• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Savdo majmuasi ostida hokimlik qozonxonasini gaz bilan ta’minlovchi gaz quvuri o‘tgan bo‘lgan”. “Hududgaz Surxondaryo” mas’uli Denovdagi portlash haqida

    Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi Indenim savdo majmuasida portlash sodir bo‘lib, jami 11 kishi jarohat olgani, ikki nafar fuqaro esa voqea joyida vafot etgani haqida xabar berilgandi. “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali direktori Mirzoqul Mansurovning ma’lumot berishicha, portlash sodir bo‘lgan savdo majmua ostidan Denov tumani hokimligi qozonxonasini gaz bilan ta’minlovchi gaz quvuri o‘tgani aniqlangan. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Murodbek Davlatov xabar berdi.

    Qayd etilishicha, kecha 14-dekabr kuni soat 08:00 da viloyat hokimligida Denov tumanidagi Indenim savdo majmuasida sodir bo‘lgan noxush holat sabablari muhokama qilingan.

    “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali direktori Mirzoqul Mansurov

    “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali direktori Mirzoqul Mansurov
    Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

    “Viloyat hokimi To‘ra Bobolov, viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, shahar va tuman hokimlarining mas’ul o‘rinbosarlari, masalaga aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etgan majlisda ‘Hududgaz Surxondaryo’ gaz ta’minoti filiali direktori Mirzoqul Mansurov holat bo‘yicha izoh berdi.

    Izohda portlash sabablarini o‘rganish maqsadida hodisa ro‘y bergan joyga hukumat komissiyasi va uning tarkibida ‘Hududgazta’minot’ AJ rahbariyatining besh kun davomida tegishli idoralar, tashkilotlar va gaz ta’minoti sohasi mutaxassislari, maxsus texnika va asbob-uskunalarni jalb qilgan holda, o‘rganish o‘tkazishgani ta’kidlandi.

    Tekshiruvlarda 2013-yilda qurilgan Indenim savdo majmuasi ostidan Denov tumani hokimligi qozonxonasini gaz bilan ta’minlaydigan yerosti o‘rta bosimli gaz quvuri o‘tkazilgani aniqlangan”, — dedi Murodbek Davlatov.

    Murodbek Davlatovning aniqlashtirishicha, gaz tarmoqlari xaritasida bino qurilgan vaqtda tuman hokimligi qozonxonasiga tortilgan gaz tarmog‘i binoning ostida qoldirib ketilgani ko‘rsatilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra uch yildan keyin qozonxona faoliyati ham to‘xtatilgan. Gaz quvuri aynan qozonxonaga yetgan joyda berkitib tashlangan.

    Qayd etilishicha, yig‘ilishda savdo majmua qurilishi amaldagi qurilish normalari va qoidalari zid tarzda qurilgani ma’lum qilingan.

    “Bino xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlash uchun savdo majmuasi o‘rta bosimli gaz quvurining xavfsizlik zonasini hisobga olgan holda qurilishi lozim bo‘lgan. Shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq ushbu muhofaza zonasi binoning poydevoridan to‘rt metr masofani tashkil etishi lozim edi. Indenim savdo majmuasi gaz quvurining aynan ustiga qurilgani sababli yer ostidagi kommunikatsiyalar sozligini tekshirish uchun kirish yo‘li bo‘lmagan.

    O‘tkazilgan tekshiruvlarda majmua ostida hosil bo‘lgan daydi toklar metall quvurlarning tashqi korroziyasiga va gaz quvurida nuqsonlar paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bu esa o‘z navbatida gaz sizib chiqishiga va gaz-havo aralashmasining chaqnashiga sabab bo‘lgani aytildi”, — dedi bu haqda “Daryo”ga ma’lum qilgan mas’ul.

    Qo‘shimcha qilinishicha, yig‘ilishda viloyatda yana 25 ta obyekt shu tartibda gaz tarmog‘iga ulangani aytilgan.

    “Viloyat hokimi zudlik bilan ushbu obyektlarni gaz tarmog‘idan uzish hamda viloyatdagi ijtimoiy soha obyektlarini inventarizatsiyadan o‘tkazib, noqonuniy holatlar aniqlansa, ularni ham gaz tarmog‘idan uzish va xavfsiz jihozlarga almashtirish yuzasidan tuman hokimlarining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari va gaz idoralari rahbarlariga topshiriq berdi. Hamda mazkur holat tafsilotlarini ommaviy axborot vositalari orqali aholiga ochiq-oydin ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga vazifa yukladi”, — dedi Murodbek Davlatov.

    Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoning Denov shahri markazidagi Indenim savdo majmuasida kuchli portlash 7-dekabr tongida yuz bergan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, 11 kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Keyinchalik Denovdagi portlashda 65 ta uy zarar ko‘rgani, 6 ta xonadon devorlari esa yorilib, yashash uchun xavfli holatga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi.

    Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ikki nafar marhumning yaqinlariga moddiy yordam puli to‘lab berilayotganini ma’lum qildi. U, shuningdek, tadbirkorlarga yetkazilgan zarar, 65 ta xonadon ta’miri va ijtimoiy soha obyektlarining zararlanishi oqibatida kelib chiqqan chiqimlar ham sud qaroriga ko‘ra ikki xil usulda qoplanishini bildirgan.

    Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-modda (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 259-moddalari (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari Denovda gaz quvuri portlashi natijasida sodir bo‘lgan hodisaga to‘xtalib, ushbu noxush voqea hammaning ko‘zini ochishi kerakligini aytdi.

    15.12.2021, 19:26   Izoh (0)   37939
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev 16–18-dekabr kunlari Janubiy Koreyada davlat tashrifi bilan bo‘ladi

    15.12.2021, 19:11

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi Umra ziyorati bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi

    15.12.2021, 18:41

    Senat inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

    15.12.2021, 18:25

    O‘zbekistonda kuz-qish mavsumiga yetarli darajada tayyor bo‘lmagan 931 ta xususiy bog‘cha vaqtinchalik yopilgan

    15.12.2021, 18:10

    O‘zbekistondagi 100 dan ortiq tumanning “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga qo‘shimcha 117,4 mlrd so‘m ajratiladi

    15.12.2021, 17:55

    O‘zbekistonda o‘tgan 11 oy davomida tez yordam xizmatiga 6,3 mingdan ziyon yolg‘on chaqiriq kelib tushgan

    15.12.2021, 17:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt tahdid yoki moliyaviy rag‘batdan keyin batafsilroq javob berishi aniqlandi

    Dunyo | 7 avgust, 00:15

    Iyunda O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin xarid qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 23:59

    Efiopiyada birinchi marta odam savdogarlari o‘lim jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 6 avgust, 23:55

    Superliga. 6 ta gol kiritilgan bahsda “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Mash’al”ni mag‘lub etdi

    Sport | 6 avgust, 23:51

    Xitoyda komadagi qiz universitetga qabul qilinganligi haqidagi xabarni eshitgach, o‘ziga keldi

    Dunyo | 6 avgust, 23:41

    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

    Reklama | 6 avgust, 22:09

    Zelenskiy Tramp bilan tinchlik istiqbollarini muhokama qildi

    Dunyo | 6 avgust, 23:27

    Isroil bosh vaziri G‘azo sektoridagi operatsiya tufayli Bosh shtab rahbari bilan kelishmovchilikka bordi

    Dunyo | 6 avgust, 23:20

    Dunyo bo‘ylab plyajlar yo‘qolib ketish xavfi ostida — FT

    Dunyo | 6 avgust, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.