• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Moskvadagi ommaviy mushtlashuvda qatnashgan muhojirlarning 46 nafari Rossiyadan deportatsiya qilindi

    Rossiya hukumati Moskvadagi “Kuzminki” metro bekati yaqinida ommaviy mushtlashuv sodir etgan muhojirlarning 46 nafarini mamlakatdan deportatsiya qildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Moskva davlat boshqarmasi axborot va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i, polkovnik Vladimir Vasenin ma’lum qildi.

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    “Kuzminki’ metro bekati yaqinidagi mojaroda ishtirok etgan chet el fuqarolarini Rossiya Federatsiyasidan deportatsiya qilish ishlari davom etmoqda. Bugungi kun holatiga ko‘ra, 46 nafar chet el fuqarosi deportatsiya qilingan”, — dedi polkovnik.

    Poytaxt politsiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, avvalroq 87 nafar xorijlik 15 kunga hibsga olingan. Bundan tashqari, ularning Rossiyada bo‘lish muddati qisqartirilgan va keyinchalik mamlakatga yana kirishi taqiqlangan. Ta’kidlanishicha, 87 muhojirning hammasi sud qarori bilan 90 kunga chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan.

    Mushtlashuvning sakkiz ishtirokchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 213-moddasi (bezorilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

    So‘nggi yillarda chet elliklar orasida bo‘lib o‘tgan eng yirik ommaviy janjallardan biri 2021-yilning 12-iyulidan 13-iyuliga o‘tar kechasi Moskva shahridagi “Kuzminki” metro bekati yonida yuz bergandi. Unda 200 nafarga yaqin fuqarolar qatnashgan. Vakolatli organlar tomonidan mojaroning 103 nafar ishtirokchisini deportatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

    Dastlab mojaro O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida chiqqani aytilgan. O‘zbekiston Tashqi migratsiya agentligi Rossiya Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan muloqotda bo‘lib, vaziyatni o‘rgandi va mojaroda o‘zbekistonliklar ishtirok etmaganini ma’lum qildi. Mushtlashuv Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida yuz bergan.

    Undan avval Moskvadagi kafeda Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv bo‘lib o‘tgandi. Shuningdek, 28-iyul kuni kechqurun Sankt-Peterburgda Checheniston va Tojikiston fuqarolari ishtirokida yana bir ommaviy mushtlashuv sodir etilgani xabar qilindi.

     Ushbu hodisalardan so‘ng Rossiya IIV ommaviy mushtlashuvlarda qatnashadigan muhojirlar mamlakatdan chiqarib yuborilishini e’lon qildi. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ommaviy mushtlashuv bilan bog‘liq holatlar ko‘paygani sabab ogohlikka chaqirdi.

    20.08.2021, 20:10   Izoh (0)   39479
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    NYT: “Tolibon” so‘roq qilish va jazolash uchun AQSh harbiylari bilan hamkorlik qilgan afg‘onlarni qidira boshladi. Ular bunday qilmaslikka va’da bergandi

    20.08.2021, 19:40

    “Tolibon” AQSh ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qildi

    20.08.2021, 18:39

    Turkiyada COVID-19 tufayli yangi cheklovlar kiritiladi

    20.08.2021, 10:10

    Germaniyadagi amerikalik amaldorlar “Gavana sindromi”dan shikoyat qildi. Avvalroq u AQShning O‘zbekiston, Rossiya va Xitoydagi diplomatlarida ham qayd etilgan

    20.08.2021, 07:53

    Afg‘onistonda paranji narxi o‘n baravar oshib ketdi

    20.08.2021, 07:23

    SSSRni saqlab qolish uchun uyushtirilgan fitnani tushuntirib beruvchi 10 ta fotosurat

    19.08.2021, 23:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.