• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Koronavirusga qarshi emlangan Dalay-lama, ayollar huquqlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan pandemiya, Avstriya hamda Germaniyadagi namoyishlar va boshqa koronaxabarlar

    “Daryo” koronadayjestida o‘tgan bir kecha-kunduz ichida dunyoda yuz bergan koronavirus bilan bog‘liq voqealar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

    Dalay-lama XIV Hindistonda koronavirusga qarshi emlanmoqda

    Dalay-lama XIV Hindistonda koronavirusga qarshi emlanmoqda
    YouTube’dan kadr

    Koronavirusga qarshi emlangan dunyo yetakchilari

    Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan koronavirusga qarshi emlandi. U rafiqasi Siliya Flores bilan dorining birinchi dozasini qabul qildi. Maduroning so‘zlariga ko‘ra, Venesueladagi tibbiy xodimlarning katta qismi “Sputnik V” bilan emlanib bo‘lgan. Mamlakatda Rossiya vaksinasini qo‘llagan holda emlash kampaniyasi 19-fevralda boshlangan, Maduro vaksina yetkazib berilgani uchun Vladimir Putinga minnatdorlik bildirgan edi. Venesuela prezidenti vaksina mamlakatning butun aholisi uchun bepul taqdim etilishiga va’da bergan, 2021-yilning ilk 90 kuni ichida 10 million kishi emlanishini ma’lum qilgan edi.

    Shuningdek, Tibet xalqining diniy yetakchisi Dalay-lama XIV ham Hindistonning Dxaramsala shahrida koronavirusga qarshi emlandi. U aynan qanday vaksina qabul qilgani noma’lum. Hindistonda ikkita vaksina — Oksfordning Covishield vaksinasining hindcha varianti hamda Hindistonning Bharat Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Covaxin ma’qullangan.

    Pandemiya va karantinning ijtimoiy va siyosiy hayotga ta’siri

    Yevrokomissiya 8-mart—Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida koronavirus pandemiyasi ayollar huquqlariga salbiy ta’sir o‘tkazganini ma’lum qildi. Pandemiya ayollar va erkaklar o‘rtasidagi tengsizlikni kuchaytirgan. Xususan, Yevrokomissiya aniqlashicha, pandemiyada ishlagan sog‘liqni saqlash xodimlarining ko‘pchiligini ayollar tashkil qilgan, ammo virus tarqalishiga qarshi kurashish borasida barcha asosiy qarorlarni erkaklar qabul qilgan. Masalan, 87 ta mamlakatda, shu jumladan, Yevroittifoqqa a’zo 17 ta davlatda COVID-19 bo‘yicha maqsadli guruhlarning 85,2 foizini erkaklar boshqargan. Bundan tashqari, Yevroittifoqqa a’zo mamlakatlarda uyda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik avj olgan. Chunonchi, Fransiyada lokdaunning birinchi haftasida uydagi zo‘ravonlik holatlari 32 foizga, Litvada ilk uch hafta ichida — 20 foizga o‘sgan.

    Avstriya va Germaniyada karantinga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Fuqarolar Yevropada koronavirusning uchinchi to‘lqini fonida hukumatlar tomonidan kuchaytirilgan karantin choralari susaytirilishini talab qildi. 6-mart, shanba kuni Vena markaziga yig‘ilgan bir necha yuzlab odamlar karantin choralari yumshatilishi bilan birga, kansler Sebastyan Kursning iste’foga chiqishini ham talab qildi. Politsiya namoyishchilarga qarshilik ko‘rsatmadi. Ayni vaqtda esa COVID-19’ga qarshi kurash bo‘yicha hukumat siyosati tarafdorlari bo‘lgan 200 ga yaqin odam Venada velomarafon uyushtirdi. Shu kuni Germaniyaning Saksoniya va Saksoniya-Anxalt federal shtatlarida ham karantin cheklovlariga qarshi ommaviy aksiyalar uyushtirildi. Xususan, 350 ga yaqin haydovchi avtomarafonlar tashkil qildi. Aksiya ishtirokchilari o‘z avtomobillariga koronavirusga qarshi emlash kampaniyasini tanqid qiluvchi shiorlarni ham osib oldi.

    Finlyandiyada esa koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashishi oqibatida munitsipal saylovlar apreldan iyunga ko‘chirildi. Mamlakatda koronavirusga chalinish holatlari bir kecha-kunduzda 648 taga ko‘payib, 61 552 taga yetdi. Jami 767 kishi vafot etgan. Shuningdek, mamlakatda koronavirusning yangi shtammlarini yuqtirish holatlari 1295 tani tashkil qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar

    Rossiyada COVID-19’ga qarshi kurashgan 200 dan ortiq tibbiyot xodimi taqdirlandi. Vladimir Putin koronavirusga chalingan bemorlarni davolagan tibbiyot xodimlarini “Pirogov” ordeni va “Qrim Luqosi” medallari bilan taqdirladi. Ushbu orden va medal 2020-yilning iyulida ta’sis etilgan. Bundan tashqari, COVID-19’ga chalinganlar bilan ishlagan barcha rossiyalik tibbiyot xodimlariga qo‘shimcha to‘lovlar ham belgilangan. 2020-yilda 1,5 milliondan ortiq xodimlar shunday to‘lovlarni olishi kerak edi. Federal budjet buning uchun 230 milliard rubldan ortiq (3 milliard dollardan ziyod) mablag‘ sarfladi. Ba’zi hududlarda shifokorlar belgilangan to‘lovlarni qo‘lga kiritish uchun prokuraturaga murojaat qilishiga ham to‘g‘ri kelgan.

    AQShda olimlar Moderna va Pfizer/BioNTech vaksinalarining bitta dozasi COVID-19’dan himoya qilmasligi haqida ogohlantirdi. Bir qator amerikalik siyosatchilarning vaksinatsiya jarayonini tezlashtirish uchun COVID-vaksinaning bittadan dozasini kiritish taklifiga javoban, AQSh Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi qoshidagi Biologik tadqiqotlar markazi direktori Piter Marks bir marta emlash odamni virusdan uzoq vaqt himoya qilishi haqida dalillar yo‘qligini aytdi. Ta’kidlanishicha, Moderna vaksinasining ikkinchi dozasini birinchisidan keyin to‘rt hafta o‘tib, Pfizer/BioNTech bilan bog‘liq vaziyatda esa uch hafta o‘tib qabul qilish kerak.

    Mavzuga doir: Qo‘lida Putinning portreti bilan emlangan argentinalik mer, 17 ta vaksinani sinayotgan Xitoy, umummilliy epidemiya rejimini 3 oyga uzaytirgan Germaniya va boshqa koronaxabarlar

    07.03.2021, 11:16   Izoh (0)   16023
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Perseverance marsoxodi birinchi marta Mars yuzasida “sayr qildi”

    07.03.2021, 09:56

    Xakerlar Microsoft dasturidagi zaiflik tufayli AQSh, Yevropa va Osiyoda minglab tashkilotlarga hujum uyushtirdi

    07.03.2021, 08:34

    Ekvador ichki ishlar vaziri iste’foga chiqqanini e’lon qildi, u ishdan ketishiga sabablardan biri sifatida koronavirusga chalinganini keltirdi

    06.03.2021, 16:47

    JSST dunyodagi COVID-19’ga qarshi emlashga bo‘lgan ishonchsizlikdan xavotirda

    06.03.2021, 14:30

    Zelenskiy Mixail Saakashvilini lavozimidan mahrum qildi

    06.03.2021, 13:30

    Bayden Eronga qarshi antiterror sanksiyalar muddatini bir yilga uzaytiradi

    06.03.2021, 11:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.