O‘zbekistonga xorijdan 2021-yilning yanvar–mart oylarida 91 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich 2020-yilning mos davriga nisbatan 78 taga ko‘p. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning mart oyida 6 ta elektromobil import qilingan.
Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillar import qilgan.
- Xitoy – 56 ta;
- Turkiya – 24 ta;
- Germaniya – 3 ta;
- Koreya – 3 ta;
- AQSh – 3 ta;
- Litva – 1 ta;
- Ispaniya – 1 ta.
- 2018 yilda – 13 ta;
- 2019 yilda – 39 ta;
- 2020 yilda – 131 ta.
Avvalroq O‘zbekistonda mart oyida avtomobillar savdosi 7,7 foizga o‘sgani haqida ma’lumot berilgandi.
Izoh (0)