• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Yog‘ – arzonga yo‘q, qo‘ylar haqida o‘ylar, metrodagi triller

    Bizda nuqul hayvonlar bir g‘alvani boshlab yuradi: ko‘rsichqonlar ombor o‘maradi, laqqabaliqlar suvomborini qulatadi, mana endi qo‘ylar namoyish tashkil qilib yuboribdi. Baayni Gulxaniy boboning “Zarbulmasal”i deysiz.

    6-aprel kuni Samarqand viloyatining Nurobod tumanida ajoyib tomosha bo‘ldi. Odamlar minglab qo‘yni hokimlik binosi oldiga haydab keldi. Bu voqeaning tarixi quyidagichadir. Respublika Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan «Samarqand qorako‘l klaster» MCHJ korxonasiga 151 ming gektar hamda Sp Luxe MChJ qo‘shma korxonasiga 197 243,4 gektar yaylov yer maydonlari ajratilgan. Klaster Sp Luxe MChJ va Qorako‘lcha mavzesida faoliyat ko‘rsatayotgan “Sohibkor Hojiakbar” fermer xo‘jaligi o‘rtasida 49 yilga 834 gektar yaylov yer maydonini ijaraga olish bo‘yicha shartnoma tuzilgan bo‘lib, unda 1 450 bosh mayda shoxli molni boqish ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, ushbu yer maydonida fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan 4 mingdan ziyod chorva moli boqilgani “Qilichli” mahallasi fuqarolarining noroziligiga sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng klasterning 1 450 bosh qo‘yini mahalliy aholi o‘sha kuni soat 16:00 larda tuman markaziga haydab keldi. Qo‘ylar ma’rab hammayoqni boshiga ko‘tardi.

    Shundan keyin Nurobod tumani hokimi Faxriddin Zoyirovning xabar qilishicha, “...shu kunning o‘zida klaster korxonasi ta’sischisi, fermer xo‘jaligi va aholi bilan ushbu masala yuzasidan gaplashib, fermerning belgilanganidan ortiqcha chorvasi bu yerdan chiqarib yuborildi. Shuningdek, mahalla hududida yana 2-3 ta fermer mas’uliyati cheklangan jamiyat tarzida korxona tashkil etib, ularga aholi a’zo bo‘lishi va klaster bilan shartnoma asosida ish olib borishga kelishib olindi”. Hokimlik oldiga qo‘y haydab kelganlarga esa hech qanday chora ko‘rilmaydigan bo‘ldi.

    Foto: Telegram / “Fayzbog.uz”

    Foto: Telegram / “Fayzbog.uz”

    Qo‘ylar mitingi ijtimoiy tarmoqlarda katta aks sado berdi. Quyida har qanday muammoni yechib beruvchi reshala-qo‘yga atalgan karikatura.

    * * *

    O‘tayotgan hafta o‘simlik yog‘i narxi keskin oshgani bilan hammaning esida qoldi. Oddiy xalq iste’mol qiladigan paxta yog‘i 50 mingdan 70 minglik cho‘qqiga sakradi, kungaboqar yog‘ining narxi esa 95-100 ming so‘mni qoralab qo‘ydi. Xo‘sh, bunga qadrdon monopolistlarimiz sababchimi yoki dunyo bozoridayam holat shunaqami? Ma’lum bo‘lishicha, narxlarimizni dunyo bozoridagi tendensiyalar tebratmoqda. Qo‘shni davlatlarda ham o‘simlik yog‘i oshgan.

    O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bildirishicha, 2020-yilda aholi iste’moli uchun 450 ming tonnadan ortiq o‘simlik yog‘i muomalaga chiqarilgan bo‘lib, shundan yarmidan ortig‘i import qilingan. Bunda, Sanitariya qoida va me’yorlariga muvofiq, respublika bo‘yicha o‘simlik yog‘i talab yiliga 300 ming tonnadan ortiq deb baholanmoqda. Ichki bozorlarda narxlar keskin o‘sishiga tashqi jahon bozorlarida narxlar oshishi va o‘tgan hosil yilida yetishtirish hajmlari nisbatan kamroq bo‘lishi munosabati bilan asosiy yetkazib beruvchilardan bo‘lgan qo‘shni davlatlarda kungaboqar yog‘i va urug‘i eksportiga yuqori bojxona bojlari belgilanishi tartibi muddati uzaytirilishi ham ta’sir etgan. Import qilinadigan kungaboqar yog‘i va urug‘i narxlarining oshishi mahalliy paxta yog‘i narxlariga ham bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.

    Foto: Telegram / “Davletov.uz”

    Foto: Telegram / “Davletov.uz”

    ​​Bozorlarda esa yog‘ uchun turnaqator navbatlar paydo bo‘lmoqda. “Davletov.uz” poytaxt bozorlaridan birida arzonlashtirilgan yog‘ uchun navbat fotosuratini joyladi.

    * * *

    8-aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan videoselektor tanqidiy ruhda bo‘ldi. Selektorda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev, viloyat prokurori Tojiyev, ichki ishlar boshlig‘i Sotvoldiyevga hamda Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov va viloyat prokurori Ahmedovga hayfsan berildi.

    “Qat’iy ogohlantirish: chorak yakunigacha o‘zgarish bo‘lmasa, barchasi ishdan ketadi. Navoiy viloyati ichki ishlar boshlig‘i Tasbayev va soliq rahbari Botiraliyevlar lavozimiga 2021-yil mart oyida tayinlanganini inobatga olib, ularga 3 oy sinov muddati. Ushbu yangi rahbarlar ham natija ko‘rsatmasa, lavozimidan olinadi”, – dedi Prezident. Ulug‘nor, Uzun, Yozyovon, Dehqonobod tumanlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, Andijon, Oltinko‘l, Olot, Qorako‘l, Oqoltin, Chilonzor, Mo‘ynoq tumanlari, Xiva va Chirchiq shaharlari soliq idoralari boshliqlari ham lavozimidan ozod etildi. Prezident bank faoliyatini ham tergadi.

    “Tuman, shahar hokimlari esa, sektor rahbarlari bilan birga, kichik tadbirkorlar bilan kuniga 3 marta (kerak bo‘lsa, kechasi ham) o‘zining sektorida uchrashadi, muammolarini hal qiladi... Viloyat, tuman va shahar hokimlari bir hafta muddatda har bir tuman va shahar kesimida tadbirkorlar bilan ishlash tizimini aniq hisob-kitoblar asosida qanday tashkil etishi va kutilayotgan natijalar bo‘yicha kafolat xati yozib beradi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    “Ishdan olinganlar ishlagan davri uchun hamma oyligini davlatga topshirsin. Televizorda rasmini chiqarib, ‘xiyonatchi’ deb berish kerak. Xalq bularning kimligini, siyosatga qarshi ekanini bilishi kerak”, – deb qo‘shimcha qildi prezident.

    * * *

    Eng ishonchli va tezkor transportlardan bo‘lgan metro ham muammo chiqarmoqda. Toshkent ko‘rki hisoblangan yerosti transporti bu hafta 2-3 marta noqulay vaziyatga sabab bo‘ldi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    1. 8-aprel soat 10:45 da Sergelidan keluvchi poyezd yerusti yo‘lida to‘xtab qoldi. Yo‘lovchilar 15 daqiqa kutib so‘ng piyoda yo‘lga tushdi. Yo‘lda ular sostavni energiya bilan ta’minlovchi qurilmalar parchalanib ketganini ko‘rgan. Keyinroq bu yo‘nalish bo‘yicha vaqtincha bepul avtobus qo‘yildi. Shu kuni kechga yaqin “Toshkent metropoliteni” rahbariyati muammoni aniqlab, bartaraf etdi. Sergeli yo‘nalishidagi poyezd to‘xtashiga sabab kontakt relsining kronshteyni ushlab turish qurilmalaridan chiqib ketganligi ekan. Voqea yuzasidan rasmiy tergov bo‘layotgani aytildi. Metro harakati esa tiklandi.

    2. Ijtimoiy tarmoqlarda “Beruniy” metro bekatida ikki poyezd to‘qnashgani aytilgan video tarqaldi. Videoda ikki poyezd go‘yoki bir-biriga urilib ketgandek ko‘rinadi. Yaxshiki, bu xabar noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Toshkent metropoliteni izoh berishicha, shu kuni soat 8:40 da, texnik sabablarga ko‘ra “G‘afur G‘ulom” bekatida yo‘lovchilar poyezddan tushirilib, zaxiraga kelgan navbatdagi poyezdga o‘tkazib yuborilgan. Yo‘lovchilar tushirilgan poyezd boshqa poyezd yordamida shatakka olib “Beruniy” bekatiga olib kelingan. Shu holatni yo‘lovchi videoga olgan. Yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun esa jazo bor.

    Foto: Telegram / “Xushnudbek.uz”

    Foto: Telegram / “Xushnudbek.uz”

    3. Metrodagi hamma nosozliklar shu haftaga tiqilganmikan, Chilonzor yo‘nalishidagi poyezdning eshigi buzilib qoldi. “Pushkin” va “Buyuk ipak yo‘li” bekatlari oralig‘ida vagonning eshigi yopilmagan holda harakatlandi. “Bunaqa dahshatni faqat triller kinolarda ko‘rish mumkin edi, ammo o‘z ishiga mas’uliyatsiz insonlarning kasriga, ming afsuski, bizda bunaqa holatlar kundalik voqeaga aylanib qolayotgandek. Ishqilib oxiri baxayr bo‘lsin. Bunga javob beradigan biror zot bormi?”, — deb yozdi bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev. “Toshkent metropoliteni” rahbariyati “triller” uchun darhol uzr so‘radi va tekshiruv boshlaganini ma’lum qildi. Shu kuni kechga borib  xizmat vazifalarini noto‘g‘ri bajargani uchun mashinist, elektromontyor-chilangar va elektr harakatlanuvchi tarkibning katta ustasi egallab turgan lavozimidan ozod etilgani e’lon qilindi. Shuningdek, elektr bazasi boshlig‘ining elektr harakatlanuvchi tarkibini ta’mirlash bo‘yicha o‘rinbosari ish haqining 40 foizi miqdorida jarimaga tortilgan.

    O‘zbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi voqif bo‘lish uchun “Daryo”da qoling. Metroda ehtiyot bo‘ling.

    12.04.2021, 00:31   Izoh (0)   31041
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi oltita ko‘cha taroveh namozlari vaqtida transport harakati uchun to‘liq yopiladi

    11.04.2021, 23:39

    Toshkentda Yunusobodga olib boruvchi asosiy yo‘llardan birining faqat bir tomoni ikki oy ta’mirlanadi

    11.04.2021, 23:16

    Surxondaryoda 10 mln so‘m evaziga er-xotin ajrimini tezlashtirishni va’da qilgan soxta advokat qo‘lga olindi

    11.04.2021, 20:26

    Chilonzordagi “Navro‘z” majmuasi nega buzilmoqda?

    11.04.2021, 19:38

    Shavkat Mirziyoyev akademik Vladimir Kim vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi

    11.04.2021, 18:14

    Termizda maktab o‘quvchisi zo‘rlangani yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

    11.04.2021, 16:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kanada AQSH tovarlariga javob bojlarini bekor qiladi

    Dunyo | 22 avgust, 22:20

    Ilon Mask Mark Sukerberg bilan OpenAI’ni sotib olishni muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 22 avgust, 22:10

    Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:51

    2,6 mlrd so‘mlik tovar kodlarini o‘zgartirib, bojxona to‘lovidan qochmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:48

    Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 600 kg yaroqsiz go‘sht savdoga chiqishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:30

    Tramp Baydenni Ukrainaga Rossiyaga javob berishga imkon bermagani uchun tanqid qildi

    Dunyo | 22 avgust, 21:15

    O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:06

    Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan Spark haydovchisi javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:00

    Taxtda olib yurilgan murda: “Muhtasham yuz yil”da sulton Sulaymonning o‘limi haqidagi dahshatli haqiqat tushirib qoldirilgan

    Kino | 22 avgust, 20:49

    AQSH razvedkasida Rossiya bo‘yicha ishlovchi 36 nafar xodim maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqidan mahrum qilindi

    Dunyo | 22 avgust, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.