“Barselona” himoyachisi Ronald Arauxo “Espanyol”ga qarshi o‘yindan (2:2) so‘ng raqib futbolchisi Niko Melamed bilan tortishib qoldi.
Uchrashuvning 90+2-daqiqasida “Espanyol” futbolchisi Niko “Barselona” himoyachisi Xerard Pike bilan janjaldan so‘ng ikkinchi sariq kartochkani oldi va maydonni tark etdi.
Zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan Arauxo hissiyotlarini jilovlay olmadi va kiyim almashtirish xonasiga ketayotgan Melamedga yuzlanib, “Espanyol”ni Segundaga (Ispaniyaning ikkinchi ligasi) qaytishiga shama qilib, raqibga ikki barmog‘ini ko‘rsatdi.
Keyinchalik kataloniyaliklar himoyachisi qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, Twitter sahifasida uzr so‘radi:
“Nomaqbul harakatim uchun ‘Espanyol’ klubi a’zolaridan uzr so‘rayman. Bu shiddatli derbida yuzaga kelgan keskinlik natijasida sodir bo‘ldi.
Raqib va klublarni hurmat qilaman, shuning uchun sodir bo‘lgan voqeadan faxr tuymayapman”, — deb yozadi futbolchi o‘z sahifasida.
“Espanyol” 24 o‘yindan so‘ng La Liganing 13-pog‘onasida bormoqda. 2020/21-yilgi mavsumda jamoa Ispaniyaning ikkinchi divizionida o‘ynagandi.
Xavi shogirdlari Ispaniya chempionatida 23 ta o‘yindan so‘ng 39 ochko bilan to‘rtinchi o‘rindan joy oldi.
Izoh (0)