• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ilk modeli narxi 30 ming dollardan oshgan, og‘irligi 340 kg bo‘lgan. Mikroto‘lqinli pech haqida nimalarni bilamiz?

    Mikroto‘lqinli pech eng mashhur maishiy elektr jihozlaridan biri sanaladi. Qisqa muddatda taom tayyorlash yo isitishdagi qulayligi sabab kundalik hayotning ajralmas bo‘lagiga aylangan. “Daryo” uning yaratilish tarixi va foydalanish bilan bog‘liq qiziq ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qiladi.

    Foto: Getty Images

    Kutilmagan kashfiyot

    Mikroto‘lqinli pech tasodifan ixtiro qilingan. Buning qanday ro‘y bergani haqida ikkita qarash mavjud. Birinchisiga ko‘ra, amerikalik muhandis va radar bo‘yicha mutaxassis Persi Spenser magnetron (elektronlar oqimi magnit maydon bilan o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida mikroto‘lqinlarni hosil qiluvchi kuchli elektron lampa) qarshisida turgan vaqt cho‘ntagidagi shokolad bo‘lagi erib ketadi. Ikkinchi qarashga ko‘ra, shokolad o‘rnida sendvich bo‘lgan.

    Ikkinchi holat haqiqatga ancha yaqin, chunki magnetron odamga hech qanday zarar yetkazmagan holda shokoladni eritib yuborishiga ishonish qiyin. Nima bo‘lganda ham, ixtiro Persi Spenser tomonidan patentlangan.

    1947-yilda, Raytheon kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Radarange modeli paydo bo‘lgan vaqtda, bu jihoz kelajakda har bir xonadonga kirib borishi hech kimning xayoliga kelmagandi.

    Darvoqe, o‘sha vaqtlarda mikroto‘lqinli pechlar faqat qurolli kuchlarda ishlatilgan. Radarange 1947-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 1960-yillargacha undan askarlar uchun ovqat isitishda foydalanilgan. Uning hajmi hozirgilardan bir necha barobar katta edi va og‘irligi 340 kilogrammni tashkil qilardi. Ilk mikroto‘lqinli pech narxi 3000 dollar atrofida turardi. Ma’lumotlarga tayansak, o‘sha yillardagi 3000 dollar hozirgi 30 000 dollarlik qiymatdan oshadi.

    Jeki Kouplend Raytheon Radarange mikroto‘lqinli pechida gamburger pishirmoqda 

    Jeki Kouplend Raytheon Radarange mikroto‘lqinli pechida gamburger pishirmoqda 
    Foto: Getty Images

    1955-yilning 25-oktabrida Amerikaning Tappan brendi ostida ilk maishiy mikroto‘lqinli pech ishlab chiqarilgan. 1962-yilda esa Yaponiyaning Sharp kompaniyasi tomonidan shu maqsadda ilk bor seriyali ishlab chiqarish boshlangan. Lekin boshda unga talab uncha yuqori bo‘lmagan.

    Xavfsizlik borasidagi uydirmalar

    Ayrimlar mikroto‘lqinli pechning o‘zidan zararli radiatsiyalar chiqarishiga ishonadi, lekin bu xato. Uning zarari Wi-Fi routernikidan kuchli emas. Bundan tashqari, mikroto‘lqinli pech taomdagi ozuqaviy moddalarni yo‘q qilib yuborishi haqidagi qarash ham keng tarqalgan. Lekin olimlar buni bir necha bor rad qilgan. U taomdagi moddalar tarkibini o‘zgartirmaydi, chunki nurlanish faqat suvga ta’sir qiladi.

    Xitoyning arzon mikroto‘lqinli pechlari birorta taniqli kompaniyaning qimmatbaho mahsulotidan ko‘ra xavfliroq, degan fikrga ham qo‘shilib bo‘lmaydi. Arzon va qimmat mikroto‘lqinli pechlarning ishlashida katta farq yo‘q, chunki ishlash prinsipi bir xil. Qimmatlari, nari borsa, pishiqligi, qo‘shimcha funksiyalari va brendi bilan farqlanadi, xolos.

    Unda tayyorlangan yo isitilgan ovqat kasalliklarni keltirib chiqaradi, degan qarashning uydirma ekanligini isbotlash ham uncha qiyin emas. Undagi mikroto‘lqinli energiya zararli moddalarni yuzaga keltirish uchun yetarli bo‘la olmaydi. Biroq plastmassa yoki polietilen idishlardan foydalanilsa, shunday xavf paydo bo‘lishi mumkin.

    Foydalanish bo‘yicha qiziq ko‘rsatmalar

    1. Limonni yanada suvliroq iste’mol qilishni istasangiz, mikroto‘lqinli pechga 20 soniya qo‘yib oling.

    2. Pech yordamida ko‘katlarni bir necha daqiqa ichida hech qanday chiqitsiz quritib olish mumkin.

    3. Sarimsoq piyoz po‘stlog‘ini tozalashga qiynalsangiz, tishchalarini ajratib, mikroto‘lqinli pechga 15 soniyaga solib qo‘ying. Shunda ancha osonroq tozalanadi.

    4. Uning yordamida qattiq nonni yumshatish ham mumkin. Buning uchun nonni ho‘l sochiq bilan o‘rab, bir necha marta o‘n soniya davomida qo‘yish kerak. Shu tarzda kerakli namlik holatiga kelgunicha davom ettiring.

    5. Chipsni sochiqqa o‘rab, mikroto‘lqinli pechda ozroq isiting. Sochiq chipsdagi namlikni tortib oladi va u yana qirsildoq holiga qaytadi.

    6. Sochiqni mikroto‘lqinli pechga, taxminan, bir daqiqa qo‘yib, issiq kompress sifatida foydalanishingiz mumkin.

    7. Shakar idishiga nam sochiq solib, qopqog‘ini yoping va uni 20 soniya qizdiring. Shakar ancha mayinlashadi.

    8. Mikroto‘lqinli pechni tozalashga qiynalsangiz, kosaga sirka qo‘shilgan suv solib, besh daqiqa uning ichiga solib qo‘ying. Ichi bug‘ga to‘lganidan so‘ng ovqatdan qolgan dog‘lar bitta artishda ketadi.

    9. Idishning mikroto‘lqinli pechda ishlatilishi mumkinligini tekshirish uchun mikroto‘lqinli pechda ishlatish mumkin bo‘lgan krujkani oling va sovuq suv bilan to‘ldiring. Krujkani sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan idishingizning ustiga qo‘ying va mikroto‘lqinli pechga joylang. Agar bir daqiqa isitishdan keyin suv iliq va idish sovuq bo‘lsa, uni mikroto‘lqinli pechda ishlatish mumkin. Biroq idish issiq, lekin suv sovuq bo‘lsa, u idishni mikroto‘lqinli pechda boshqa ishlatmang.

    10. Shaftoli va pomidor kabi mevalarni 30 soniya davomida mikroto‘lqinli pechga qo‘ysangiz, qobig‘ini tozalash ancha oson bo‘ladi. Tozalashdan oldin ikki daqiqa sovuting.

    11. Mikroto‘lqinli pechda terisi nisbatan qalin bo‘lgan meva va sabzavotlarni uzoq vaqt davomida isitish qo‘shimcha ehtiyot choralarini talab qiladi. Masalan, kartoshka, pomidor va qovoqni isitishda ehtiyot bo‘lish kerak. Isitishdan avval bir nechta yeridan teshikcha oching. Bunday qilmasangiz qobig‘i issiqlikni ushlab qolib, hatto portlab ketishi mumkin.

    12. Pochta markasini ko‘chirish uchun markaga bir tomchi suv tomizish va uni 20–30 soniya davomida isitish kifoya. Pochta markasi o‘z-o‘zidan ko‘chib ketadi!

    13. Piyoz to‘g‘rashda ko‘z achishib, yoshlanmasligi uchun to‘g‘rashdan avval uchlarini kesib, mikroto‘lqinli pechga 30 soniya solib qo‘yish kerak. Shunda ko‘z yoshlanmaydi.

    14. Eskirgan asalni asl holiga qaytarish uchun qopqoqni ochib, asalni ikki daqiqa davomida 50 foizlik quvvatda qizdiring.

    15. Mikroto‘lqinli pechda baliq pishirish qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Bu borada ozroq maslahat berib o‘tsak, zarar qilmaydi. Avvalo, baliqni yaxshilab quriting. Agar baliq bo‘laklari bir nechta bo‘lsa, ularning ingichka tomonini bir tarafga qaratib qo‘ying. Shunda ular bir xil pishadi. Baliqni mikroto‘lqinli pechda to‘liq pishirib yubormaslik kerak, chunki u pechdan olganingizdan keyin ham pishishda davom etadi.

    16. Loviya yoki yasmiqni tunda suvga solib qo‘yishni unutgan bo‘lsangiz, uni idishga solib, ozgina soda qo‘shing va idish og‘zini yoping. Idishni mikroto‘lqinli pechga o‘n daqiqaga qo‘ying va keyin taxminan 40 daqiqa tindiring. Shunda tuni bo‘yi namlanganday natijaga erishasiz.

    17. Idishga qaynoq suv quying. Ozroq sirka qo‘shing va idishga tuxum chaqing. Sarig‘ini tish tozalagich bilan ozgina teshib, idishni oziq-ovqat plyonkasi bilan yoping. So‘ngra 30 soniya davomida mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Tuxumni aylantiring va yana 20 soniyaga qo‘ying. Yoqimli ishtaha!

    18. Sendvichni qog‘oz sochiq bilan isitsangiz, sochiqlar sendvichdagi ortiqcha namlikni o‘ziga shimib oladi.

    19. Mikroto‘lqinli pechda qizdirilgan yong‘oqlar, urug‘lar va ziravorlar 15 soniya ichida oshxonangizni yoqimli hid bilan to‘ldiradi.

    20. Mikroto‘lqinli pechni tozalashga sirka bo‘lmasa, bir necha dona qog‘oz sochiqni namlang va besh daqiqa davomida mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Ular pechni bug‘ bilan to‘ldiradi va soviganidan so‘ng yog‘larni tozalash uchun ishlatishingiz mumkin.

    21. Tezkor nonushta kerakmi? Tuxum, pishloq va sutni idishga solib, tuz va murch qo‘shing va aralashmani bir yarim daqiqa mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. 45 soniyadan keyin tuxumni aralashtirishni unutmang.

    06.12.2021, 17:51   Izoh (0)   15067
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Yava orolida Semeru vulqoni otilishi tufayli yon-atrofdagi qishloqlar kul bilan qoplandi

    06.12.2021, 16:18

    Saudiya Arabistoni koronavirusning “omikron” shtammi tufayli Umra ziyorati tartibini o‘zgartirdi

    06.12.2021, 12:57

    AQSh razvedkasi Xitoy Afrika g‘arbida harbiy baza qurish niyatida ekanini ma’lum qildi

    06.12.2021, 12:17

    Braziliyada hamshira xatolik sabab ikki nafar chaqaloqni koronavirusga qarshi emladi

    06.12.2021, 11:47

    CNN: AQSh Pekinda o‘tkaziladigan Olimpiadaga shu hafta diplomatik boykot e’lon qiladi

    06.12.2021, 09:43

    Meksika sohillari yaqinida 1,6 tonna kokain olib ketayotgan qayiqlar qo‘lga olindi

    05.12.2021, 22:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tadbirkorning taklifi yoki buyurtma asosida bosh rejaga o‘zgartirish kiritilmaydi — Qurilish vazirligi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 13:39

    “Real” Vinisius o‘rniga to‘purar hujumchi olib keladi — Cadena Ser

    Sport | 26 iyul, 13:35

    Issiqda ehtiyotkorlik bilan iching: qahva yozda organizmga qanday ta’sir qiladi?

    Layfstayl | 26 iyul, 13:25

    Tailand Kambodja bilan chegaradagi bahsli cho‘qqini nazoratga oldi

    Dunyo | 26 iyul, 13:05

    Butunjahon hojatxonalar tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 12:40

    “Manchester Yunayted” “Real” darvozaboniga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 26 iyul, 12:30

    Aydan Shenerdan Hande Erchelgacha: jahonga mashhur turk aktrisalari

    Kino | 26 iyul, 12:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.