• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Oltinto‘plardan de Burlargacha. Futbol olamidagi eng mashhur egizaklar haqida

    Jahon futbolida ko‘plab mashhur egizak o‘yinchilarni uchratish mumkin. Bu futbolda kamdan-kam bo‘lsa ham uchrab turadigan holat. “Daryo” futbol olamidagi mashhur egizak futbolchilar haqida ma’lumot beradi.

    Dmitriy va Kirill Kombarov

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yosh Kombarovlarni 1993-yilda otasi “Spartak” sport maktabiga olib boradi. 6 yoshni qarshi olgan yigitlar o‘sha yerda futbol sirlarini o‘rgana boshlaydi. 2000-yilda “qizil-oqlar” murabbiyi ularni iste’dodi yo‘q deb hisoblaganidan so‘ng, egizaklar Moskvaning “Dinamo”siga o‘tib ketdi. Poytaxtning boshqa klubida Kombarovlar katta futbolda debyutini o‘tkazdi.

    Dmitriy sal oldinroq — 2005-yil 13-iyulda Rossiya Kubogi doirasida Bryanskning “Dinamo”siga qarshi o‘yinda, Kirill — 2006-yil 20-sentabrda “Lokomotiv”ga qarshi Kubok o‘yinida debyut qildi. 2010-yilda Kombarovlar “Spartak”ka qaytdi.

    Dmitriy 2019-yilga qadar “Spartak” sharafini himoya qildi. Umumiy hisobda 274 ta o‘yinda ishtirok etdi va 27 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Himoyachi uchun bu yomon natija emas. 2019-yil 26-iyunda Kombarov “Krilya Sovetov” safiga o‘tib ketadi.

    Kirill egizagidan farqli ravishda 2014-yildayoq “Torpedo” safiga yo‘l oladi. Undan so‘ng “Spartak-2”, “Tom” va “Arsenal” (Tula) jamoalarida faoliyat olib borgan Kombarov 2021-yilda butsisini mixga ilganini e’lon qildi. Hozirda Kirill Tulaning “Arsenal-2” jamoasida sport direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda.

    Hamit va Xalil Oltinto‘p

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Gelzenkirxenda tavallud topgan turk egizaklar Germaniya zaminida futbol sirlarini o‘rgangan. Egizaklarning ilk professional klubi Germaniyaning beshinchi ligasi vakili “Vattenshayd 09” bo‘lgan. 2000-yildan 2003-yilga qadar ushbu jamoa sharafini himoya qilgan Hamit va Xalilning shundan so‘ng yo‘llari ayrilgan. Hamit “Shalke-04” jamoasiga, Xalil esa “Kayzerslautern”ga o‘tib ketadi.

    Egizaklar 2006/07-yilgi mavsum yana bir jamoa safida o‘ynashga muvaffaq bo‘ladi. 2006-yilda Xalil “Shalke” jamoasiga qo‘shiladi. 2007-yilda esa Hamit “Bavariya”ning taklifini qabul qiladi va myunxenliklar futbolchisiga aylanadi.

    Hamit Oltinto‘pning faoliyati egizinikiga qaraganda yorqinroq kechdi. “Bavariya”dan so‘ng “Real”, “Galatasaroy” kabi jamoalarda faoliyat olib bordi. Xalil esa “Shalke-04”dan keyin “Ayntraxt”, “Trabzonspor”, “Augsburg”, “Slaviya” sharafini himoya qilib, undan so‘ng “Kayzerslautern”ga qaytdi.

    Egizak Oltinto‘plar 2018-yilda faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

    Hamit Oltinto‘p 2019-yildan buyon Turkiya terma jamoasida sport direktori lavozimida, Xalil Oltinto‘p esa “Bavariya U-17” jamoasi bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.

    Aleksey va Vasiliy Berezutskiy

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Egizak Berezutskiylar Moskvaning “SSKA” jamoasi sharafini uzoq yillar mobaynida himoya qilib kelgan. Aka-ukalar “Smena” sport maktabida futbol sirlarini o‘rganishni boshlagan va ilk professional shartnomalarini “Torpedo-ZIL” jamoasi bilan imzolagan. Keyin Aleksey 2001-yilda, Vasiliy esa 2002-yilda “SSKA” safiga kelib qo‘shildi va faoliyatining oxirigacha o‘sha yerda qoldi. “Armiyachilar”ning afsonasiga aylangan egizaklar jamoa bilan 6 marta Rossiya chempionligini qo‘lga kiritgan.

    Himoyachilar Rossiya terma jamoasida ham munosib ishtirok etgan. Terma jamoa bilan Yevro—2008 musobaqasining bronza medali sohibiga aylangan.

    Aleksey Berezutskiy 2018-yil 21-iyulda faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. 2021-yil 15-iyun sanasidan boshlab “SSKA”ning bosh murabbiyi sifatida ishlamoqda.

    Vasiliy Berezutskiy ham 2018-yilda butsisini mixga ildi. 2021-yilning 20-aprelida “Krasnodar” jamoasining murabbiylar shtabiga qabul qilindi.

    Lars va Sven Bender

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Germaniyaning yosh futbolchilarni yetkazib berish dasturi hattoki egizaklarni ham terma jamoa darajasida yetishtirib bera oladi. Rozenhaymda tug‘ilgan Lars va Sven Bender “Brannenburg” yoshlar jamoasidan “Myunxen-1860”ning asosiy jamoasiga qadar birgalikda harakat qildi. Ammo klub yosh iste’dodlarni jamoada olib qololmadi. 2009-yilda Lars “Bayer”ga, Sven “Borussiya D” safiga o‘tib ketdi.

    Svenning faoliyatida yorqin lahzalar ko‘proq bo‘ldi. Futbolchi Yurgen Klopp qo‘l ostida ikki marta Bundesligani va bir marta Germaniya Kubogi qo‘lga kiritdi. 2017-yilda Sven ham akasining yoniga, “Bayer”ga o‘tadi. Egizaklar 4 yil davomida bir jamoada to‘p suradi.

    2020/21-yilgi mavsum yakuniga yetgach, Lars va Sven faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

    Rafael va Fabio da Silva

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Braziliyalik egizaklar faoliyatini “Fluminense” jamoasida boshlagan. 2005-yilda Gongkongda o‘tkazilgan yoshlar musobaqasida “Manchester Yunayted” akademiyasining o‘sha vaqtdagi rahbari Les Kershou yosh iste’dodlarga e’tibor qaratadi. Rafael va Fabio 2007-yil fevral oyida “qizil iblislar” bilan shartnoma imzolaydi.

    2008-yilda esa egizaklar asosiy jamoada debyut qilishga muvaffaq bo‘ladi. Ser Aleks Fergyuson mashg‘ulotlarda doim ikkalasini adashtirib qo‘yishi kulgilarga sabab bo‘lardi.

    Rafael 7 yil davomida “Manchester Yunayted” sharafini himoya qildi. Undan so‘ng “Lion” (2015—2020-yillar), “Istanbul Bashakshehir” (2020-2021) safida o‘ynashga ham ulgurdi. 2021-yil 8-sentabrdan buyon o‘z yurti Braziliyaning “Botafogo” jamoasida faoliyat olib bormoqda.

    Fabio esa 2014-yilga qadar mankunianliklar libosida harakat qildi. 2012-yildan 2013-yilga qadar “KPR” jamoasida ijarada o‘ynab keldi. Aleks Fergyuson iste’foga chiqqanidan so‘ng, Fabio ham jamoada uzoq qolmadi va 2014-yilda “Kardiff Siti”ga o‘tib ketdi. 2016-yilda “Midlsbro” himoyachini xarid qildi. 2018-yilda esa da Silvalarning kichigi Fransiyaga ketishga qaror qildi. Hozirgi kunga qadar Fabio “Nant” jamoasida o‘ynayapti.

    Ronald va Frank de Bur

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Futbol tarixidagi eng sovrindor egizaklardan biri. Ularning asosiy muvaffaqiyati “Ayaks” bilan bog‘liq. Amsterdamliklar safida Ronald va Frank besh marta Niderlandiya chempionligini, uch marta mamlakat Kubogini qo‘lga kiritgan. 1995-yilda esa aka-ukalar “Ayaks” bilan birgalikda Chempionlar Ligasi sovriniga ega chiqqan. 1998-yilda “Barselona” egizaklarni xarid qiladi. De Burlar kataloniyaliklar bilan 1999-yilda Ispaniya chempioni unvoniga ham ega bo‘ladi.

    2000-yilda Frank Shotlandiyaning “Reynjers” safiga o‘tib ketadi. Ronald esa 2004-yilda ushbu jamoa safiga borib qo‘shiladi. O‘sha yilning o‘zida ikkalasi ham Shotlandiyadan Qatarga ketadi. “Ar-Rayan” va “Ash-Shamal” safida o‘ynagan aka-ukalar Qatarda faoliyatini yakunlaydi. Avvaliga Ronald 2006-yilda butsisini mixga ilgan bo‘lsa, Frank oradan ikki yil o‘tib futbol bilan xayrlashdi.

    Ronald de Bur 2010-2011-yillarda Qatar U-23 terma jamoasida murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan.

    Frank esa 2007-yilda “Ayaks”da bosh murabbiy yordamchisi sifatida ish boshlagan. 2010-yilda amsterdamliklarning bosh murabbiyiga aylandi. 2016-yilda “Inter”, 2017 da “Kristal Pelas”, 2019-yilda esa “Atlanta Yunayted” jamoalarini boshqardi. 2020-yilda Niderlandiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Yevro—2020 da jamoa bilan guruh bosqichini ko‘tarinki ruhda yakunladi. 3 o‘yinda 3 g‘alaba qayd etgan niderlandlar 1/8 finalda Chexiyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi. 2021-yil 29-iyunda rahbariyat Frank de Burni iste’foga chiqardi.

    Mavzuga doir:

    • Qosimovlardan Shomurodovlargacha. O‘zbek futbolidagi sulolalar haqida
    • “O‘zbek Maradonasi”dan haqiqiy vatanparvargacha: O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardorlari haqida

    08.12.2021, 21:08   Izoh (0)   76256
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    YChL. “Real” “Inter”ni taslim etib, guruhni birinchi o‘rinda yakunladi, “Milan” Yevrokuboklar bilan xayrlashdi, “Atletiko” esa keyingi bosqichda

    08.12.2021, 03:26

    YChL. “PSJ” Messi va Mbappe dublga erishgan o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Manchester Siti” autsayderga mag‘lub bo‘ldi

    08.12.2021, 00:52

    Mourinyoga ishonch bildirayotgan “Roma”, “Tottenhem”da koronavirus o‘chog‘i va normativ testdan o‘tadigan Superliga futbolchilari. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    07.12.2021, 20:03

    O‘zbekiston Superligasining 2022-yilgi mavsumi boshlanish sanasi ma’lum bo‘ldi

    07.12.2021, 15:40

    “Qirollik klubi”ning qirollarga xos natijasi. “Real” ketma-ket 19 mavsumdan buyon Chempionlar Ligasining pley-off bosqichiga chiqmoqda

    07.12.2021, 06:41

    Pochettino bilan til topisha olmayotgan Messi, Qozog‘istonga qarshi o‘yin uchun qaydnomani e’lon qilgan O‘zbekiston futzal terma jamoasi va jarohatdagi Benzema. En...

    06.12.2021, 21:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Alyaskadagi sammit haqida ma‘lumot berdi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 18:08
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.