• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zavtosanoat” rahbari O‘zbekistonda elektromobillarni ishlab chiqarishni boshlash uchun Damas’lar kerakligini aytdi

    O‘zbekistonda elektromobillarni ommaviy ishlab chiqarish kichik biznes rivojlanganidan so‘ng boshlanadi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” rahbari Shavkat Umrzoqov “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov bilan suhbatda aytib o‘tdi.

    Shavkat Umrzoqov.

    Shavkat Umrzoqov.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilayotgan Damas va Labo avtomobillarining xavfsizlik tizimi va ayrim texnik o‘ziga xosliklari bo‘yicha jamoatchilik e’tirozlariga munosabat bildirarkan, ularni poyga mashinasi emas, balki “mahsulotni bir joydan boshqa joyga yetkazib beradigan ‘arzon texnika’” ekanini qayd etib o‘tdi.

    “Ko‘pchilik Damas va Labo’ni xavfsizlik tizimi past va boshqa kamchiliklari bor, deydi. Lekin bu mashina hozirda Janubiy Koreyada ham, Yaponiyada ham ishlab chiqariladi. Bu mashinaning maqsadli foydalaniladigan o‘z joylari bor”, — deydi “O‘zavtosanoat” rahbari.

    Umrzoqovning alohida ta’kidlashicha, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Damas mikrovenlari hozirda Qozog‘iston, Ozarbayjon, Tojikiston va Qirg‘izistonga eksport qilinmoqda va bu davlatlarning deyarli barchasi “O‘zavtosanoat”dan ushbu modelni o‘z hududida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni so‘ramoqda.

    “Xususan, Qozog‘istonda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Aynan Qozog‘istonda tez tibbiy yordam tizimida ham, obodonlashtirishda ham Damas’lardan foydalanilyapti. Sababi — mashinaning oddiyligi, arzonligi, tez buzilmasligi va belgilangan vazifani bajarib berayotgani”, — deya ta’kidladi Shavkat Umrzoqov.

    “O‘zavtosanoat” rahbari Damas’ni elektromobillar xizmatidan ommaviy foydalanishga o‘tish yo‘lidagi muhim bir ko‘prikka tenglashtirdi.

    “Elektromobillar kelajak avtomobili sifatida qaralmoqda. To‘g‘ri, lekin elektromobil ishlab chiqarish uchun ham Damas kerak — kichik biznesni rivojlantiradigan avtomobil bu. Elektromobil juda qimmat. Avval pul topadigan ish qilaylik. Pul topilgach, ishchilarimiz elektromobil olishni boshlagach, elektromobil ishlab chiqarishni boshlaymiz”, — dedi u.

    Mavzuga doir: “Muammo avtomobil qimmatligida emas, balki odamlar kam pul ishlab topishida” — Alisher Qodirov O‘zbekistondagi avtomobil sanoati haqida

    O‘zbekiston va elektromobillar

    “O‘zavtosanoat” elektromobillar ustida ish olib borayotgani ilk bor 2018-yil may oyida ma’lum bo‘lgan edi. Kompaniyaning o‘sha vaqtdagi rahbari Umidjon Salimov “yaqin ikki oy ichida elektromobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha respublika konsepsiyasi tayyorlanishi”ni bildirgan edi. 2020-yil noyabrida esa “O‘zavtosanoat”ning tadqiqot markazi muhandislari “yarim yil ichida” narxi 10 ming dollar atrofida bo‘ladigan, bir marta to‘liq quvvatlantirilgach 150 kilometr yo‘l bosa oladigan Labo elektromobillari ishlab chiqarilishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

    Shuningdek, O‘zbekiston hukumatining 2020-yil 29-dekabrdagi qarorida “O‘zavtosanoat”ni faqat elektrodvigatelda harakatlanuvchi yengil avtomobillar va mototransport vositalari ishlab chiqarishga o‘tkazish maqsadi oshkor etilgan edi. Qaror doirasida kompaniyaga 1-fevralga qadar loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish uchun xorijiy ekspert va konsalting kompaniyalarini jalb etish haqida topshiriq berilgan edi. Ayni vaqtda, rasmiylar 2021-yil oxirigacha Toshkentdagi barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarida elektromobillarni quvvatlantirish imkoniyati paydo bo‘lishi haqida bayonot bergan.

    Mavzuga doir: SamAuto zavodi 2022-yilgacha elektrobuslar ishlab chiqarishni o‘zlashtiradi

    2021-yil martida esa “O‘zavtosanoat” bo‘lim boshlig‘i Rustam Qodirov O‘zbekistonda hozirgi vaqtda elektromobillarni ishlab chiqarish uchun zarur infratuzilma yo‘qligi, kompaniya prognozlari bo‘yicha “bizning sharoitda elektromobillar ishlab chiqarishni 2025-yildan keyin o‘ylab ko‘rsa bo‘lishi”ni ma’lum qilgan edi.

    Shunga qaramay, o‘tgan bir necha yil davomida O‘zbekistonning turli hududlarida turli xorijiy kompaniyalar tomonidan elektromobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarni tashkil etish loyihalari taklif qilingan, ularning ayrimlari prezident Shavkat Mirziyoyevga ko‘rsatilgan ham. Xususan, “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida 2023-yildan Hyundai elektromobillarini ishlab chiqarish rejalashtirilayotgani ma’lum qilingan edi. Bundan tashqari, Qo‘qonda narxi 3 ming dollar bo‘lgan elektromobillar ishlab chiqarilishi ham e’lon qilingan edi (ammo bu loyihalarning hozirgi taqdiri noma’lum).

    Mavzuga doir: Farg‘onada elektromobillar yig‘ishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

    Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning dastlabki to‘rt oyida O‘zbekistonga umumiy qiymati 3,4 million dollar bo‘lgan jami 156 ta elektromobil import qilingan. Bu butun 2020 yil davomida import qilingan elektromobillar sonidan (131 dona) ko‘p, 2019 yilda import qilingan elektromobillar sonidan (39 dona) esa to‘rt barobar ko‘p.

    Hozirda O‘zbekistonda elektromobillar importi uchun aksiz va boj solinmaydi, faqat QQS, bojxona rasmiylashtiruvi va Respublika yo‘l jamg‘armasi uchun to‘lovlarni o‘tkazish kerak. Bundan tashqari, elektromobillar uchun maxsus davlat raqam belgilarini joriy etish rejalashtirilgan.

    13.06.2021, 08:08   Izoh (0)   46191
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Davlat xizmatlari agentligi xodimlari uchun qurilgan 147-markaz Dehqonobod tumanida ish boshladi

    13.06.2021, 07:37

    O‘zbekistonda amaldorlarga sovg‘a berishda cheklovlar o‘rnatilishi mumkin

    13.06.2021, 07:07

    Futbol maydonida yuz bergan dahshat, Avstraliyada yog‘gan qor, “uyi”dan qochgan fillar podasi. Hafta suratlari

    12.06.2021, 23:54

    Nukusdagi restoranlarning birida gaz portladi

    12.06.2021, 23:27

    Milliy sertifikat imtihonlari savollari sotuvga chiqib ketgani haqidagi xabarlarga DTM munosabat bildirdi

    12.06.2021, 22:30

    Surxondaryoda bir yil davomida 15 marotaba qoida buzgan haydovchi 17 yoshli o‘smirning hayotiga zomin bo‘ldi

    12.06.2021, 21:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.