• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Armanistonda Pashinyanga qarshi namoyishlardan keyin politsiya prezident qarorgohini qat’iy qo‘riqlov ostiga oldi

    Yerevanda politsiya Armaniston prezidenti Armen Sarkisyanning qarorgohini qat’iy qo‘riqlov ostiga oldi, deb xabar beradi “RBK”. Politsiyachilar davlat rahbari qarorgohini o‘rab turgan to‘siq bo‘ylab saf tortdi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    6-mart, shanba kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga qarshi bo‘lganlar yana norozilik aksiyasini uyushtirdi: ular Yerevan markaziga chiqib, bosh vazirning iste’fosini talab qildi. Namoyishchilar prezident qarorgohi yaqinidagi Bagramyan shohko‘chasida joylashgan Armaniston parlamenti binosi yonida to‘plandi va shahar bo‘ylab yurish qildi.

    Shuningdek, faxriylar, iste’fodagi harbiy xizmatchilar hamda Armaniston Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Onik Gasparyan qo‘li ostida ishlagan sobiq xodimlar uni qo‘llab-quvvatlagan holda Respublika Mudofaa vazirligi binosi yonida aksiya o‘tkazdi. Mingga yaqin odam to‘planib, armiya va Gasparyanni olqishladi hamda Nikol Pashinyan hukumatiga qarshi chiqdi.

    23-fevral kuni Armaniston bosh vaziri 1in.am kanaliga bergan intervyusida 2020-yilning kuzida Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro paytida Yerevan qo‘llagan “Iskander” raketalari “portlamagan yoki 10 foiz qismigina portlagan”ini aytgan. Yerevan Today nashri jurnalistlari Armaniston Qurolli Kuchlari bosh shtabi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Tiran Xachatryandan ushbu bayonotga izoh berishni so‘raganida, u uzoq kulgan va “bo‘lishi mumkin emas” deb javob bergan. Shundan keyin u Nikol Pashinyanning taklifiga binoan ishdan bo‘shatilgan.

    Bu voqeadan keyin Armaniston Qurolli Kuchlari bosh shtabi mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan va hukumatning zudlik bilan iste’foga chiqishini talab qildi. Bayonotga imzo chekkan 40 nafar yuqori martabali harbiy xizmatchining fikricha, Xachatryan “yuzaki o‘ylangan va asossiz sabablarga ko‘ra” ishdan bo‘shatilgan.

    Nikol Pashinyan harbiylarning bayonotiga javoban Facebook orqali mazkur bayonotni “harbiy to‘ntarishga urinish” deb hisoblayotganini ma’lum qildi va o‘z tarafdorlarini namoyishga chiqishga chaqirdi. Pashinyan, shuningdek, harbiylar bayonotiga imzo chekkan Bosh shtab boshlig‘i Onik Gasparyanni ham lavozimidan ozod qilganini aytdi.

    Ammo Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan bosh vazir Nikol Pashinyanning Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i Onik Gasparyanni ishdan bo‘shatish haqidagi taklifini imzolashdan bosh tortdi. Bosh shtab boshlig‘ini ishdan bo‘shatish haqidagi buyruq loyihasini prezident apparati o‘rganib chiqqan hamda huquqshunoslar va ekspertlar bilan batafsil muhokama qilingan. Ular tashabbus “butunlay Konstitutsiyaga zid” degan xulosaga kelgan.

    Shundan keyin Nikol Pashinyan prezident Armen Sarkisyanga Bosh shtab boshlig‘ini ishdan bo‘shatish haqidagi arznomani qaytadan yuborganini ma’lum qildi.

    2020-yil 10-noyabr kuni Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha bitim imzolangani, unga ko‘ra Armaniston bir qator hududlarni Ozarbayjonga topshirgani haqida xabar berilgan edi. Muxolifat Pashinyandan “xoinlik” shartnomasini imzolagani sababli iste’foga chiqishni talab qildi. Shundan so‘ng bosh vazir iste’foga chiqishga tayyorligini ma’lum qildi. O‘shandan buyon mamlakatda bosh vazirga qarshi namoyishlar davom etib kelmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Pashinyan bilan kelishmovchilikdan so‘ng ishdan bo‘shatilgan Bosh shtab boshlig‘ining o‘rinbosari sudga murojaat qildi
    • Armaniston prezidenti mamlakat Qurolli Kuchlari Bosh shtabi rahbarining iste’fosini ma’qullashni ikki marta rad etdi
    • Armaniston bosh vaziri mamlakat boshqaruvning yarim prezidentlik shakliga qaytishi mumkinligini ma’lum qildi

    07.03.2021, 12:17   Izoh (0)   14581
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirusga qarshi emlangan Dalay-lama, ayollar huquqlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan pandemiya, Avstriya hamda Germaniyadagi namoyishlar va boshqa koronaxabarlar...

    07.03.2021, 11:16

    Perseverance marsoxodi birinchi marta Mars yuzasida “sayr qildi”

    07.03.2021, 09:56

    Xakerlar Microsoft dasturidagi zaiflik tufayli AQSh, Yevropa va Osiyoda minglab tashkilotlarga hujum uyushtirdi

    07.03.2021, 08:34

    Ekvador ichki ishlar vaziri iste’foga chiqqanini e’lon qildi, u ishdan ketishiga sabablardan biri sifatida koronavirusga chalinganini keltirdi

    06.03.2021, 16:47

    JSST dunyodagi COVID-19’ga qarshi emlashga bo‘lgan ishonchsizlikdan xavotirda

    06.03.2021, 14:30

    Zelenskiy Mixail Saakashvilini lavozimidan mahrum qildi

    06.03.2021, 13:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    Dunyo | 16 avgust, 21:27

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34

    Superliga. “Neftchi” “Navbahor”dan, “Dinamo” “OKMK”dan ustun keldi

    Sport | 16 avgust, 21:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.