Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2021-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 832,4 ming tug‘ilish qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 11 oyidagi tug‘ilishlar soni 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 64 474 nafarga oshgan. 2021-yil noyabr oyining o‘zida esa respublikada jami 79213 ta tug‘ilish holati qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, 30 yilda tug‘ilishlar soni 16,4 foizga oshgan. Mamlakatda 2019-yilning 1-yanvar kuni 1708 nafar, 2020-yilning shu kuni esa 1974 nafar chaqaloq dunyoga kelgandi. 2021-yilning 1-yanvar kuni O‘zbekistonda 1086 nafar chaqaloq tug‘ilgan.

Avvalroq O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 30 yil ichida qanchaga o‘sgani ma’lum qilingandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1991-yilda mamlakatning doimiy aholisi soni 20,6 million kishini tashkil etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda