Namanganda harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan Damas yo‘lning o‘ng tomonida ketayotgan 57 yoshli piyodani urib yubordi.

Viloyat IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, voqea 5-iyul kuni soat 19:00 larda To‘raqo‘rg‘on—Kalvak-Buramatut yo‘lining 7-kilometrida, “Kalvak” MFY hududida yuz bergan.

Oqibatda piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 5-iyul kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan avval Namanganning Pop tumanida Nexia yo‘lni kesib o‘tayotgan 38 yoshli erkakni urib yuborgani, Yangiqo‘rg‘on tumanida esa Nexia haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan 53 yoshli piyodani urib yuborgani haqida xabar berilgan edi. Har ikki holatda jabrlanuvchilar olgan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.