Avstraliyaning bir nechta hududlarida so‘nggi o‘n yilliklarda kuzatilmagan darajadagi kuchli qor yog‘di. Bu haqda Avstraliya ob-havo byurosi meteorologi Miriam Bredberi ma’lum qildi.

2-avgust kuni sodir bo‘lgan sovuq havo oqimi Yangi Janubiy Uels shtatining ayrim hududlarida 40 santimetrgacha qor yog‘ishiga sabab bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich 1980-yillarning oxiridan buyon eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Bredberining so‘zlariga ko‘ra, Yangi Janubiy Uelsga qo‘shni bo‘lgan Kvinslend shtatida ham so‘nggi 10 yilda ilk bor qor yog‘di. U iqlim o‘zgarishlari Avstraliyada ob-havo sharoitlarini tobora beqarorlashtirayotganini ta’kidladi.
Bu hodisa nafaqat qor miqdori, balki uning keng hududga — shimoliy tekisliklarning katta qismiga — yoyilgani bilan ham g‘ayrioddiy hisoblanadi, dedi Bredberi.
Ma‘lumot o‘rnida, 22-may kuni Avstraliyada rekord darajadagi suv toshqini yuz bergan edi. Unda uch kishi halok bo‘lib, yana bir kishi bedarak yo‘qolgan. Yangi Janubiy Uels o‘shanda ham noqulay ob-havodan jiddiy zarar ko‘rgan edi.
Izoh (0)