Toshkent metrosining “Sergeli” yo‘nalishida harakatlangan poyezd to‘xtab qoldi, deb xabar beradi “Kun.uz”.

Foto: “Kun.uz”

Ma’lum qilinishicha, metro poyezdi “Chilonzor” yo‘nalishidagi “Olmazor” bekati tomon harakatlangan vaqtida yerusti yo‘lida to‘xtab qolgan.

“8-aprel soat 10:45. Sergelidan keluvchi poyezd yerusti yo‘lida to‘xtab qoldi. ‘Olmazor’ va 1-bekat oralig‘ida to‘xtagan poyezd mashinistining aytishicha, bunga texnik muammo sabab bo‘lgan. 15 daqiqa kutishdan so‘ng vagonlardan chiqib piyoda yo‘lga tushdik. Yo‘lda ko‘rdikki, sostavni energiya bilan ta’minlovchi qurilmalar parchalanib ketgan va 30-50 metr masofaga sochilgan”, – deydi nashr muxbiri.

Foto: “Kun.uz”

Foto: “Kun.uz”

Foto: “Kun.uz”

Avvalroq “Olmazor” yerosti metro bekatidan Sergeli yo‘nalishining “Choshtepa” yerusti metro bekati tomon harakatlanib ketayotgan 4 vagonli tarkib to‘xtab qolgan va natijada shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan navbatdagi tarkib to‘xtab turgan vagonga borib urilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.