• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    O‘zbekistonda 2025-yilgacha elektromobillar ishlab chiqarilmaydi — “O‘zavtosanoat”

    O‘zbekistonda hozirgi vaqtda elektromobillarni ishlab chiqarish uchun zarur infratuzilma yo‘q. Bu haqda “O‘zavtosanoat” kompaniyasining Strategiya bo‘limi boshlig‘i Rustam Qodirov UzAuto Motors’ning Asaka shahrida tashkil etilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Qodirovning ta’kidlashicha, kompaniya prognozlari bo‘yicha “bizning sharoitda elektromoobillar ishlab chiqarishni 2025-yildan keyin o‘ylab ko‘rsa bo‘ladi”, shu bois hozirda elektromobillar borasida faqat konsepsiya yo‘nalishida ish olib borilmoqda. U bu fikrni “xalqaro tahlillardan kelib chiqib” aytdi.

    Rustam Qodirov.

    Rustam Qodirov.
    Foto: “Gazeta.uz”

    “Birinchidan, dunyo bo‘yicha bir yilda o‘rtacha 100 million dona mashina sotilsa, bunda elektromobillarning ulushi 2 foizni tashkil etadi. Ikkinchidan, O‘zbekistonda hammaga yoqadigan, hammaning tilida bo‘lgan elektromobil qaysi? Ha, Tesla. Uning narxi 35 ming dollardan boshlanadi, u ham subsidiya bilan. Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya, AQSHda ham, elektromobil sotib olayotganda davlat xaridorlarga subsidiyalar beradi. Shuning hisobiga mashina arzonroq tushadi. Agar o‘z narxiga olsangiz, 35 ming dollardan ancha qimmat bo‘ladi”, — dedi “O‘zavtosanoat” vakili.

    Rustam Qodirovning qayd etishicha, “elektromobil bo‘ladimi, boshqasi bo‘ladimi, bizda qimmat mashina ololadigan odamlar, harqalay, ancha kam”.

    “Bizning 80 foiz savdomiz narxi 11 ming dollardan past bo‘lgan mashinalarga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham hozir elektromobil ishlab chiqarishdan ko‘ra, birinchi navbatda, infratuzilmani yaratishimiz kerak. Ko‘pchilik: ‘Men elektromobil sotib olib, uyimda 15 minut quvvat oldirib, ketaveraman’, deb o‘ylaydi. Bu umuman noto‘g‘ri fikr. Chunki, elektromobilni o‘rtacha 10—14 soatgacha quvvat oldirish ham mumkin va buning uchun alohida tuzilma bo‘lishi lozim”, — dedi u.

    “O‘zavtosanoat” vakili O‘zbekistonning hozirgi holatida elektromobillar ekologiyaga kutilgan foydani bermasligini ham ta’kidlab o‘tdi.

    “Elektromobillarning haqiqatan ham ekologiyaga foydasi bor. Lekin bir narsani yoddan chiqarmasligimiz kerak — O‘zbekistonda elektr energiyasining 80 foizi, adashmasam, aynan gaz va ko‘mirni yoqishdan olinadi. Shaharni ichida ekologiyani yaxshilaymiz deymizu, ammo shahar tashqarisida elektr markazlarini ishlatib, u yerda gaz va ko‘mirni yoqamiz. Hammamizning ekologiyamiz, osmonimiz bitta-ku. Shu tomonini ham o‘ylaganmiz” , — deya qo‘shimcha qildi Rustam Qodirov.

    “O‘zavtosanoat” kompaniyasi elektromobillar ustida ish olib borayotgani ilk bor 2018-yil may oyida ma’lum bo‘lgan edi. Kompaniyaning o‘sha vaqtdagi rahbari Umidjon Salimov “yaqin ikki oy ichida elektromobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha respublika konsepsiyasi ishlab chiqilishi”ni bildirgan edi. 2020-yil noyabrida esa “O‘zavtosanoat”ning R&D markazi muhandislari “yarim yil ichida” narxi 10 ming dollar atrofida bo‘ladigan, bir marta to‘liq quvvatlantirilgach 150 kilometr yo‘l bosa oladigan Labo elektromobillari ishlab chiqarilishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

    O‘zbekiston hukumatining 2020-yil 29-dekabrdagi qarorida “O‘zavtosanoat”ni faqat elektrodvigatelda harakatlanuvchi yengil avtomobillar va mototransport vositalari ishlab chiqarishga o‘tkazish maqsadi oshkor etilgan edi. Qaror doirasida kompaniyaga 1-fevralga qadar loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish uchun xorijiy ekspert va konsalting kompaniyalarini jalb etish haqida topshiriq berilgan edi. Ayni vaqtda, rasmiylar 2021-yil oxirigacha Toshkentdagi barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarida elektromobillarni quvvatlantirish imkoniyati paydo bo‘lishi haqida bayonot bergan.

    2019-yilning may oyida “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida 2023-yildan Hyundai elektromobillarini ishlab chiqarish rejalashtirilayotgani ma’lum qilingan edi — loyihaning hozirgi taqdiri noma’lum. O‘sha yilning sentabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyevning Qo‘qonga tashrifi vaqtida unga shu yerda ishlab chiqariladigan va 3 ming dollardan sotiladigan elektromobillar namoyish etilgan edi. Bu loyiha ham hozirda qaysi bosqichda ekani ma’lum emas. Bundan tashqari, bir qator xorijiy kompaniyalar ham O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarish taklifi bilan chiqqan.

    Mavzuga doir: Video: Ko‘rinishi Mercedes AMG’ga o‘xshaydigan Qo‘qon elektromobillari

    Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda O‘zbekistonga umumiy qiymati 2,9 million dollar bo‘lgan jami 131 ta elektromobil import qilingan — bu 2018-yilgi ko‘rsatkich (13 ta)dan 10 marta, 2019 yilgi ko‘rsatkich (39 ta)dan kamida uch barobar ko‘p. O‘tgan yili import qilingan elektromobillarning 92 tasi Xitoydan, 13 tasi Janubiy Koreyadan, 7 tasi AQSHdan, 7 tasi Gruziyadan, 5 tasi Gruziyadan, qolgan 7 tasi esa boshqa davlatlardan olib kirilgan. Qayd etish joiz, O‘zbekistonda elektromobillar importi aksiz va boj solinmaydi. Faqat QQS, bojxona rasmiylashtiruvi va Respublika yo‘l jamg‘armasi uchun to‘lovlarni o‘tkazish kerak.

    Mavzuga doir: Toshkentlik tadbirkor poytaxt taksi xizmati uchun Xitoydan 500 ta elektromobil sotib oldi (video)

    09.03.2021, 10:13   Izoh (0)   23613
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Video: Yagona nusxada yaratilgan to‘rt eshikli uzaytirilgan Gelandewagen kabrioleti

    08.03.2021, 18:53

    Toshkentda yuz bergan YTHda Cobalt “uchib”, boshqa Cobalt’ning ustiga tushdi. Hodisadan so‘ng to‘rt kishiga tibbiy yordam ko‘rsatildi

    08.03.2021, 14:12

    Toshkentda Nexia avtobusga urilib, uni ag‘darib yubordi. Ikki kishi jabrlangan

    08.03.2021, 13:49

    Surxondaryodan Toshkentga yo‘lga chiqqan Nexia’ning yonib ketishi oqibatida 3 kishi vafot etdi

    07.03.2021, 20:36

    Yirik shaharlardagi tirbandliklarni haydovchisiz kapsula yordamida bartaraf etish taklif qilindi (video)

    07.03.2021, 17:57

    Yaponiyada 37 yillik Toyota Corolla “xachiroku” 55 ming dollar narxida sotuvga qo‘yildi (foto)

    06.03.2021, 21:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentdagi bankdan 90 ming dollar o‘g‘irlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 14:10

    Marsning Yerdagi eng katta “bo‘lagi” auksionda 4 million dollarga sotiladi

    Dunyo | 3 iyul, 14:01

    Marko Asensio faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin

    Sport | 3 iyul, 13:55

    Tramp Vyetnam bilan savdo bitimi tuzilganini eʼlon qildi

    Dunyo | 3 iyul, 13:45

    Armaniston sobiq prezidenti korrupsiyada ayblandi

    Dunyo | 3 iyul, 13:35

    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

    Reklama | 3 iyul, 12:00

    Iskandar Hamroqulov 1,5 yosh farzandi OITSdan vafot etgani haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 3 iyul, 13:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.