlarimga toqat qilolmasligi edi. 4 yoshga to‘lganimda, u meni shifokorga olib borib: “Doktor, u doimo to‘xtamasdan yuguradi. Nima qilish kerak?“, – deb so‘ragan.

    U yaxshi argentinalik shifokor bo‘lib chiqdi va shunday javob berdi: “Xo‘sh, nima bilan shug‘ullansang ekan? Futbol bilanmi!?”.

    Shu tariqa futbolga kirib kelganman.

    Men futbolga shu darajada mubtalo bo‘lgandimki, har ikki oyda butsilarim yirtilib ketardi. Onam esa ularni tikib, yamab berardi, chunki yangisini sotib olish uchun pulimiz yo‘q edi.

    Mahalliy jamoada o‘zimni yaxshi tarafdan ko‘rsatganimdan so‘ng, “Rosario Sentral” klubining yoshlar jamoasi murabbiyi otamga qo‘ng‘iroq qilib, meni o‘z jamoasiga taklif qildi. Aslida, bu juda kulgili holat edi.

    Otam “Nyuells Old Boys”ning, onam esa “Rosario”ning ashaddiy muxlisi bo‘lgan. Agar siz rosariolik bo‘lmasangiz, bu qarama-qarshilikning qanchalik ehtirosli ekanligini tushunolmaysiz. Bu hayot-mamot masalasiga o‘xshaydi. Klassiko paytida har safar ota-onam bahslashardi. Keyin g‘olib bir oy davomida mag‘lubni masxara qilardi.

    “Sentral” meni chaqirganida onamning qanchalik xursand bo‘lganini tasavvur qilavering.

    Otam: “Bilmadim. Bu juda uzoq – to‘qqiz kilometr, bizda esa mashina yo‘q!, – degandi.

    Oyim esa tezda: “Yo‘q, yo‘q. Siz xavotirlanmang! Men bu bilan o‘zim shug‘ullanaman. Bu muammo emas!“, – deb javob bergandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Shundan so‘ng menda Grasiela paydo bo‘ldi.

    Grasiela – zanglagan, eski sariq velosiped edi, unda onam har kuni meni mashg‘ulotlarga olib borardi. Uning old tomonida kichkina savatcha, orqa tomonida esa o‘tiradigan joy bor edi. Aytish kerakki, singlim ham biz bilan borishi kerak edi. Shuning uchun, otam kichkina yog‘och platforma yasab, singlim o‘tirishi uchun velosipedning yon tomoniga bog‘lab qo‘ygandi.

    Tasavvur qilib ko‘ring: shahar bo‘ylab bir ayol orqa tomonida kichkina bola va yonida kichkinagina qiz bilan velosipedda bormoqda. Savatda esa butsilarim va bir nechta sendvich bo‘lardi. Xavfli hududlar, yomg‘ir, sovuq, qorong‘ilik. Bularning hech qaysi biri onam uchun muhim emasdi. U shunchaki pedalni aylantirishda davom etardi.

    Ochig‘i, “Sentral”da menga oson bo‘lmagan, hatto ikki marotaba futbolni tashlamoqchi ham bo‘lganman. Agar onam bo‘lmaganida, aniq futbolni tashlagan bo‘lardim. 15 yoshimda unchalik baquvvat bo‘lmaganman. Murabbiyimiz esa atletik futbolni afzal ko‘rardi. Va bir safar ikkinchi qavatdan kelgan to‘p uchun kurashmaganimda, u menga: “Sen nimjonsan. Hech qachon hech narsaga erisha olmaydigan sharmandasan. Sen omadsiz bo‘lasan”, – degandi.

    Bundan xafa bo‘lib, jamoadoshlarim yonida yig‘lab yubordim va maydondan qochib ketdim.

    Uyga kelib, xonamga qamalib olib, yig‘lashda davom etdim. Onam nimadir bo‘lganini tushundi. Axir, har oqshom mashg‘ulotdan so‘ng men darhol yana futbol o‘ynashga yugurardim. U xonamga kirib, nima bo‘lganini so‘radi. Rostini aytsam, men unga haqiqatni aytishdan qo‘rqardim, chunki uning velosipedni minib, o‘sha murabbiyni urishga borishidan chuchirdim. Onam muloyim ayol edi, lekin agar kimdir bolalarini xafa qilsa ... Yaxshisi o‘sha paytda uning ko‘ziga ko‘rinmagan ma’qul edi.

    Men unga futbol o‘ynashni to‘xtataman, deb aytdim. Ertasi kuni esa hatto uydan chiqmadim. Maktabga borishni ham istamadim. O‘zimni xo‘rlangandek his qilardim. Ammo keyin onam menga: “Sen qaytishing kerak, Anxel. Sen borib, unga nimalarga qodir ekanligingni isbotlashing kerak”, – dedi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Shu kuni mashg‘ulotlarga qaytdim va ajoyib bir narsa yuz berdi. Jamoadoshlarining hech biri ustimdan kulmasdi. Aksincha, ular menga yordam berdi. Himoyachilar yuqoridan kelayotgan to‘plarda menga ustun kelish imkoniyatini taqdim qildi. Ular haqiqatan ham o‘sha kuni menga g‘amxo‘rlik qildi. Futbol juda raqobatbardosh o‘yin, ayniqsa Janubiy Amerikada. Chunki hamma ham o‘zi uchun yaxshiroq hayotni ta’minlashni xohlaydi. O‘sha kunni hech qachon esimdan chiqarmayman, chunki jamoadoshlarim mening azoblanayotganimni ko‘rdi va menga yordam berishga qaror qildi.

    Bo‘yim hanuzgacha past, o‘zim esa hali ham oriq edim. 16 yoshimda ham hali asosiy jamoada emasdim. Otam bundan tashvishlana boshladi. Bir kuni kechqurun u kechki ovqat paytida: “Senda uchta variant bor: men bilan birga ishlaysan, maktabni tugatasan yoki yana bir yil futbolda o‘zingni sinab ko‘rasan. Agar bundan hech nima chiqmasa, men bilan ishlaysan”.

    Hech narsa demadim, chunki vaziyat qiyinligini tushunib turardim. Oilamizga pul kerak edi.

    Keyin onam: “Yana bir yil futbolda”, – dedi. Bu yanvar oyi edi.

    Dekabr oyida, yilning oxirida, nihoyat chempionatda “Rosario Sentral” safida debyut o‘yinimni o‘tkazdim.

    Mening sportdagi hayotim o‘sha kundan boshlandi. Haqiqat shundaki, bu hayot uchun kurash bundan ancha oldin boshlangandi. Bularning barchasi yamalgan butsilar va yomg‘irda velosipedda mashg‘ulotlarga borishdan boshlangandi. Professional sportchi bo‘lganimdan keyin ham kurashni davom ettirdim. Boshqa yo‘l ham yo‘q edi. Menimcha, Janubiy Amerikadan tashqaridagi odamlar bu tushuna olmaydi. Tushunish uchun siz bulardan boshdan kechirishingiz, biz bosgan yo‘lni bosib o‘tishingiz kerak.

    Balki ba’zi odamlar mening karyeramga nazar tashlab: “Ux, “Benfika” keyin “Real”, “Manchester Yunayted” va “PSJ”. Ular uchun bu osondek tuyuladi. Ammo orada nimalar sodir bo‘lganini tasavvur ham qila olmaysiz.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Benfika’ga kelganimda 19 yoshda edim va ikki mavsumni zo‘rg‘a o‘tkazdim. Otam ishini tashlab, men bilan Portugaliyaga ko‘chib o‘tgandi. Bu uni onamdan ajratdi. Uning kechalari onam bilan gaplashayotganini eshitardim, uni juda sog‘inardi.

    Ba’zan, “Benfika”ga o‘tish katta xatodek tuyulardi. Asosiy tarkibdan joy olmasdim, shunchaki uyga qaytishni xohlardim.

    Ammo 2008-yilgi Olimpiada mening hayotimni butunlay o‘zgartirib yubordi. “Benfika”ning boshlang‘ich tarkibiga tushmasligimga qaramay, Argentina terma jamoasiga chaqirildim. Men buni hech qachon unutmayman. Turnir menga yerlik bo‘lmagan daho – Leo Messi bilan o‘ynash imkoniyatini berdi. Futbol o‘ynash orqali olgan eng katta zavqim o‘shanda bo‘lgandi. Men faqatgina bo‘sh pozitsiyaga yugurishim kerak edi. Yugurishni boshlashim bilan xuddi sehrgarlik kabi to‘p to‘g‘ri oyog‘imga kelib tushardi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Butun yo‘lni bosib o‘tdik, finalda esa bizni Nigeriya terma jamoasiga qarshi final o‘yini kutardi. Bu mening hayotimdagi eng aqlbovar qilmas kun bo‘lgan. Uchrashuvdagi yagona golni urish va Argentinaga oltin medalni olib kelish... Buni so‘z bilan ta’riflashning imkoni yo‘q.

    Tushunishingiz kerak, men endigina 20 yoshda edim va “Benfika“da ham muntazam o‘ynamasdim. Oilam bo‘linib qolgandi. Argentina jamoasiga chaqirilishimdan oldin nochor ahvolga tushib qolgandim. Ikki yil ichida Olimpiadaning oltin medalini qo‘lga kiritdim, “Benfika”da o‘ynay boshladim va keyin “Real”ga o‘tdim.

    Bu nafaqat men, balki butun oilam shuningdek, ko‘p yillar davomida meni qo‘llab-quvvatlagan do‘stlarim va jamoadoshlarim uchun o‘zgacha g‘urur edi. Menga otamning mendan yaxshiroq futbolchi bo‘lganini, lekin yoshligida tizzalarini sindirib olgani hamda orzusidan ajralgani, bobomning esa otamdan ham iqtidorli bo‘lgani, biroq temir yo‘ldagi avariyada ikkala oyog‘ini yo‘qotgani to‘g‘risida ko‘p marta aytib berishgan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Orzularim ham ko‘p marotaba yo‘ bo‘lib ketishga, so‘nishga yaqin kelgan.

    Ammo otam ko‘mir tayyorlashda, onam pedal aylantirishda, men esa erkin zonalarga kirishda davom etdik.

    Bu uzoq yo‘l edi.

    Nega janob Sabelyaning oldida yig‘laganimni endi tushundingizmi? Men asabiy emasdim, faoliyatim haqida ham qayg‘urmayotgandim. Hatto asosiy tarkibga tushish haqida ham. Men shunchaki orzularimizni amalga oshirishimizni va mamlakatimizda bizni afsonalar qatorida eslashlarini xohladim. Biz bunga juda yaqin edik...

    Shuning uchun ommaviy axborot vositalarida mag‘lubiyatimizga bo‘lgan munosabatdan juda xafa bo‘ldim. Ba’zida salbiy qarashlar, tanqidlar chegara bilmaydi va bu noto‘g‘ri. Biz hammamiz insonmiz va hayotimizda boshqalar ko‘rmaydigan narsalar sodir bo‘ladi.

    Yakuniy saralash o‘yinlaridan biroz oldin ruhshunosga qatnay boshladim. O‘shanda qiyin davrni, har xil bo‘lmag‘ur fikrlarni boshdan kechirdim. Bunday paytlarda odatda oilam yordam berardi. Ammo bu safar jamoadagi bosim juda katta edi, shu bois menga katta yordami teggan ruhshunosga murojaat qilishga majbur bo‘ldim. So‘nggi ikki o‘yinda o‘zimni ancha erkin va yengil his qildim.

    O‘zimga dunyoning eng yaxshi jamoalaridan birida o‘ynashimni va bolaligimdagi orzum – vatanim terma jamoasidaligimni eslatdim. Ba’zida ishingizdan yana-da zavqlanish uchun o‘zingizga oddiy narsalarni eslatib turishingiz kerak.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bugungi kunda odamlar Instagram yoki YouTube’da o‘yinlarning natijalarini tomosha qilishadi, ammo ular buning nima ekanligini bilmaydi. Ular futbolchilar nimalarni boshdan kechirishini bilmaydi.

    Meni qizim bilan Chempionlar Ligasi Kubogini birga ushlab turganimni ko‘radi. Men tabassum qilaman, ular esa hamma narsa shunchaki mukammal deb o‘ylashadi. Ammo ular bundan bir yil oldin, uning muddatdan oldin tug‘ilib, kasalxonada ikki oy yotganini, shifokorlar nazoratida bo‘lganini bilmaydi.

    Ehtimol, o‘sha suratga qarab, ular finaldagi g‘alaba tufayli yig‘layapti deb o‘ylashlari mumkin. Aslida esa, qizimning yonimda ekani va bu ajoyib lahzalarda men bilan birgaligidan yig‘layapman.

    Ular Jahon Chempionating finalini va uning natijasini ko‘radi.

    0:1.

    Ular bu joyga yetib kelish uchun qancha kurashganimizni tushunmaydi.

    Ular uyimizning devorlari asta-sekin oqdan qora rangga o‘tganini bilmaydi.

    Ular otam qalay tom ostida ko‘mir tayyorlaganini bilmaydi.

    Ular onam yomg‘irda va sovuqda ham mashg‘ulotlarga velosipedda olib borganini bilmaydi!

    14.02.2022, 22:51   Izoh (0)   14472
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Inter” — “Liverpul”, “Zalsburg” — “Bavariya” uchrashuvlariga hakamlar tayinlandi

    14.02.2022, 22:03

    Messi Kadisda mehmonxona sotib oldi va u yerdagi 40 nafar xodimni ishdan bo‘shatdi

    14.02.2022, 18:03

    “Barselona” himoyachisi Ronald Arauxo “Espanyol” futbolchisiga nisbatan ishlatgan nomaqbul harakati uchun uzr so‘radi

    14.02.2022, 17:00

    “Chelsi” va “Barselona” niderlandiyalik himoyachi uchun kurash olib boradi

    14.02.2022, 14:42

    “Roma” hujumchisi Temmi Abraham A Seriyada 30 yillik rekordni qayd etdi

    14.02.2022, 12:31

    “PSJ” — “Real”, “Sporting” — “Manchester Siti” uchrashuvlariga hakamlar tayinlandi

    14.02.2022, 11:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.