• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Pochettino bilan til topisha olmayotgan Messi, Qozog‘istonga qarshi o‘yin uchun qaydnomani e’lon qilgan O‘zbekiston futzal terma jamoasi va jarohatdagi Benzema. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    Dunyo va o‘zbek sportiga oid 6-dekabrning eng muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

    O‘zbekiston

    Superliga klublari uchun qishki transfer oynasi ochildi

    Superligada qishki transfer oynasi 2021-yilning 6-dekabridan 2022-yilning 26-fevral sanasiga qadar davom etadi.

    PFL Superliga klublarining transferlariga cheklov qo‘ydi. Unga ko‘ra, klublar transfer oynasida 10 dan ortiq futbolchini ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi. Pro-Ligadan chiqqan uch jamoa uchun bu limit 15 futbolchi etib belgilangan.

    Shu bilan birga Superliga jamoalari 2021-yilgi mavsumdagi o‘yinchilari, o‘zining yoshlar jamoasi vakillari va 2000-yildan keyin tug‘ilgan futbolchilar bilan cheklanmagan miqdorida shartnoma imzolashi mumkin.

    Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qozog‘istonga qarshi o‘yin uchun qaydnomasi e’lon qilindi

    Foto: O‘FA

    Foto: O‘FA

    O‘zbekiston futzal terma jamoasining dekabr oyidagi yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati ma’lum qilindi. 14 va 15-dekabr kunlari Bahodir Ahmedov shogirdlari Nur-Sulton shahrida Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi. Mazkur yig‘inga 14 nafar futzalchi jalb etilgan.

    “Nasaf” Qarshida bayramni davom ettirdi

    Foto: “Nasaf”

    Foto: “Nasaf”

    Samarqandda o‘tgan O‘zbekiston Kubogi finalida “Paxtakor”ni mag‘lub etib, sovrindor bo‘lgan “Nasaf” 6-dekabr kuni Qarshi shahrida o‘z muxlislari bilan g‘alabani nishonladi. Jamoa Qarshi ko‘chalarini avtobusda aylangan va stadionga yo‘l olgan. “Markaziy” stadioniga 2 mingdan ortiq muxlis yig‘ilgan.

    O‘zbekistonda ertaga og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionati boshlanadi

    Foto: Og‘ir atlatika federatsiyasi

    Foto: Og‘ir atlatika federatsiyasi

    Toshkent shahrida 7—17-dekabr kunlari og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ukraina, Bangladesh, Janubiy Koreya, Filippin, Tunis, Tailand, Malayziya kabi yigirmaga yaqin davlatlarning terma jamoalari Toshkentga yetib kelgan hamda belgilangan sport zallarida musobaqaga tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

    Jahon

    IFFHS yilning eng yaxshilarini aniqladi

    Xalqaro futbol tarixi statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2021-yilning eng yaxshilarini aniqlashda davom etmoqda. Avvalroq “Bavariya” forvardi Robert Levandovski yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan, Janluiji Donnarumma (“PSJ”) esa eng yaxshi darvozabon bo‘lgandi.

    Yana bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha eng yaxshilar aniqlandi:

    • Eng yaxshi murabbiy (klub miqyosida): Tomas Tuxel (“Chelsi”);
    • Eng yaxshi murabbiy (terma jamoa miqyosida): Roberto Manchini (Italiya);
    • Eng yaxshi pleymeyker: Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”);
    • Eng yaxshi yosh o‘yinchi: Pedri (“Barselona”);
    • Eng yaxshi hakam: Feliks Brix (Germaniya).
    Karim Benzema “Inter”ga qarshi o‘ynamaydi, “Atletiko” bilan o‘yin so‘roq ostida

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Real” hujumchisi Chempionlar Ligasi doirasidagi “Inter”ga qarshi bahsni aniq o‘tkazib yuboradi. O‘yin 7-dekabr tunida bo‘lib o‘tadi.

    12-dekabr kuni “Atletiko”ga qarshi kechadigan o‘yinda maydonga tushishi esa so‘roq ostida, deya xabar qilmoqda Goal.

    Benzema “Real Sosyedad”ga qarshi kechgan o‘yinda jarohat olgan va uning o‘rnini Luka Yovich egallagandi.

    Messining yaqinlari Pochettino va uning uslubiga shubha bilan qaramoqda

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “PSJ” hujumchisi Lionel Messining yaqinlari parijliklar ustozi Maurisio Pochettinoning ishiga shubha bilan qaramoqda.

    Parij klubi va Messi qoniqarsiz natijalar uchun tanqid ostiga olinmoqda. Lionelning yaqinlari esa bu holatni mutaxassisning hamon futbolchilarning pozitsiyasi borasida bir qarorga kelmagani va beqarorligi bilan bog‘lamoqda.

    L’Equipe’ning xabar qilishicha, Messining atrofidagilar Pochettino va uning uslubiga shubha bilan qaramoqda. Xususan, murabbiyning juda murakkab uslubni tanlashi o‘yinchiga hush kelmayapti.

    Messi Fransiya chempionatining joriy mavsumida 9 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va uchta golli uzatma amalga oshirdi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    06.12.2021, 21:31   Izoh (0)   39362
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda qishki transfer oynasi ochildi. Superliga klublariga cheklov o‘rnatilgan

    06.12.2021, 20:03

    A Seriya. “Yuventus” Shevchenko qo‘l ostidagi “Jenoa”dan ustun keldi, “Latsio” 4 ta gol urilgan o‘yinda g‘alabaga erishdi

    06.12.2021, 07:25

    APL. “Manchester Yunayted” Ralf Rangnik boshqaruvidagi ilk o‘yinni g‘alaba bilan yakunladi, “Tottenhem” raqibiga javobsiz 3 ta gol urdi

    05.12.2021, 21:01

    La Liga. “Real” safarda ishonchli g‘alabaga erishdi, “Atletiko” esa so‘nggi daqiqalar qurboni bo‘ldi

    05.12.2021, 08:34

    Liga 1. “PSJ” 90+2-daqiqadagi gol evaziga bazo‘r mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

    05.12.2021, 08:10

    Bundesliga. 5 ta gol urilgan o‘yinda “Bavariya” “Borussiya D”ni qiyinchilik bilan yengdi, Levandovskidan dubl

    05.12.2021, 00:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.