Shavkat Mirziyoyev 17-mart kuni “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qaror bilan 2020-yil 27-oktabrda Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida harbiy-moliyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim hamda moliyaviy ko‘makni amalga oshirish to‘g‘risidagi bayonnoma tasdiqlandi.
Mudofaa vazirligi ushbu xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun mas’ul organ etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, har ikki hujjat 2020-yil 27-oktabrda Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akarning Toshkentga tashrifi chog‘ida imzolangan.
Izoh (0)