• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-iyundan nimalar o‘zgaradi?

    O‘zbekiston qonunchiligida 2021-yil 1-iyundan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi. Norma kuchga kiradigan asosiy o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    1. Qurilish ustidan nazorat joriy qilinadi

    • Obyektlardagi qurilish-montaj ishlari bo‘yicha shartnoma majburiyatlarining buzilganligi uchun buyurtmachi foydasiga sud va sudgacha hal qilish tartibida undirilgan jarima (sanksiya) va penyalar, shuningdek, xaridlar jarayoni talablari buzilganda, garov, kafolat, zakalat tarzida ta’minlash uchun kiritilgan davlat xaridlari ishtirokchilari mablag‘larining 50 foizi davlat budjetiga hamda qolgan 50 foizi buyurtmachi xizmati hisobraqamiga yo‘naltiriladi;
    • buyurtmachi xizmatining shtatlar jadvali va ta’minot xarajatlari smetasini ro‘yxatdan o‘tkazishda texnik nazorat mutaxassislari uchun xizmat safari xarajatlari obyektlar joylashgan masofadan kelib chiqib, joriy narxlarda belgilanadi.
    2. Pensiya — soddalashtirilgan tartibda
    • 2005-yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblanadi;
    • uch yil va undan avval tayinlangan, qayta hisoblangan pensiya va nafaqalarni tekshirish hamda ular bo‘yicha aniqlangan ortiqcha to‘lovni undirish bekor qilinadi;
    • ishlovchi fuqarolar tomonidan ishlamaydigan turmush o‘rtoqlari kelgusida pensiya ta’minotiga ega bo‘lishlari uchun o‘z daromadlaridan ixtiyoriy ravishda har oyda ijtimoiy soliq to‘lash huquqi beriladi;
    • pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga ko‘ra ro‘yxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi;
    • pensiya va nafaqalarni naqd pulsiz shaklda olish uchun arizalar fuqarolar tomonidan Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘limiga murojaat qilmagan holda, tijorat banklari filiallarida bank plastik kartalarini ochish jarayonida yoki bank mobil ilovalari orqali elektron shaklda rasmiylashtiriladi;
    • pensiyalarni naqd pulsiz shaklda oluvchi shaxslar tomonidan har 6 oyda Pensiya jamg‘armasining bo‘limiga kelish hamda mas’ul xodimlar tomonidan joylarga chiqqan holda monitoring o‘tkazish majburiyati bekor qilinadi.
    3. Byurokratiya kamayadi

    Quyidagi tartib o‘rnatiladi:

    • fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi;
    • notarial harakatlarni amalga oshirishda FHDYo bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravishda, fuqarolardan ortiqcha ma’lumot talab qilmasdan, “FHDYoning yagona elektron arxivi” AT orqali olinadi;
    • tadbirkorlik subyekti bo‘lgan yuridik shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanish uchun belgilangan yig‘im va davlat boji to‘lovlarini to‘lashda ularning vakili tomonidan naqd pul shaklida to‘lovni amalga oshirishga ruxsat beriladi;
    • davlat xizmatlari markazlari orqali xizmatlardan foydalanishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ortiqcha to‘langan to‘lovlar va davlat xizmatini tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatish uchun qo‘shimcha to‘langan yig‘imlar summasi (tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatilmagan taqdirda) soddalashtirilgan tartibda Davlat xizmatlari agentligining (keyingi o‘rinlarda — agentlik) budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir ish kuni ichida qaytariladi.
    Quyidagilar bekor qilinadi:
    • xorijiy tijorat tashkilotlarining O‘zbekiston hududidagi vakolatxona xodimini akkreditatsiya qilishda unda OIV kasalligi yo‘qligi to‘g‘risidagi sertifikatni talab qilish amaliyoti;
    • davlat xizmatini ko‘rsatish natijasida beriladigan hujjatlar QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yish orqali berilganda ularning dublikatlarini berish tartibi bekor qilinadi. Ushbu hujjatlar elektron shaklda YaIDXP orqali cheklanmagan miqdorda bepul olinadi;
    • FHDYo organlari tomonidan davlat statistika organlariga dalolatnoma yozuvlarining nusxalarini yuborish va hisobotlarni topshirish amaliyoti;
    • huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni agentlik va davlat xizmatlari markazlaridan so‘rash amaliyoti;
    • 16 yoshga to‘lgan shaxslarga identifikatsiya ID-kartalari berish ularni soliq organlarida soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yish hamda fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bilan bir vaqtning o‘zida amalga oshirish tizimi;
    • davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan hamda tadbirkorlik subyektlaridan quyidagi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish:
      • ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser va narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
      • sudlanganlik, fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy, soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi;
      • manzil-ma’lumot axboroti va boshqalar.
    4. Uy-joy masalasi

    Quyidagilar joriy etiladi:

    • ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar to‘lashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi, unga muvofiq:
    a) fuqarolar tomonidan subsidiya olish uchun arizalar yil davomida topshirilishi mumkin;

    b) subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga u bilan birga yashamayotgan yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin;

    v) subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT (keyingi o‘rinlarda — tizim) orqali olish mumkin bo‘lgan hujjatlarni (ma’lumotlarni) talab qilish man etiladi;

    g) uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnoma ular berilgan vaqtdan boshlab 12 oy davomida amal qiladi;

    • Toshkent shahrida tajriba tariqasida boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarga oylik pul kompensatsiyani to‘lash tartibi joriy qilinadi. U tizimda ro‘yxatga olingan fuqarolarga ijara xarajatlarining bir qismini qoplash uchun mahalliy budjet mablag‘laridan 6 oy davomida oylik ijara to‘lovining 50 foizi miqdorida, biroq 2,5 BHMdan (612 500 so‘m) oshmagan holda to‘lanadi.
    5. Bolalarga vitaminlar – bepul

    Aholining quyidagi toifalari quyidagilar bilan bepul ta’minlanadi:

    • 6—23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;
    • 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar A vitamini bilan;
    • 2—10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan.
    6. Davlat organlarining funksiyalarini bajarish xususiy sektorga o‘tkaziladi
    • Davlat organlari va tashkilotlarining ichki ma’muriy-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash va saqlash bo‘yicha funksiyalarini bajarish xususiy sektorga o‘tkaziladi.
    Bunda:
    • Moliya vazirligi olib borilgan tahlillar, samaradorlikni o‘rganish natijalari va aniq hisob-kitoblari asosida salbiy xulosa berishi mumkin – bunda ularni o‘tkazish amalga oshirilmaydi;
    • davlat organlari va tashkilotlari ko‘rsatilgan funksiyalarni o‘zi muassis bo‘lgan davlat korxonalariga yuklay olmaydi;
    • Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining (DYHXX) nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha faoliyatini to‘xtatiladi. Bunda IIVga quyidagilar topshirildi:
    — haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari hamda davlat xizmatlari markazlari bilan o‘zaro axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilishini tashkil etish choralarini ko‘rish;

    — tadbirkorlik subyektlarida haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘tkaziladigan nazariy va amaliy imtihonlar jarayoni ustidan DYHXX vakilining bevosita yoki onlayn nazoratini ta’minlash.

    7. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar qo‘llab-quvvatlanadi

    • “Yoshlar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan yosh tadbirkorlarga bir yillik ijara xarajatlarining 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha bo‘lgan (6 125 000 so‘m) miqdori “yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan kompensatsiya qilinadi;
    • professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan “yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab-chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliyot o‘tagan vaqtida, biroq 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda professional ta’lim tashkilotlari tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan BHMning ikki baravari miqdorida (490 000 so‘m) har oylik subsidiya ajratiladi;
    • “yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining 50 foizi, biroq umumiy hisobda BHMning 5 baravarigacha bo‘lgan miqdori (1 225 000 so‘m) hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlari Yoshlar ishlari agentligiga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan kompensatsiya qilinadi;
    • “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari hamda “yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlari BHMning 4 baravari miqdorigacha (980 000 so‘m) va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi;
    • XK va tashkilotlarga ishga qabul qilingan hamda faoliyat boshlaganiga 6 oydan oshmagan “yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning BHMning 4 baravarigacha bo‘lgan qismi ko‘rsatilgan yuridik shaxslarga davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan kompensatsiya qilinadi;
    • yoshlarga xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.
    8. Tadbirkorlarga – yer, soliqlarni va bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash
    • Infratuzilmaga yaqin joylarda, shu jumladan respublika ahamiyatidagi yo‘llarga tutash bo‘lgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha unumdorligi past, foydalanishda bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi yerlarini sanoat va xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo etish uchun loyiha asosida investorlarga “E-ijro auksion” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali ajratishga ruxsat beriladi;
    • 3 yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan hamda hisoblangan soliqlarni muddatida to‘lab kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan tadbirkorlik subyektlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi;
    • 3 yildan ortiq vaqtdan buyon tovarlarni import qilish bilan shug‘ullanayotgan, bojxona to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarini bajarib kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko‘ra to‘lovlarni belgilangan muddatda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan TIFlariga bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi.

    Mavzuga doir: Ruslanbek Davletov: “18 turdagi ma’lumotnomalardan voz kechish har yili qariyb 15 mln dollar tejash imkonini beradi”

    31.05.2021, 22:40   Izoh (0)   92194
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Chavandoz mast bo‘lgan degan gaplar ranjitdi” — Buxorodagi festivalda otdan yiqilsa-da, O‘zbekiston bayrog‘ini qo‘ldan tashlamagan chavandoz

    31.05.2021, 22:25

    Toshkent—Xojikent poyezdlarining 1-iyungi 4 ta reysi bekor qilinadi

    31.05.2021, 22:22

    1 milliondan ortiq mehmon, o‘zbek estradasi yulduzlari va bayramona mushakbozlik: Namanganda Xalqaro gullar festivali yakuniga yetdi (foto va video)

    31.05.2021, 22:10

    Farg‘onada Koreyadagi universitetga imtihonsiz kiritib qo‘yishni va’da qilib, maktab o‘quvchilaridan jami 20 mln so‘m olgan shaxslar aniqlandi

    31.05.2021, 21:57

    “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi buxorolik yoshlar bilan uchrashdi

    31.05.2021, 21:00

    Zoir Mirzayevning ijtimoiy sohaga mas’ul o‘rinbosari 3 oylik ish haqini davlatga qaytarishi mumkin

    31.05.2021, 20:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.