• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Turkmaniston prezidenti qish mavsumida narxlarning oshishiga yo‘l qo‘ymaslikni buyurdi

    4-noyabr kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov savdo majmuasini rivojlantirish bo‘yicha ishchi yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligiga tayanib, “Xronika Turkmenistana” xabar berdi.

    Foto: SNG Today

    Foto: SNG Today

    Turkmaniston bosh vazirining savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Chori Qilichov 2021-yilning o‘n oyi yakunlari bo‘yicha savdo majmuasining ijobiy hisobotini taqdim etdi. Biroq Berdimuhamedovning ta’kidlashicha, davlat tomonidan savdo, to‘qimachilik sanoati va tadbirkorlikni rivojlantirishga katta sarmoya kiritilayotganiga qaramay, foydalanilmayotgan imkoniyatlar hali ko‘p.

    Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmanistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmini va eksportini ko‘paytirish, bozorlarning maqbul uyg‘unlikda ishlashiga erishish va aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda davom etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    “Bu ishda iqtisodiy manfaatlardan ko‘ra xalq farovonligi ustuvor bo‘lishi zarur”, – dedi davlat rahbari.

    Prezident, shuningdek, bosh vazir o‘rinbosariga boshqaruvning zamonaviy usullarini o‘rganish va ularni ishlab chiqarishga keng joriy etish, marketing va menejmentni modernizatsiya qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

    Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Orazmurod Gurbannazarovning ma’lum qilishicha, savdo tuzilmalari tomonidan bozor va do‘konlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari uchun yetarli iste’mol bazasini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

    Shuningdek, mutasaddiga tashqi savdo aylanmasi va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar hajmini oshirish, aholiga xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    To‘qimachilik sanoati vaziri Rasul Rejepovning ijobiy hisobotini eshitgan Berdimuhamedov ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlarining xalqaro sifat va ekologik xavfsizlik standartlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratishni, ularni tashqi bozorlarga olib chiqish uchun esa reklamali axborot ko‘magini ko‘rsatishni buyurdi.

    Turkmaniston davlat birjasi, “Turkmenhaly” davlat uyushmasi, Sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasi rahbarlari hamda Savdo-sanoat palatasi raisi ham ijobiy ma’ruza qildi.

    Hisobotlardan so‘ng Gurbanguli Berdimuhamedov o‘tgan yilga nisbatan eksport 23 foizga, yoqilg‘i-energetika resurslarini hisobga olmagan holda eksport qilingan mahsulot hajmi esa 48 foizga oshganini aytdi.

    Shu bilan birga, davlat rahbari import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar qurishni faollashtirish va Turkmaniston o‘zi ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni xorijdan olib kirishni to‘xtatish bo‘yicha topshiriq berdi.

    Xalqaro betaraflik kuni va Yangi yil bayrami yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan bozorlarni zarur mahsulotlar bilan ta’minlash, bayram savdosini tashkil etish, mahsulotlar xavfsizligi va ularni xaridorga arzon narxlarda yetkazib berish uchun esa savdo va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

    “Qish mavsumi yaqinlashmoqda, shu bois mamlakatimiz bozorlari va do‘konlarini, ayniqsa, bayram kunlarida turli tovar va mahsulotlar bilan ta’minlashni qat’iy nazorat qilish, narx-navoning oshishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur”, — dedi Berdimuhamedov.

    Qilichov va To‘qimachilik sanoati vaziri Rejepovga Bobodayxon etrapi (tuman)dagi to‘qimachilik majmuasini o‘z vaqtida foydalanishga topshirish buyurildi. Avgust oyida ushbu majmua qurilishi 151 million 800 ming dollarga yakunlangani xabar qilingan.

    Mavzuga doir:

    • Turkmaniston prezidenti paxta terimini tezlashtirish va 6-noyabrda ko‘chat ekish kampaniyasini o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi
    • Berdimuhamedov yangi avtotrassaning bir qismini ochib berib, unda yangi “KamAZ”ni sinovdan o‘tkazdi (foto)
    • Turkmanistonda milliy bayram munosabati bilan 210 kvadrat metrli ulkan gilam yaratilmoqda

    05.11.2021, 22:13   Izoh (0)   43481
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoy Tayvan mustaqilligi tarafdorlarining Xitoy, Gonkong va Makao hududiga kirishini taqiqladi

    05.11.2021, 21:58

    AQSh DarkSide xakerlar guruhining yetakchilari haqidagi ma’lumot uchun 10 mln dollar mukofot e’lon qildi

    05.11.2021, 21:12

    “Xitoy Suriyani qayta tiklash uchun yordam berishda davom etadi” — Si Szinpin

    05.11.2021, 20:42

    Nigerda qurolli jangarilar 70 ga yaqin kishini o‘ldirdi

    05.11.2021, 19:25

    Saakashvilining advokati ochlik sabab uning xotirasida muammolar paydo bo‘lganini ma’lum qildi

    05.11.2021, 18:55

    Eronlik talabalar tomonidan Tehrondagi AQSh elchixonasi garovga olinganiga 42 yil to‘ldi. Eronda bu sana qanday nishonlandi? (foto)

    05.11.2021, 18:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.