Parhez tutadiganlar uchun kartoshkali ispancha tortilya ayni muddao.
Kerakli mahsulotlar:
- tuxum – 2 dona;
- kartoshka – 5 dona;
- piyoz – 1 dona;
- chedder pishlog‘i – 20 gramm;
- zaytun moyi – 50 ml;
- tuz.
Piyoz yarim halqa shaklida to‘g‘raladi.
Piyoz qizdirilgan zaytun moyida qizarguncha qovuriladi.
Kartoshka qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
Yana alohida tovaga zaytun moyi quyilib, unda kartoshka qovuriladi.
Tuxum alohida idishda ko‘pirtirib olinadi.
Piyoz va kartoshka alohida idishda sovutiladi. Kartoshkaning bir qismi tuxum bilan aralashtiriladi. Ustidan piyoz va bir chimdim tuz solinadi.
Tovaga dastlab kartoshkaning bir qismi solinadi. Ustidan tuxumli aralashma va pishloq, so‘ngra yana tuxumli aralashma quyiladi.
Uch daqiqa davomida dimlab pishiriladi.
Ikki tomoni qizarguncha pishiriladi.
Yoqimli ishtaha!
Izoh (0)