So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12297.88
    • RUB 138.27
    • EUR 13496.92
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +11°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    SamAuto zavodi 2022-yilgacha elektrobuslar ishlab chiqarishni o‘zlashtiradi

    19.11.2020, 20:12 21860

    SamAuto kompaniyasi 19-noyabr kuni “Toshshahartransxizmat” AJga 51-yo‘nalish (Yunusobod 6-mavze—Beshyog‘och maydoni) bo‘yicha harakatlanadigan sinov elektrobusini taqdim etdi. Bu haqda avtozavod vakillariga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

    Foto: SamAuto

    Foto: SamAuto

    Ma’lum qilinishicha, ekspluatatsiya jarayonida SamAuto mutaxassislari o‘z elektrobusini ishlab chiqish uchun yo‘lovchilar va haydovchilarning fikrlarini hisobga oladi, shuningdek, mazkur modelning sifati va funksional vazifalari o‘rganiladi va ularning monitoringi olib boriladi.

    Foto: SamAuto

    Foto: SamAuto

    SamAuto bosh direktori o‘rinbosari, marketing va sotuvlar bo‘limi rahbari Ilhom Yarashevning bildirishicha, ushbu elektrobus elektrotransport ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri bo‘lgan Xitoyning BYD kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Bir martalik quvvatlantirish hisobiga 300 kilometr masofani bosib o‘tadi, bu shahar avtobusining o‘rtacha bir kunda bosib o‘tadigan masofasiga to‘g‘ri keladi. To‘liq quvvatlantirishni elektr tarmog‘iga yuklama kamroq bo‘lgan paytda 3-4 soat ichida bajarish mumkin. Elektrobuslar xizmat ko‘rsatish jihatidan sodda, shovqinsiz hamda gaz va dizel transportiga qaraganda kam xarajat talab qiladi.

    Elektrobusning uzunligi 12 metrni, yo‘lovchilarni tashish hajmi 76 kishini tashkil qiladi. “Uning pol qismi past bo‘ladi: zinapoyalar va podiumning yo‘qligi tufayli yo‘lovchilar, shu jumladan, pensionerlar, aravachalarda harakatlanuvchi yo‘lovchilar, alohida ehtiyojli kishilar salon bo‘ylab erkin harakatlana oladi. Shuningdek, elektrobus videokuzatuv kamerasi va avtomatik havo namligini saqlash va isitish tizimi bilan jihozlangan”, — deyiladi kompaniya xabarida.

    Foto: “Toshshahartransxizmat”

    Foto: “Toshshahartransxizmat”

    Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan konsepsiyasiga muvofiq, O‘zbekiston jamoat transportining kamida 50 foizi zararli moddalarni havoga chiqarishni kamaytirish uchun muqobil yoqilg‘i turlariga o‘tishi kerak.

    Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va “Belkommunmash” rahbari Vladimir Korol o‘rtasida 2018-yil sentabrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuniga ko‘ra, Belarus elektrobuslaridan birini Toshkentda sinab ko‘rish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. 450 ming dollarga xarid qilingan birinchi elektrobus Toshkentda 2019-yilning 13-sentabridan harakatlanishni boshlagandi. 2020-yilning mart oyidan boshlab esa Toshkentning 52-avtobus yo‘nalishi (Beshyog‘och—Yunusobod) bo‘ylab Xitoyning Yutong elektrobusi sinov tariqasida qatnay boshlagandi.

    Avvalroq Toshkentga uch yil ichida 300 ta yangi elektrobus olib kelinishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent metrosida kaftni skanerlash orqali to‘lov qilish tizimi ishga tushirildi

    Bugun, 15:37

    Huawei va “Yuksalish” Umummilliy harakati “Bir million daraxt” doirasida navbatdagi ekoaksiyani o‘tkazdi

    Bugun, 15:00
    Reklama

    O‘zbekistonda 5 yillik ish staji bilan pensiyaga chiqish mumkinmi?

    Bugun, 15:30

    2022-yilda Yevropa Ittifoqining harbiy xarajatlari rekord darajada — 240 milliard yevroni tashkil qildi

    Bugun, 15:25

    Yil boshidan beri Hindiston deyarli har kuni tabiiy ofatlarga duch kelmoqda

    Bugun, 15:08

    Estoniya Rossiya bilan chegarani yopishga tayyorligini ma’lum qildi

    Bugun, 15:00

    “Kapitalbank”ning omonatlar bo‘yicha o‘yinning yakuniy oyi

    Bugun, 13:30
    Reklama

    1-dekabrdan ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori ko‘tarilmoqda. Jarimalar qanchaga oshadi?

    Bugun, 14:50

    Ziroat Mirziyoyeva Qatarda “Sidra” tibbiyot majmuasida bo‘ldi (foto)

    Bugun, 14:43

    Qish mavsumida xonaki gullar parvarishi uchun lozim bo‘lgan 3 ta muhim qoida

    Bugun, 14:30

    Toshkent shahrida so‘nggi 2 yilda avtobuslar soni 2 barobarga, harakat tarkibining o‘rtacha sig‘imi esa 74 foizga oshdi

    Bugun, 14:29

    Sirdaryoda ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi

    Bugun, 14:22

    Tavsiya etamiz

    Ta’ziyaga kelgan sobiq birinchi xonimlar, ish tashlagan o‘qituvchilar, muhtojlarga tayyorlangan kimchi — 29-noyabr suratlari

    23:00 / 29.11.2023

    Marsda yashashga tayyorgarlik, chiqindi qutisini titayotgan yigit, go‘zallik ma’budasi tug‘ilgan joy — 28-noyabr suratlari

    23:00 / 28.11.2023

    Uylariga qaytayotgan falastinliklar, butun boshli shaharni vayron qilgan to‘fon, Yangi yilga bezatilgan Oq uy — 27-noyabr suratlari

    23:00 / 27.11.2023

    Falastinliklar uchun ommaviy qabr, mehmonxonaga joylashgan kurkalar, Shukronalik kuniga bag‘ishlangan parad — hafta suratlari

    22:00 / 26.11.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.