Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida Nexia haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan 53 yoshli piyodani urib yubordi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Viloyat IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, voqea 2-iyul kuni soat 17:50 larda Yangiqo‘rg‘on—Namangan yo‘lining 5- kilometrida, Yangiqo‘rg‘on tumani “Radivon MFY” hududida yuz bergan.

20 yoshli haydovchi Nexia’ni ishonch qog‘ozi orqali boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 53 yoshli piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda olgan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Namanganda Nexia yo‘lni kesib o‘tayotgan 38 yoshli erkakni urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgani, Samarqandda Spark piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan ayolni urib yuborgani, Qashqadaryoda Nexia-3 urib yuborishi oqibatida velosiped mingan bobo va nabira vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi
Mahalliy
O‘zbekiston va Jahon banki sheriklik dasturi 4 mlrd dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olishi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Nabirasining jasadi oldida o‘tirgan bobo, o‘qqa tutilayotgan rossiyalik harbiylar, bo‘lajak to‘yini nishonlayotgan shahzoda —1-iyun suratlari