Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Odatda muxlislar futbolchilarning maydondagi chiroyli harakatlari va gollarini ko‘radi, biroq hamma ham millionlar o‘yinining boshqa tomonini ko‘p ham payqayvermaydi. Bu jarohatlar bo‘lib, shubhasiz, futbolning qorong‘i tomoni hisoblanadi. Jarohatlar nafaqat futbolchilarning faoliyatiga, balki ularning hayotiga ham jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Quyida futbol maydonida turli xil to‘qnashuvlar natijasida o‘lim yoqasiga kelgan mashhur futbolchilar haqida fikr yuritiladi.

Iker Kasilyas

Foto: Google Images

Foto: Google Images

“Real” va Ispaniya terma jamoasi afsonasi Iker Kasilyas 2019-yilda “Portu” mashg‘ulotida miokard infarktni boshidan o‘tkazadi. Shoshilinch tarzda kasalxonaga yotqizilganidan so‘ng shifokorlar yurak operatsiyasini o‘tkazadi va Ikerni saqlab qolishning uddasidan chiqadi. Biroq shifokorlarning unga faoliyatini yakunlashni tavsiya qiladi. Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, darvozabon ularga quloq solishga va butsalarini mixga ilishga majbur bo‘ladi.

“Mening ba’zi narsalarga bo‘lgan qarashlarim o‘zgardi, ko‘p narsalarning qadriga yetadigan bo‘ldim”, — degandi Kasilyas o‘shanda.

Fernando Torres

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Fernando Torres 2017-yilda Ispaniya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan “Atletiko” – “Deportivo” o‘yinida raqib futbolchisi bilan to‘qnashib ketadi va hushini yo‘qotadi. Torresning baxtiga maydondagi futbolchilar uning tilini yutib yuborishiga yo‘l qo‘ymaydi va uni asrab qoladi. Keyinchalik esa malakali shifokorlarning yordami tufayli u tezda tiklanishga va katta sportga qaytishga muvaffaq bo‘ladi.

Didye Drogba

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

2011-yilda “Chelsi” va “Norvich”ga uchrashuvining 66-daqiqasida “Norvich” darvozaboni to‘p uchun kurashda Didye Drogbani qo‘li bilan urib, uni maydonga yiqitadi. Drogba uzoq vaqt davomida hushiga kelmaydi. Biroz vaqt o‘tgach esa u hushiga keladi va zambilda maydondan olib chiqib ketiladi.

Uchrashuvdan so‘ng “Chelsi”ning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash Drogbaning holati haqida shunday degandi:

“Didyening ahvoli yaxshilandi, hammasi yaxshi bo‘lishiga belgilar bor. Futbolchilarga va tibbiy xodimlarimizga minnatdorchilik bildirmoqchiman, ular juda xavfli vaziyatda ajoyib harakat qildi. Drogba tezda hushiga keldi, ma’lum bo‘lishicha, u atigi bir necha daqiqa davomida hushsiz bo‘lgan”.

Jon Terri

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

2007-yilgi Angliya Liga Kubogi finalida “Chelsi” va “Arsenal” jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida “ko‘klar” sardori Jon Terri ikkinchi qavatda jiddiy jarohat oladi. Ushbu vaziyatda “Arsenal” yarim himoyachisi Abu Diabi to‘p o‘rniga Terrining boshiga zarba berib yuboradi.

Shifokorlar 5 daqiqa davomida futbolchini maydonda hushiga keltirishga harakat qiladi, biroq buning uddasidan chiqa olmaydi. Shundan so‘ng Jon kasalxonaga olib ketiladi va o‘sha yerda o‘ziga keladi. Muolajalardan so‘ng u mustaqil ravishda kasalxonani tark etadi. O‘yindan so‘ng “Chelsi”ning aksariyat futbolchilari finaldagi g‘alaba ularga tatimagani, ularning o‘y-fikri Jon Terrining sog‘lig‘i bilan band ekanini aytgandi.

“Judayam qo‘rqib ketgandim. Uni o‘ldirib qo‘ydim deb o‘yladim. Tiz cho‘kib, Xudodan uning tirik qolishini so‘radim. U behush yotardi”, — deya yodga olgandi Abu Diabi ushbu voqeani.

Tayson

Foto: Google Photos

Foto: Google Photos

2019-yilning sentabr oyida Ukraina chempionatining 3-turida fojia yuz berishiga bir bir baxya qoladi. “Shaxtyor” sardori Tayson to‘p uchun kurashda maydonga yiqiladi, orqadan yugurib kelayotgan Ismaili Gonsalvesh dush Santush esa Taysonning ustidan sakrab o‘tishga urinadi va o‘zi xohlamagan tarzda tizzasi bilan jamoadoshining boshiga zarba beradi. Boshga berilgan kuchli zarba natijasida Taysonda tutqanoq boshlanadi. Faqatgina shifokorlarning maydonga tushishi va ko‘rsatilgan tezkor yordam tufayli o‘ziga keladi.

Kristian Eriksen

Ushbu ro‘yxatning eng so‘nggi vakili Kristian Eriksen bo‘lib turibdi. Bu holat Yevro–2020 da yuz berdi va juda katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Musobaqaning guruh bosqichida Daniya va Finlyandiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahsning birinchi bo‘limida Kristian Eriksenning to‘satdan, hech qanday kontakt yo‘q joyda maydonga yiqildi. Uning yuragi to‘xtab qoladi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Eriksenni saqlab qolish uchun uchrashuv deyarli bir soatga to‘xtab qoladi. Bu vaqt davomida shifokorlar uni jonlantirishga harakat qiladi va faqat kasalxonaga olib ketilish oldidangina Kristian ko‘zini ochadi. Shifoxonada operatsiya o‘tkaziladi va Eriksenning yuragiga kardioverter-defibrillyator qo‘yiladi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov