Namangan viloyatining Chust shahrida Damas va Labo ishtirokidagi YTHda bir kishi vafot etdi.
Viloyat IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, voqea 12-iyul kuni soat 15:15 larda Chust—Axcha—Olmos yo‘lining 8-kilometrida yuz bergan. Chust shahar “Mustaqillik” MFY hududida Labo’ni boshqarib ketayotgan haydovchi yo‘lning o‘ng tomoniga to‘xtab, chap tomoniga burilayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, shu yo‘nalishda o‘zidan orqada harakatlanib ketayotgan Damas’ni o‘tkazib yubormay, YTH sodir etgan.
Oqibatda Labo haydovchisi olgan tan jarohati tufayli shifoxonada vafot etgan.
Holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Namanganning Pop tumanida Damas haydovchisi MAN yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida halok bo‘lgani, Kosonsoy tumanida Nexia-3 beton to‘siqqa urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘lgani, yo‘lovchi esa reanimatsiyaga joylashtirilgani, To‘raqo‘rg‘on tumanida qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan Damas 57 yoshli piyodani, Yangiqo‘rg‘on tumanida Nexia yo‘lni kesib o‘tayotgan 53 yoshli piyodani urib yuborgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)