• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Moskva va Sankt-Peterburgda jazirama, Kanadada harorat deyarli +50, Kuvaytda esa taxminan +70. Nimalar bo‘lyapti? Endi doim shunday bo‘ladimi? Rossiyalik iqlimshunos ushbu savollarga javob berdi

    2021-yilning iyun oyida Moskvada havo haroarti bo‘yicha mutlaq rekord qayd etildi — 34,8 daraja. Iyul oyi boshida poytaxtdagi harorat (Rossiyaning boshqa ko‘plab shaharlarida bo‘lgani kabi) yana 30 dan oshdi. Kanadada ham yaqinda g‘ayritabiiy issiqlik kuzatildi — deyarli 50 daraja. Dunyodagi eng iliq mamlakatlardan biri Kuvaytda esa harorat “quyosh ostida hatto 70 darajadan yuqori”, deya xabar beradi mahalliy ommaviy axborot vositalari. Bularning barchasi global isish tufaylimi? Endi har doim shunday bo‘ladimi? Bu kabi ob-havoga qandaydir tarzda moslashish mumkinmi? Meduza shu va boshqa savollar bilan Moskva davlat universiteti dotsenti, iqlimshunos Pavel Konstantinovga murojaat qildi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    — Kuvaytda quyosh ostida 70 darajadan yuqori harorat qayd etilmoqda. Bunchalik issiq bo‘lishiga sabab nima?

    — Kuvaytdan yuborilayotgan ma’lumotlar qarama-qarshi. Ular g‘alati parametrlar haqida xabar bermoqda — quyoshda 70 daraja. Ammo bizning janubiy mintaqalarimizda ham quyoshda harorat 70 daraja bo‘ladi. Standart harorat, ya’ni yerdan ikki metr balandlikdagi harorat hozir 50 darajadan sal yuqori. Bu o‘sha hududlar uchun odatiy hol. Ularning ustidagi quyosh hozir cho‘qqi nuqtaga yaqin joylashgan, hududlar esa cho‘l. Tropik va subtropik cho‘llarda har doim yozda maksimal harorat kuzatiladi. Bunda men anomaliyalarni ko‘rmayapman.

    — Nima uchun quyosh ostidagi haroratni o‘lchamaslik kerak?

    — Quyosh ostidagi harorat — bu siz o‘lchagan narsaning harorati. Agar siz oddiy simobli termometrni quyoshga qo‘ysangiz, u holda havo harorati emas, balki termometr idishidagi qizigan simob harorati ko‘rsatiladi. Shuning uchun, quyosh ostida termometrga qarash befoyda — bunda faqat shisha va plastmassaning haroratini ko‘rish mumkin, u esa havo haroratidan ancha farq qiladi.

    Quyosh ostidagi harorat ko‘rsatkichlari haqida xabar berish yaxshi odat emas. 50 yil davomida hech kim bunday qilmagan. Hatto OAV ham bunga moslashgan. Professional meteorologik xizmatlar ushbu parametr bilan yuz yildan beri ishlamaydi. Shuning uchun Kuvaytdagi xabarlar juda g‘alati. Men bunday xabarlar bilan ehtiyotkor munosabatda bo‘laman.

    — Yaqinda sodir bo‘lgan yana bir anomaliya — Kanada shaharlari va qishloqlarida, taxminan, 50 darajagacha issiq bo‘ldi. U yerda nega bu qadar issiqlik kuzatildi?

    — Kanadada Amerika qit’asining janubidan “yuborilgan” o‘ta issiq havoning issiqlik gumbazi paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, havo quyosh nurlari ostida qo‘shimcha ravishda qiziydi, quyosh esa hozir u yerda qisqa vaqtga botyapti yoki umuman botmayapti. Natijada ushbu kengliklarda shunday aqlbovar qilmas harorat yuzaga kelmoqda.

    — Bunday issiqlik gumbazlar qanchalik tez-tez shakllanadi?

    — Shimolga qadar uzoqlikka issiq havo “uloqtirish” holatlari ilgari sodir bo‘lmagan. Hozir sodir bo‘layotgan hodisa misli ko‘rilmagan issiqlik gumbazi kuchiga ega bo‘lgan noyob Shimoliy Amerika hodisasidir. Moskvada issiqlik gumbaziga o‘xshash vaziyat 2010-yilda bo‘lgan.

    — Hozir Rossiyadagi issiq ob-havo 2010-yildagidan va ayni paytda Shimoliy Amerikada kuzatilayotgan havodan qanday farq qiladi?

    — Hozir bizdagi holat boshqacha. Skandinaviya antisikloni olib kelgan havo juda salqin. Rossiyadagi hozirgi vaziyat bilan 2010-yilgi voqealar va Shimoliy Amerikadagi voqealar o‘rtasidagi asosiy farq shunda.

    — Nima uchun issiqlik gumbazining quvvati oshmoqda?

    — Global isish jarayoni tufayli. Bu yerda bir qator omillar mavjud. Masalan, Rossiya hududida global isish noqulay ob-havo hodisalarining chastotasi ortgani bilan o‘zini namoyon qiladi. Ya’ni kuchli yomg‘irlar hamda issiqlik to‘lqinlarining chastotasi ortgan.

    — Vaqt o‘tishi bilan keskin jazirama, kuchli yomg‘ir va anomal sovuqlar tez-tez sodir bo‘ladimi?

    — Kelgusi o‘n yilliklarda ularning chastotasi va intensivligi oshadi.

    — Keyin nima bo‘lishini taxmin qilish qiyinmi?

    — Hatto 20—30 yil haqida gapirish qiyin. Haqiqat shundaki, biz global isishga qarshi kurashish uchun kam uglerodli texnologiyalardan foydalanishga o‘tsak ham, chiqindilarni kamaytirsak ham, natijani eng ertasi bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan vaqt — XXI asrning ikkinchi yarmi boshlariga to‘g‘ri keladi. Tizimning sustligi juda yuqori. Shu paytgacha chiqarilgan karbonat angidrid keyingi 20—30 yil ichida sayyoramizdagi iqlimning xususiyatini belgilaydi. Shuning uchun moslashish nihoyatda zarur.

    — Dunyoning qaysidir qismi moslashib bo‘lganmi?

    — Moslashuvga ayrim misollar hatto Moskvada ham 2010-yildan keyin paydo bo‘ldi. Konditsionerlar soni ko‘paygan, jamoat joylarida pensionerlar kelib dam oladigan salqin xonalar tashkil etilgan. Lekin, albatta, bunga intilishda davom etish kerak.

    G‘arbiy Yevropada moslashish Germaniya va Fransiyada sodir bo‘ldi. U yerda 2003-yildan keyin issiq ob-havo bilan kurashish usullari o‘ta kuchli darajada qayta ko‘rib chiqildi. Ular odamlarga 2019-yilgi jaziramadan xavfsizroq o‘tishga yordam berdi.

    Biz ham o‘rganib chiqishimiz va odamlarni ushbu texnologiyalarga moslashtirishimiz zarur. Chunki Moskvada aholi issiqqa yaxshi moslashmagan, xatarlar juda yuqori.

    — Konditsionerlar va sovutish xonalaridan tashqari qanday usullar mavjud?

    — Shahar infratuzilmasini moslashtirish, to‘liq ko‘kalamlashtirish, yashil tomlar, suv infratuzilmasining ko‘payishi kabi usullar bor. Bularning barchasi shahar mikroiqlimiga ta’sir qiladi. Shu nuqtayi nazardan, Moskva juda orqada. Men bu haqda 2010-yilgi kabi aholini yo‘qotgandan keyin emas, balki oldindan o‘ylab ko‘rilishini istardim. Bundan tashqari, ilg‘or rejalashtirishning barcha vositalari va usullari — ular climate friendly deb ham ataladi — bizda ham mavjud va qo‘llasak bo‘ladi. Rocket science’ni (o‘ta murakkab narsani tavsiflashda ishlatiladigan ibora) qayta kashf qilish shart emas.

    — Ko‘kalamlashtirishdan tashqari yana qanday qilib shahar issiqqa moslashishi mumkin?

    Bular puxta bilim asosida rivojlanish ssenariylari. Tosh torbalar deb ataluvchi turg‘un zonalar hosil qilmaydigan shamollatish koridorlari. Bu hamma narsa yomon holga kelib, uyni berkitib, konditsionerni yoqishga majbur bo‘ladigan darajada emas, balki rejalashtirish darajasidayoq shaharsozlik va unda yashash sharoitini qulayroq qilishga imkon beradi.

    Aytgancha, konditsioner ham yomon, chunki u iliq havoni tashqariga chiqarib tashlaydi va ko‘chalarda issiqlik stressining noqulay sharoitlarini oshiradi.

    — Qishloqni qanday himoya qilish mumkin?

    — Qishloq iqlim nuqtayi nazaridan shaharga qaraganda ko‘proq himoyalangan, mikroiqlim qonuniyati tufayli u yerda tunlar salqinroq. Shaharlarda odamlar ko‘pligi bois xavf yuqori, uyerda “issiqlik oroli” shakllanmoqda. Qishloqlar bilan o‘quv ishlarni olib borish va tibbiy xizmat sifatini oshirish kerak, chunki yurak va surunkali kasalliklarga chalingan odamlar issiqdan aziyat chekadi.

    — Umuman, odam ob-havo haqidagi yangiliklarni qanday tushunishi kerak? Yangiliklarni o‘qiganda, masalan, Texasda qishda juda sovuq bo‘ldi, hozir esa juda issiq, bu nimani anglatadi? Axir ko‘p odamlar na sovuqni, na yog‘ingarchilikni global isish bilan bog‘laydi.

    — Anomal issiqlik va anomal sovuq — global isish natijasida yuzaga keladigan mexanizmning oqibatlari. Akademik Aleksandr Obuxovning shunday mashhur iborasi bor: “Global isish davrida iqlim ko‘proq asabiylashmoqda”. Odamlar bunga tayyorlanishi hamda o‘z infratuzilmasini moslashtirishi kerak. Shimoliy Amerikadagi isish — bu antisiklonlar va issiqlik gumbazlarini blokirovka qilish sharoitida biz ushbu issiqlik to‘lqinlarining shakllanishiga yetarlicha baho bermayotganimiz haqida ogohlantiruvchi signal bo‘lishi mumkin.

    — Hozirgi ob-havoni Yerning quyosh sikllari nuqtayi nazaridan ham baholash mumkin. Hozir biz quyoshning qaysi siklidamiz?

    — Agar geologik vaqtlar nuqtayi nazaridan baho beradigan bo‘lsak, bu o‘n ming yillik masshtab bo‘lib, buyog‘iga kuchsiz sovish davri boshlanadi.

    — Demak, sovuq tushishi kutilmoqdami?

    — Biz buni sezmaymiz, chunki global isishning antropogen omili tabiiy omil bilan taqqoslanmaydi. Masalan, karbonat angidrid ajralmalari. Odamlar yiliga barcha vulqonlarga qaraganda yuz marta ko‘proq karbonat angidrid chiqaradi. Biz allaqachon atmosferaga shunchalik ko‘p karbonat angidrid chiqardikki, tabiiy sikl ikkinchi planda qolmoqda. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda antropogen omillar ta’sirida gaz tarkibining o‘zgarishi natijasida qisqa muddatli isish chizig‘i mavjud. Shuning uchun keyingi 50—100 yil davomida biz tabiiy siklni sezmaymiz.

    — Qachondir sovuqni his qilamizmi?

    — Haqiqat shundaki, karbonat angidrid juda ko‘p va uni atmosferada olib tashlash jarayoni kamida 100 yil davom etadi. Hatto eng samarali karbonat poligonlari ishlasa ham (ular hali mavjud emas!). Kelgusi yillarda biz o‘tgan asrdagi faol sanoat yuzaga keltirgan vaziyatning asiri bo‘lamiz. Agar bu muammoni muvaffaqiyatli hal qilsak (sivilizatsiyamizning yutuqlari va rivojlanish darajasini maksimal darajada saqlab qolsak), unda yuz yil ichida nazariy sovish hatto bolalarimiz uchun emas, nevara va evaralarimizning muammosiga aylanishi mumkin.

    O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi vaziyat

    Toshkent shahrida 5, 7 va 8-iyul kunlari so‘nggi 150 yillikdagi aynan shu kunda qayd etilgan eng issiq havo harorati rekordlari yangilandi. Gidrometeorologiya xizmati markazining ma’lum qilishicha, poytaxtda 150 yildan buyon havo harorati qiymatlari muntazam kuzatib kelinadi. Iqlim o‘zgarishi natijasida dunyoda iqlim isishi tezlashdi. Bu kunning tungi paytlarida ham havo haroratining ko‘tarilib ketishida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

    Shuningdek, Toshkentda 3—7-iyundagi issiq ob-havo uch asr avvalgi rekorddan yuqori bo‘lgandi.

    Qozog‘istonda eng yuqori havo harorati 29-iyun kuni mamlakat g‘arbida qayd etilgan. O‘sha kuni Qorato‘be (G‘arbiy Qozog‘iston viloyati) meteorologiya stansiyasida termometr ustuni 45,5 darajani ko‘rsatgan, bu 1991-yildan (41,2) buyon eng yuqori ko‘rsatkich.

    Tojikistonda iyul boshida issiq havo tufayli aholidan zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslik so‘raldi. Janubi-g‘arbiy mintaqalardan issiq va quruq ob-havo oqimi kirib kelishi tufayli 10-iyulgacha termometr ustuni mamlakat janubida 45—48 darajagacha, vodiylarda 39—44 darajagacha, tog‘li hududlarda esa 32 darajagacha ko‘tarilishi ma’lum qilingan.

    Turkmanistonda esa havo haroratining keskin ko‘tarilishi sababli temiryo‘l va havo transporti harakati cheklandi. Iyulning birinchi haftasida mamlakatda havo harorati 47 darajagacha ko‘tarilgan, bu bilan meteorologik kuzatuvlar tarixida iyul oyidagi issiqlik yangi rekord o‘rnatgan.

    16.07.2021, 07:07   Izoh (0)   75852
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh Amerika vizasini so‘ragan afg‘onistonliklarni iyul oxirida evakuatsiya qilishni boshlaydi

    15.07.2021, 18:24

    Kichik Jorj Bush Afg‘onistondan Amerika harbiylarining olib chiqilishini xato deb atadi

    15.07.2021, 17:55

    JSST: Dunyoda COVID-19 pandemiyasining uchinchi to‘lqini boshlandi

    15.07.2021, 16:56

    Braziliya prezidenti 10 kundan ortiq davom etgan hiqichoq tufayli kasalxonaga yotqizildi

    15.07.2021, 16:26

    OAV: “Tolibon” Afg‘onistondagi egallab olgan hududlarida o‘z qoidalarini joriy qildi

    15.07.2021, 15:57

    “Tolibon” Afg‘oniston hukumatiga yarashuv taklif qildi, evaziga o‘z jangarilarining ozod etilishini so‘radi

    15.07.2021, 15:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jarima ballari, talabalarga maxsus stipendiya, vizasiz rejim: 1-iyundan kuchga kirgan asosiy o‘zgarishlar

    O‘zbekiston | 1 iyun, 15:42

    Antoni faoliyatini Bundesliga grandi safida davom ettirishi mumkin

    Sport | 1 iyun, 15:13

    Misrdan O‘zbekistonga C gepatitiga qarshi dorilarning 2025-yildagi birinchi partiyasi yuborildi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 14:01

    Migratsiya agentligi fuqarolarni xorijdan qaytarishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 13:40

    “PSJ” finaldagi g‘alabasi evaziga qancha pul ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 1 iyun, 13:07

    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi

    Reklama | 1 iyun, 13:30

    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi

    Reklama | 1 iyun, 12:00

    Mask giyohvand moddalar iste’mol qilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

    Dunyo | 1 iyun, 11:30

    2024/25-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi: eng yaxshi to‘purar va assistentlar aniqlandi

    Sport | 1 iyun, 11:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.