So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12200.12
    • RUB 125.4
    • EUR 12949.21
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Namanganda aliment talab qilinganidan darg‘azab kuyov sobiq qaynotasini o‘ldirib, uyini yoqib yubordi

    17.03.2021, 00:10 38452

    Namanganda kuyov sobiq qaynotasini qasddan o‘ldirib, so‘ng jinoyatini yashirish maqsadida marhumning uyini yoqib yubordi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Hodisa 2021-yil 14-mart kuni To‘raqo‘rg‘on tumanining “Bordimko‘l” mahallasida sodir bo‘lgan. Muqaddam ikki bor sudlangan, 1994-yilda tug‘ilgan Qodir Ashuraliyev (ism-shariflar shartli) sobiq turmush o‘rtog‘i Nodira Ahadovaning 2,5 yashar o‘g‘li Aminbek uchun aliment talab qilganidan g‘azablanib, yarim tunda uning uyiga bostirib boradi. Yakka o‘zi emas, Mingbuloq tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan 37 yoshli Shuhrat Alijonovni ham sherik qilib oladi.

    Qodir Nodira Ahadova bilan 2017-yilda turmush qurgan, biroq oradan bir yil o‘tib ajrashgandi. Shundan so‘ng Nodira aliment undirish uchun murojaat qiladi, to‘lov summasi esa voqea ro‘y bergan kunga qadar 15 million so‘mga yaqinlashib qolgandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ashuraliyev xonadonda sobiq qaynotasi, 1972-yilda tug‘ilgan Ilhom Qayumov bilan o‘zaro janjallashadi va sherigi bilan uning bosh qismiga bir necha bor pichoq bilan urib, qasddan o‘ldiradi. Bu payt uyda sobiq turmush o‘rtog‘i va qaynonasi bo‘lmagan, sumalak tadbiriga chiqib ketgan edi. Xonadonda qolgan sobiq qaynuka, maktabning 10-sinfida tahsil oladigan Oqil Ahadov janjal ovozidan uyg‘onib ketadi.

    Uning guvoh bo‘lib qolishidan cho‘chigan jinoyatchilar bolaning oyoq-qo‘lini bog‘lab, dadasiga tegishli Damas avtomashinasiga o‘tqazishadi. Avtomobilga xonadondan o‘g‘irlangan ikki gilam va televizor ham yuklanadi. Shundan so‘ng jinoyat izlarini yashirish maqsadida jasad yotgan xona va qo‘shni xonalarga benzin quyib, yoqib yuborishadi. Bu jarayonda Ashuraliyevning yuzi va ikki qo‘li kuyadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Jinoiy sheriklar mashinaga o‘tirib, hodisa joyidan yashirinadi. Ashuraliyev kuygan jarohatlarini ko‘rsatish maqsadida tuman tibbiyot markaziga boradi. U shifokor oldiga kirib ketganida Oqiljon bog‘langan oyoq-qo‘llarini yechib, avtomashinani haydab qochadi. Uyiga qaytib kelib, yuz bergan holat haqida ichki ishlar idorasiga xabar beradi.

    Bundan oldinroq Qayumovlar oilasining qo‘shnisi xonadonda alanga ko‘kka ko‘tarilayotgani haqida tuman yong‘in xavfsizligi bo‘limiga xabar bergan va tongga yaqin yong‘in to‘liq bartaraf etilgandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Qodir Ashuraliyev tuman tibbiyot birlashmasi darvozasidan kiradi-yu, qo‘lga tushib qolishidan cho‘chib, ortga qaytadi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialiga yo‘l oladi. Kuygan jarohatlarini “dalada o‘t yoqib o‘tirganda oldim”, deb shifokorlarga tushuntirgan, unda biz allaqachon uning iziga tushgandik. Ashuraliyevning jinoiy sherigi, “qassob” laqabi bilan tanilgan Alijonovni esa uyidan topdik. Bir soatning nari-berisida jinoyatchilar ushlandi, — deydi tuman IIB jinoyat-qidiruv bo‘limi tezkor vakili, katta leytenant Shavkatjon Qosimov.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    15-mart kuni To‘raqo‘rg‘ondagi madaniyat markazida yuz bergan mazkur jinoyat muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish ham bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi, viloyat prokurori va viloyat IIB boshlig‘i, profilaktika inspektorlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

    Mavzuga doir:

    • Samarqandda kuyov qaynatasini pichoqladi. Jinoyat viloyat prokurori va IIB boshlig‘i ishtirokida muhokama qilindi
    • Toshkentda qaynanasiga tan jarohati yetkazib, qaynatasiga pichoq urgan erkak 5 yilga qamaldi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina Xitoyning uchta yetakchi neft va gaz kompaniyasini “urush homiylari” ro‘yxatiga kiritdi

    Bugun, 20:02

    O‘zbekistonda “Beeline Academy” ochildi

    Bugun, 19:30
    Reklama

    Urush paytida Ukrainani tark etgan erkaklarni qanday jazo kutmoqda?

    Bugun, 19:49

    Pentagonda Ukrainaga yordam berish uchun 5,2 milliard dollar qoldi — The Wall Street Journal

    Bugun, 19:27

    O‘zbekistonda yangi agentlik tashkil etiladi

    Bugun, 19:08

    Yurak sanchib og‘riganda: Inson hayotini saqlab qolishi mumkin bo‘lgan maslahatlar

    Bugun, 18:52

    AKFA BUILD: Aquaterm ko‘rgazmasida suv taʼminoti, isitish va sovutish tizimlari uchun yangi texnologiyalar

    Bugun, 12:00
    Reklama

    Xanchjou—2022. Bahodir Jalolov 1-raunddayoq raqibini nokautga uchratdi

    Bugun, 18:45

    Gruziyaning Qora dengiz sohilidagi kurortida ko‘prik qulab tushdi

    Bugun, 18:42

    Zangiotada uy hojatxonasidan yosh bolaning jasadi topildi

    Bugun, 18:33

    Putin Ukrainaga qarshi urushda yangi strategiyaga ega — NYT

    Bugun, 18:27

    Tavsiya etamiz

    “Oyiga 80-100 mln so‘mlik dorilar sotilib, o‘zaro taqsimlab kelingan”. “Dok-1 Maks” sudida farmatsevtlarning yana bir kirdikori fosh bo‘ldi

    17:00 / 03.10.2023

    Farg‘onada tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizildi

    13:00 / 03.10.2023

    Tug‘ilgan kunida yonib ketgan yigit, Quddusdagi Yig‘i devori, bir daqiqalik sukut saqlayotgan ukrainaliklar — 2-oktyabr suratlari

    22:00 / 02.10.2023

    AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card’da ishtirok etmoqchi bo‘lganlarga 10 muhim maslahat berdi

    11:00 / 02.10.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonliklar Buyuk Britaniyaga ishga taklif qilinmoqda. Maosh — yiliga 30 ming dollardan ortiq

    16:00 / 02.10.2023

    Prigojinning vasiyatnomasi e’lon qilindi (foto)

    17:00 / 02.10.2023

    Ukraina prezidenti ofisi Zelenskiyni masxara qilgan Ilon Maskka javob qaytardi

    17:00 / 02.10.2023

    “Bo‘lishi mumkin emas!”. Neymar Eron klubi stadioni haqidagi videoga izoh qoldirdi 

    13:00 / 02.10.2023

    AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card’da ishtirok etmoqchi bo‘lganlarga 10 muhim maslahat berdi

    11:00 / 02.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.