O‘zbekiston yo‘llarida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari tafsilotlarini taqdim etamiz.
Namanganda Nexia-3 va yuk mashinasi to‘qnashuvida 2 kishi jarohatlandi.
2021-yilning 20-dekabr kuni soat 16:00 larda, Namangan viloyati, Namangan shahri hududidan o‘tuvchi 4R-112 avtomobil yo‘lining 65-kilometrida haydovchi M.B. (2000-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Nexia-3 hamda haydovchi A.V. (1984-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi MAN yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Oqibatda Nexia-3 da bo‘lgan yo‘lovchilar O.M. (2000-yilda tug‘ilgan) va M.Z. (2002-yilda tug‘ilgan) tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Namangan shahar IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Termizda Nexia-3 velosipedchini urib ketdi.
2021-yilning 17-dekabr kuni soat 11:30 larda “Baynalmilal” mahallasi Amir Temur ko‘chasida o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan velosipedchi o‘zi bilan bir yo‘nalishda kelayotgan Nexia-3 oldiga to‘satdan chiqib ketgan.
Oqibatda velosipedchi og‘ir tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.
Voqea sodir bo‘lgan yo‘lda yoritgichlar yo‘qligi va yo‘lning kengligi talabga javob bermasligi aniqlangan.
Mavzuga doir:
- Tanishining Gentra’sini olib qochgan shaxs daraxtga borib urildi, qoida buzgan Spark Lacetti bilan to‘qnashdi. YTHlar tafsiloti
- Angrenda ikki yuk poyezdi to‘qnashuvi oqibatida 20 ta vagon ag‘darildi (video)
- Maktab o‘quvchisi otasining Tracker’ida nogironni urib yubordi, Qarshida harakatlanib ketayotgan “Gazel” yonib ketdi. YTH tafsilotlari
Izoh (0)