• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: TIVning o‘pong‘ich xodimi, g‘o‘daymagan Bozorov, iste’mol savatimizda nimalar bor?

    Kulgili voqea komediya, fojialisi tragediya bo‘ladi. Bordi-yu komediya va tragediya alomatlari bittada jam bo‘lsa, bunisi tragikomediya bo‘ladi. Yangi O‘zbekiston ham tragikomediyalarga boy. Ammo bu haftadagisi mamlakatimiz sarhadlaridan chiqib, Yevropagacha aks sado berdi.

    Bunaqasi kamdan kam bo‘ladi. The Diplomat, Guardian, Al Jazeera, Eurasianet kabi xalqaro nashrlar uchun maqola yozuvchi mustaqil jurnalist Agneshka Pikulitska-Vilchevska 1-fevral kuni Twitter-akkauntida Tashqi ishlar vazirligidan biriktirilgan Rustam ismli xodim unga tegajog‘lik qilib o‘pmoqchi bo‘lganini yozdi. Bunga sabab “uning akkreditatsiya qilingan OAVdan boshqa OAV uchun ham ishlashi bo‘lgan”. TIV akkreditatsiya bo‘yicha javobni qonun bo‘yicha ikki oyda emas, balki olti oyda bergan. Rustam deganlari Telegram’da qizlarni “o‘raydigan” o‘spirinlar kabi unga “...Yigiting bormi?”, degan. Bundan tashqari, TIV xodimi undan karantin haqida ijobiy maqola yozishni so‘ragan, chunki “salbiy yangiliklar ko‘payib ketgan”. Jurnalist bunday maqola yozmasligini, chunki o‘sha vaqtda u O‘zbekistonda bo‘lmaganini aytgan.

    Foto: Facebook / Agneshka Pikulitska-Vilchevska

    Foto: Facebook / Agneshka Pikulitska-Vilchevska

    Agneshka xonim bu voqeani oshkor qilishi ortidan shov-shuv bo‘lib ketdi. Komil Allamjonov bu shikoyat unda xavotir uyg‘otganini yozdi. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva “qabul qilib bo‘lmas holat”, deb munosabat bildirdi. Qizig‘i shundaki, Agneshka TIV binosida bir necha marta ko‘rishgan Rustam deganlari kimligini hech kim bilmadi.

    Ko‘p o‘tmay O‘zbekiston TIV Agneshka Pikulitskadan uzr so‘radi va unga tegajog‘lik qilgan xodimini ishdan bo‘shatganini bildirdi. Agneshka Al Jazeera telekanalining O‘zbekistondagi muxbiri sifatida akkreditatsiyadan o‘tdi. Shunday qilib, hammasi yaxshilik bilan yakun topdi.

    * * *

    Koronavirus olamida nima gaplar? “Koronavirusning ‘britancha’ shtammi odamlar orasiga kirishiga yo‘l qo‘ymadik”, demoqda 2020-yilning eng taniqli shaxslaridan biri bo‘lgan Nurmat Otabekov. “Butun dunyodagi ko‘plab iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlarni koronavirus kasalligi karaxt holatga keltirib qo‘ygan bir paytda respublikamizdagi epidemik barqarorlik bizdagi tizim nimalarga qodir ekanini ko‘rsatib turibdi. ‘Britancha’ shtamm aniqlangan bemor aeroportning o‘zida alohidalangan, shifoxonaga yotqizilgan va bemorda hech qanday asoratlar kuzatilmagan”, dedi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov. Demak, vaziyat hozircha barqaror. Ammo ehtiyotkorlik choralarini susaytirish ham kerak emas.

    Yana bir yangi xabar shuki, O‘zbekiston 2 million 640 ming doza AstraZeneca/Oxford vaksinasini oladi. Uning bir dozasi narxi taxminan 3 dollar.

    Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida koronavirusga qarshi emlash boshlangan. IIBB xodimlari Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.Ltd kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan vaksina bilan emlanmoqda. Qizig‘i shundaki, avval koronavirus vaksinasi bilan birinchi galda shifokorlar va keksalar emlanishi aytilgandi. Ammo hozirgacha biror keksa yoki shifokor emlanganini o‘qimadik. Buyog‘i necha puldan tushdi?

    * * *

    Iste’mol savati muayyan vaqtda iste’mol etiladigan mahsulotlar turi va to‘plamining oila yoki jon boshiga hisoblangan miqdori bo‘lib, pul shaklida hisoblanadi. Bunday to‘plam amaldagi narxlarga ko‘ra iste’mol savatidan kelib chiqib tirikchilik minimumini hisoblab chiqishga xizmat qiladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi O‘zbekistonda iste’mol savatining hisob-kitobini e’lon qildi. O‘rganishlarga ko‘ra, iste’mol savatining miqdori taxminan 2,157 million so‘mni tashkil etmoqda. Iste’mol savatiga oziq-ovqat mahsulotlaridan non, yorma va dukkakli mevalar, go‘sht, sabzavot, poliz ekinlari, mevalar (sitrus mevalar va ziravorlar), sut mahsulotlari kiritilgan. Shuningdek, nooziq-ovqat — dorilar, kosmetika va uy-ro‘zg‘or buyumlari va kommunal xizmatlar, transport xarajatlari va qo‘shimcha o‘quv kurslari ham o‘rin olgan.

    Iste’mol savati tushunchasi bugungi kun kishisiga biroz notanish, chunki uni hisoblash tasniflari hali ishlab chiqilmagandi. 2020-yilda esa moliya vaziri lavozimida ishlagan Jamshid Qo‘chqorov nima uchun O‘zbekistonda hanuzgacha iste’mol savatchasi va tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor qancha ekani oshkor qilinmagani yuzasidan savolga “davlat bunga kambag‘allikni kamaytirishga qaratilgan dastur ishlab chiqish bilan javob berishi mumkinligini” bildirgan edi.

    * * *

    Bu hafta prezident Farg‘onaga tashrif buyurdi. Prezident tashrifi mobaynida o‘tgan yildan beri viloyat hokimi vazifasini bajarayotgan Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. “Men Bozorovni bir yil emas, o‘n yil emas, 15—20 yildan beri bilaman. U xalqparvar, g‘o‘daymagan, ko‘p-ko‘p og‘ir sinovlardan o‘tgan. Men Farg‘onaga tayyor kadrni olib keldim. Shuncha yil ishlab o‘zgarmadi, endi ham o‘zgarmaydi. Mana viloyatda to‘rt oy ishlab ko‘rdi, farg‘onaliklar sinovidan o‘tdi. Muammoni yelkasiga olishni biladi”, deya ta’rifladi prezident Bozorovni.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ushbu tashrif mobaynida Farg‘ona viloyatning Quva, Bag‘dod, Yozyovon va O‘zbekiston tumanlarida hokim o‘zgardi. Shuningdek, Farg‘ona shahri “to‘rtligi” vazifasidan ozod qilindi.

    Xalq deputatlari sessiyasidan so‘ng Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda Farg‘ona shahridagi “Shodiyona” mahallasiga bordi. Mahalla oralab yurib, aholi bilan uchrashdi (rasmlar va videolarni ko‘ring). Mahalla idorasiga kirib, mahalla raisi va maslahatchilar bilan suhbatlashdi. Aholining yashash sharoitlari, hududdagi muammolarni so‘radi. Ularni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi. Mahalladagi ayollardan biri prezidentga o‘g‘lini uylantirayotgani haqida aytdi, Shavkat Mirziyoyev esa viloyat hokimiga uning nomidan to‘yga borishni tayinladi. 6-fevral kuni esa Xayrullo Bozorov o‘sha oilaning nikoh to‘yida ishtirok etdi va davlat rahbari nomidan  muzlatgich, kir yuvish mashinasi, televizor kabi maishiy texnika vositalari sovg‘a qildi.

    * * *

    Mustaqil O‘zbekistonning saylov tizimida ko‘p mehnati singgan, 2005-yildan beri Markaziy saylov komissiyasi raisi sifatida ishlab kelayotgan Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomovning vakolati tugatildi va u Konstitutsiyaviy sud rais etib saylandi. Hozirga qadar Senat raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Zayniddin Nizomxo‘jayev Saylov komissiyasi raisligiga saylandi. Markaziy salov komissiyasidagi o‘zgarishlarni quyida o‘qing.

    Mavzuga doir:

    • Markaziy saylov komissiyasining raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov vakolati tugatilmoqda
    Aytib o‘tish lozimki, bu yili oktabr oyida O‘zbekistonda prezident saylovi o‘tkaziladi. Amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyevga raqobatchi nomzodlar ismi hali e’lon qilingani yo‘q.

    “Daryo”da qoling. Mamlakatimiz va dunyodagi eng qaynoq yangiliklarni birinchi bo‘lib bizda o‘qing.

    08.02.2021, 00:31   Izoh (0)   41822
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Mashinani ta’mirlash 276 mln so‘mga tushadi, yangisini olish esa 260 mln”. Koson hokimi xizmat avtomobilini yangilayotganiga izoh berdi

    07.02.2021, 23:18

    Saida Mirziyoyeva: “Turmushga chiqishdan oldin ovqat qilish unchalik qo‘limdan kelmas edi”

    07.02.2021, 22:16

    “O‘sha kuni haydovchimning yonida bo‘lganimda ham baribir u aybdor bo‘lardi-ku”. Koson hokimi xizmat avtomobili bilan bog‘liq YTH haqida gapirdi

    07.02.2021, 21:15

    Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov lavozimidan ozod etildi

    07.02.2021, 20:36

    O‘zbekistonda 8-fevral kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

    07.02.2021, 19:16

    Farg‘onada ayoldan sobiq eriga 7 mln so‘m kompensatsiya va uy-joyning teng yarmi undirildi

    07.02.2021, 18:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Xomanaiyni sharmandali o‘limdan qutqarganini aytdi

    Dunyo | 27 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 27-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 iyun, 23:05

    “Paxtakor” metro bekatida 3 yoshli qizaloqning oyog‘i vagon eshigiga qisilib qoldi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:46

    Sherzod Asadov “Oltin qalam” g‘oliblarini taqdirlash marosimida prezidentning OAV xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:25

    Superliga. Qo‘qondagi gollar shousida “Dinamo” “Qo‘qon-1912”ni mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 27 iyun, 22:09

    Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:40

    Shavkat Mirziyoyevning Belarusga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:10

    Toshkentda onlayn narkodo‘konning 5 nafar aʼzosi qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:55

    O‘zbekistonda qamoqqa olinganlarni qiynoqqa solish hollarining oldini oluvchi qonun imzolandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.