• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Chavandoz mast bo‘lgan degan gaplar ranjitdi” — Buxorodagi festivalda otdan yiqilsa-da, O‘zbekiston bayrog‘ini qo‘ldan tashlamagan chavandoz

    Buxoroda 2021-yilning 28—30-may kunlari XIX “Ipak va ziravorlar” Xalqaro an’anaviy festivali bo‘lib o‘tgani xabar berilgan edi. Uch kun davom etgan festivalning ikkinchi kunidagi tantanali yurishda chavandoz va otning yerga yiqilish holati “Haqiqiy vatanparvar yerga qulasa ham, bayroqni qo‘ldan tashlamadi”, deya talqin qilindi. “Daryo” muxbiri ushbu holatning qanday sodir bo‘lgani bilan qiziqdi.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    Ma’lum bo‘lishicha, festival jarayonlari 30 dan ortiq loyihalardan iborat bo‘lib, ularga 15 mingga yaqin xorijlik va mahalliy sayyohlar jalb qilingan. Birgina tantanali karvon yurishida (marsh) sportchiyu, folklor dastalar, san’atkor va hunarmandlar, korxona-tashkilot, o‘quv muassasalari xodimlari, aholi va talaba yoshlardan iborat 5 mingga yaqin fuqarolar qamrab olingan.

    “‘Ark’ qo‘rg‘onidan ‘Labi hovuz’ majmuasigacha bo‘lgan manzildagi karvon yurishida Buxoro yakka kurash sport maktabiga qarashli ot sporti maktabining yettita otidan foydalanilgan. Otlarni boshqarish uchun tajribali yetti nafar chavandoz biriktirilgan. Karvon yurishida otlarning biri qo‘qqisdan qattiq hurkkan va kutilmaganda sirpanib, chavandoz bilan birga yerga yiqilgan. Chavandoz otdan yiqilayotgan kezda ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan va O‘zbekiston bayrog‘ini yerga tushirib yubormaslik uchun uni qo‘lida dast tutgan.

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu surat izohiga qiziqqan “Daryo” muxbiri Buxoro yakka kurash sport maktabi direktori Sarvi Umarov bilan telefon orqali bog‘langan. Sarvi Umarov “Savolingizga javob berishim uchun sizda nima asos bor?” — deya holatdan xabarsizligini, hatto bu haqda eshitmaganini aytib, qo‘pollik qilgan.

    Shundan so‘ng “Daryo” muxbiri Buxoro yakka kurash sport maktabiga qarashli ot sporti maktabi chavandozi Sanjar Rahimov (suratdagi chavandoz) bilan suhbatda bo‘lgan.

    “Bilasiz, tantanali yurish juda ko‘tarinki kayfiyatda, karnay-surnay, doirayu nog‘oralar sadosi ostida boshlanadi. Ming-minglab odamlar jalb etiladi. Eng old qatorda esa biz, chavandozlar yuramiz. Bizni esa oldinda juda ko‘plab televideniye operatorlari hamda suratkashlar qarshilab boradi. Ikki yon tomon esa aholi bilan gavjum, ‘qiy-chuv’, shodon qiyqiriqlar. Shunday kezda menga biriktirilgan ot kutilmaganda hurkib, kishnab, taqali tuyog‘i sirpanib ketdi va ag‘darildi. O‘ng qo‘limda esa O‘zbekiston bayrog‘i. Bu holat shu qadar qisqa fursatda tez sodir bo‘ldiki, otga qo‘shilib yiqilayotganimni bilib, shunda ham o‘ng qo‘limdagi bayroqni yerga tushirib yubormaslik uchun chaqqonlik bilan chap qo‘l tirsagimni yerga tirab oldim”, — deydi chavandoz Sanjar Rahimov.

    Chavandozning aytishicha, ayni shu holatda odamlar tezkorlik bilan ko‘makka emas, suratga olish uchun shaylangan. Bir necha daqiqa ichida o‘zi va boshqaruvidagi ot ahvolini o‘nglagan chavandoz karvonga qo‘shilib, yurishda davom etgan.

    “Ot sporti maktabi tantanali karvon yurishi mo‘ljallangan ‘Ark’ qo‘rg‘onidan yetti kilometr olisda. Otlarning tuyoqlariga himoya vositasi bo‘lgan taqalar urilgani uchun ularni baholiqudrat asfalt yo‘llarning cheti, ya’ni qum-tuproqli joydan yurgizdik. Asfaltli yo‘lda otlarning taqali tuyoqlarda yurishi ham ancha-muncha mushkul. Biroq shunday yo‘llarda ham otlar qo‘qqisdan hurkmasa yoki cho‘chimasa, bunday holatlar yuzaga kelmaydi”, — deydi chavandoz.

    Chavandoz mazkur voqeaga nisbatan ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirilgan masxaromuz va kinoyali munosabatlardan ranjiganini ham qo‘shimcha qildi.

    “Hatto, ‘chavandoz spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda bo‘lgan’, degan haqoratomuz gaplar ham bo‘ldi. Bu hammasidan o‘tib tushdi. Allohga shukur, besh vaqt namozdaman. 1985-yildan buyon ot sporti bilan shug‘ullanaman, sport ustasiman, tajribam yetarli. Biroq ayni o‘sha damda yerga ag‘darilib tushayotganimni ongli ravishda his qila turib, qo‘limdagi bayroqning oyoqosti bo‘lishi va yerga tushib ketishini istamadim, xolos. Shukurki, otga ham, o‘zimga ham hech qanday ziyon yetgan emas”, — deydi chavandoz.

    Mavzuga doir: Foto: Yoshlar festivalida osh damlagan To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi

    31.05.2021, 22:25   Izoh (0)   44402
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent—Xojikent poyezdlarining 1-iyungi 4 ta reysi bekor qilinadi

    31.05.2021, 22:22

    1 milliondan ortiq mehmon, o‘zbek estradasi yulduzlari va bayramona mushakbozlik: Namanganda Xalqaro gullar festivali yakuniga yetdi (foto va video)

    31.05.2021, 22:10

    Farg‘onada Koreyadagi universitetga imtihonsiz kiritib qo‘yishni va’da qilib, maktab o‘quvchilaridan jami 20 mln so‘m olgan shaxslar aniqlandi

    31.05.2021, 21:57

    “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi buxorolik yoshlar bilan uchrashdi

    31.05.2021, 21:00

    Zoir Mirzayevning ijtimoiy sohaga mas’ul o‘rinbosari 3 oylik ish haqini davlatga qaytarishi mumkin

    31.05.2021, 20:39

    Senat O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilashni ma’qulladi

    31.05.2021, 19:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.