Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Quyoshli” mahallasida joylashgan transformator podstansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Ma’lum qilinishicha, 19-mart kuni soat 16:10 da Toshkent viloyati Parkent tumani “Quyoshli” MFYdagi ochiq maydonda joylashgan transformator podstansiyasidagi moy mahsuloti yongan.
Voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari soat 16:27 yetib borgan. Soat 16:35 da yong‘in to‘liq qurshab olinib, xavfni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Bundan avval Qibraydagi sexda yuz bergan yong‘inda bir ishchi o‘lgani, Andijonda tibbiyot birlashmasiga qarashli binoda yong‘in yuz bergani hamda Namanganda aliment talab qilinganidan darg‘azab kuyov sobiq qaynotasini o‘ldirib, uyini yoqib yuborgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)