• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qozog‘istonda kasallanganlar soni bo‘yicha rekord qayd etildi, dunyoda COVID-o‘limlar 21 foizga ko‘paydi. Koronaxabarlar

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 196 030 937 kishini tashkil qilmoqda. Virus oqibatida vafot etganlar soni 4 188 282 kishiga yetgan.

    Kasallanish holatlarining soni bo‘yicha AQSh (34,6 million), Hindiston (31,5 million), Braziliya (19,7 million), Rossiya (6,1 million) va Fransiya (6,1 million) yetakchilik qilmoqda.

    Mexiko

    Mexiko
    Foto: Getty Images

    Qozog‘istonda o‘tgan bir kecha-kunduzda 7479 kishida koronavirus aniqlangan, bu mamlakat uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

    Qozog‘istonda jami kasallanganlar soni 557 107 kishiga yetdi. Shularning 462 912 nafari virusdan sog‘aygan.

    O‘tgan bir sutkada 81 kishi COVID-19 oqibatida vafot etgan bo‘lsa, 5814 kishi undan tuzalgan. Vafot etganlarning jami soni 5700 kishiga yetdi.

    Mavzuga doir: Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha kunlik rekord yangilandi

    O‘tgan bir hafta ichida COVID-19 oqibatidagi o‘limlar soni 21 foizga oshgan.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) aniqlik kiritishicha, 19—25-iyul oralig‘ida 69 mingdan ortiq odam virus oqibatida vafot etgan. Bu undan avvalgi hafta — 12—18-iyul kunlaridagiga nisbatan 12 ming nafarga ko‘p demakdir. Eng ko‘p o‘limlar Shimoliy va Janubiy Amerikada, shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyoda qayd etilgan. JSST o‘tgan hafta mobaynida koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichlari Yevropadan boshqa hamma joyda o‘sganiga e’tibor qaratdi.

    Tashkilot hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan hafta COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha kuniga o‘rtacha 540 mingta holat qayd etilgan. Bundan avvalgi hafta esa ushbu ko‘rsatkich 490 mingtani tashkil qilgan.

    Agar o‘sish shu tarzda davom etsa, 200 millionlik marradan yaqin 2 hafta ichida o‘tish kutilmoqda.

    JSST ma’lumotlari bo‘yicha pandemiya boshidan buyon kasallanganlar soni 195,3 million kishini, virus oqibatidagi o‘limlar esa 4,1 milliontani tashkil qilmoqda.

    Mavzuga doir: JSST: Dunyoda COVID-19 pandemiyasining uchinchi to‘lqini boshlandi

    Chuqur siyosiy va iqtisodiy inqiroz tufayli Myanma koronavirusning “super tarqatuvchisi”ga aylanishi mumkin. Koronavirus infeksiyasi u yerdan butun Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘ylab va uning tashqarisiga  nazoratsiz tarzda tarqalib ketishi mumkin. Bu haqda BMTning Myanmada inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Tom Endryus ma’lum qildi.

    Fevralda bo‘lib o‘tgan harbiy to‘ntarishdan keyin mamlakatda COVID-19 avj olib ketgan, vaksinatsiya dasturi to‘xtab qolgan, fuqarolar testdan o‘tkazilmayapti, kasalxonalar esa deyarli ishlamayapti.

    BMT Myanmada necha kishi koronavirusni yuqtirib olganidan bexabar. Shifokorlar va jurnalistlarga bo‘layotgan hujumlar tufayli pandemiya sababli yuzaga kelgan inqiroz haqida ishonchli ma’lumot uzatilmayapti.

    The Irrawaddy mustaqil nashri xabariga ko‘ra, so‘nggi ikki oyda Myanmada 4,6 mingdan ortiq odam COVID-19 qurboniga aylangan.

    Harbiy xunta orqali nazorat qilinadigan davlat OAVlari xabar berishicha, eng yirik Yangon shahrida o‘nta krematoriy qurilmoqda, ularning har biri kuniga 3 mingtagacha jasadni kuydira oladi.

    Endryus qayd etishicha, Myanmada shifokorlar davlat kasalxonalarida ishlashdan bosh tortib, qo‘zg‘olon ko‘tarmoqda, ular bosim va tahdidlarga uchrab, odamlarni yashirincha davolashga majbur bo‘lmoqda. Mamlakatda odamlar tibbiy kislorodga, krematoriy va o‘likxonalarga navbatda turibdi.

    Mavzuga doir: Myanmada harbiylar 2 oy ichida 40 dan ortiq bolani o‘ldirgan, eng kichik qurbon 6 yoshda bo‘lgan

    Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyalari hamkorlikda ishlab chiqqan vaksinaning koronavirusga qarshi samaradorligi bemorlarga vaksinaning ikkinchi dozasi kiritilganidan keyin 6 oy o‘tib, 96 foizdan 84 foizgacha pasaydi.

    Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, ikkinchi dozadan keyin ikki oy o‘tib, vaksina samaradorligining eng yuqori ko‘rsatkichi — 96,2 foiz qayd etiladi.

    Har oy vaksina samaradorligi olti foizga kamayib borgan.

    Tadqiqotlarda AQSh va Yevropadan 44 mingdan ortiq odam qatnashdi. Shularning 81 nafari koronavirusga chalingan.

    Shu bilan birga, bu vaksina kasallikning og‘ir kechishiga to‘sqinlik qiladi, ushbu parametr bo‘yicha uning samaradorligi 97 foizga teng.

    Tadqiqot ishtirokchilari kamida ikki yil davomida kuzatib boriladi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonga 1,2 mln doza Pfizer vaksinasi olib kelinadi

    29.07.2021, 19:11   Izoh (0)   17509
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Facebook, Google va Netflix kompaniyalari koronavirusga qarshi majburiy vaksinatsiya joriy qildi

    29.07.2021, 18:34

    Nyu-York aholisiga koronavirusga qarshi emlanish evaziga 100 dollardan to‘lash boshlanadi

    29.07.2021, 16:56

    Germaniyadagi kimyo zavodidagi portlashdan keyin bedarak yo‘qolganlar rasman halok bo‘lgan deb topildi

    29.07.2021, 11:28

    Turkiyaning Antaliya viloyatida katta hajmdagi o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda (foto va video)

    29.07.2021, 09:27

    Turkiya va Ozarbayjon qo‘shma turk armiyasini tuzishga qaror qildi

    29.07.2021, 06:52

    Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Oq uyda Jo Bayden bilan uchrashdi

    29.07.2021, 06:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00

    iPhone egalarini Android foydalanuvchilariga qaraganda internetda aldash osonroq — tadqiqot

    Layfstayl | 2 avgust, 21:45

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.