• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Hirotdagi Alisher Navoiy maqbarasini ta’mirlash va tiklash borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-may kuni turizm, shahar infratuzilmasi, sanoat sohalaridagi loyihalar hamda Alisher Navoiy maqbarasini ta’mirlash va tiklash borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Loyihalardan biri Chirchiq daryosi bo‘yida turli infratuzilma obyektlari barpo etishga oid. Mazkur daryoning Toshkent shahridan o‘tgan qismi 16 kilometrni tashkil etadi. Loyihaga ko‘ra, daryo o‘zani qisqartirilib, qirg‘oqlari obodonlashtiriladi. Buning evaziga ochiladigan maydonlarda zamonaviy uy-joylar, dam olish maskanlari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish inshootlari qurilishi rejalashtirilgan.

    Yana bir loyiha Toshkent xalqaro aeroportidan shahar markaziga o‘tishdagi ko‘prikni kengaytirishga qaratilgan. Hozirgi yo‘l o‘tkazgich 1967-yilda qurilgan. Poytaxt rivojlanishi va transportlar soni oshishi bilan uni rekonstruksiya qilish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Shu bois ushbu ko‘prikning kichik halqa yo‘li bilan kesishgan joyida aylanma shakldagi yo‘l o‘tkazgich qurish rejalashtirilgan. Uning uzunligi 650, eni 30 metr bo‘lishi mo‘ljallangan.

    Bu muhandislik yechimi avtotransportlarning ko‘prikka chiqishi va tushishini osonlashtiradi. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlaydi. Bu yerdagi qulaylik yaqin atrofdagi ko‘chalarga ham ta’sir qilib, tirbandlik kamayishida muhim omil bo‘ladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shuningdek, davlat rahbariga poytaxtdagi Texnoparkda amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari taqdim qilindi.

    Xususan, ushbu hududda yiliga 1 million dona kir yuvish mashinasi, 15 ming tonna mis quvur, 3000 dona sanoat suv isitish uskunasi, 75 ming dona savdo sovutgichi va muzlatgichi, 1 million kvadrat metr HPL-panellar va poliizotsianurat qatlamli sendvich-panellar, 30 ming tonna bazalt toshdan izolyatsiya mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlar tashkil etish rejalashtirilgan.

    2021-yil oxirigacha ishga tushiriladigan loyihalar natijasida 2 mingdan ziyod ish o‘rni yaratiladi.

    Milliy bog‘ hududida barpo etilayotgan Magic City madaniyat va istirohat bog‘ining ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida ham ma’lumot berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Loyiha konsepsiyasiga muvofiq bog‘ hududida sun’iy ko‘l tashkil etiladi va uning atrofida mamlakatning tarixiy va diqqatga sazovor maskanlariga bag‘ishlangan tematik shaharcha quriladi.

    Prezident buyuk shoir Alisher Navoiy maqbarasini ta’mirlash va tiklash, uning atrofini obodonlashtirish loyihasiga alohida e’tibor qaratdi.

    Afg‘onistonning Hirot shahridagi Alisher Navoiy maqbarasi majmuasida qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish vazifasi Prezidentning 2020-yil 19-oktabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan edi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash doirasida O‘zbekiston mutaxassislari afg‘onistonlik hamkasblari bilan birgalikda maqbarani joyida o‘rgandi. O‘rganishlar natijasida an’anaviy me’morchilik, san’at va bezak elementlaridan foydalangan holda maqbarani ta’mirlash va tiklash loyihasi ishlab chiqildi.

    Taqdim etilgan loyihaga ko‘ra, maqbaraning kirish va qolgan yo‘laklariga hazrat Navoiyning hikmatli so‘zlari bitilgan kitob ko‘rinishidagi belgilar qo‘yiladi hamda dekorativ o‘tirgichlar o‘rnatiladi.

    Mavzuga doir: AQShda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid quriladi

    Kirish qismida sakkiz burchakli masjid bunyod etiladi. Kirish peshtoqidan hovli qismining chap va o‘ng tomonida yopiq uslubda ayvonlar barpo etiladi. Maqbaraning tashqi ko‘rinishiga bezak beriladi. Gumbaz, maqbara oldi va yon qismlari mayolika elementlari bilan ishlanadi. Majmua hududi ko‘kalamzorlashtiriladi.

    Davlat rahbari loyihalar bilan tanishib, mutasaddilarga ularni sifatli amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Bundan avval Shavkat Mirziyoyev standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya milliy tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishgani, Shavkat Mirziyoyev “Yashil o‘sish va global maqsadlar uchun hamkorlik—2030” xalqaro sammitida ishtirok etgani hamda Shavkat Mirziyoyev Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoni qabul qilgani haqida xabar berilgandi.

    31.05.2021, 23:21   Izoh (0)   30085
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda so‘nggi 14 yilda nomusga tegish jinoyatlari qaysi yilda eng ko‘p qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

    31.05.2021, 23:09

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-iyundan nimalar o‘zgaradi?

    31.05.2021, 22:40

    “Chavandoz mast bo‘lgan degan gaplar ranjitdi” — Buxorodagi festivalda otdan yiqilsa-da, O‘zbekiston bayrog‘ini qo‘ldan tashlamagan chavandoz

    31.05.2021, 22:25

    Toshkent—Xojikent poyezdlarining 1-iyungi 4 ta reysi bekor qilinadi

    31.05.2021, 22:22

    1 milliondan ortiq mehmon, o‘zbek estradasi yulduzlari va bayramona mushakbozlik: Namanganda Xalqaro gullar festivali yakuniga yetdi (foto va video)

    31.05.2021, 22:10

    Farg‘onada Koreyadagi universitetga imtihonsiz kiritib qo‘yishni va’da qilib, maktab o‘quvchilaridan jami 20 mln so‘m olgan shaxslar aniqlandi

    31.05.2021, 21:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.