O‘zbekistonda 2021-yilning dastlabki 11 oyida 276,9 mingta nikoh holati qayd etildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, nikohlar soni 2020-yilning mos davri bilan solishtirganda 4,5 foizga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda yil boshidan buyon 832,4 ming nafar tug‘ilish holati qayd etilgan. Ko‘rsatkich 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 64 474 nafarga oshgan.
Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2010—2020-yillar davomida uch nafar egizaklar tug‘ilishi 4 baravarga ko‘paygan.
Bundan tashqari, qo‘mita doimiy aholining yosh tarkibi bo‘yicha taqsimlanishi haqida ma’lumot bergandi. Keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi sonida 0—4 yoshlilar eng ko‘p, 85 va undan kattalar esa ozchilikni tashkil etadi.
O‘zbekistonda 2021-yilning 1-oktabrida doimiy aholi soni 35 million 79 ming 200 kishiga yetdi. Shundan 17 432 730 nafarini ayollar, 17 646 460 nafarini erkaklar tashkil qildi.
Izoh (0)