Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Xalq deputatlari sessiyasidan so‘ng Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda Farg‘ona shahridagi “Shodiyona” mahallasiga bordi. Mahalla oralab yurib, aholi bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Mana, bugun viloyatlaringizga yangi hokim qo‘ydik. Mahallabay ishlash tizimini joriy qilyapmiz. Haqiqiy ahvolni bilish, odamlarning og‘irini yengil qilish uchun mahallangizga o‘zim keldim”, – dedi Shavkat Mirziyoyev ayollar bilan suhbatda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Onaxonlardan biri 6-fevral kuni o‘g‘lining to‘yi bo‘lishini aytdi. Prezident ularni tabriklab, yosh oilaga baxt, sog‘lik tiladi. Prezident viloyat hokimi Xayrulla Bozorovga onaxonning ism-familiyasini yozib olishni tayinlab, hokim uning nomidan to‘yga borishini bildirdi.

Ta’kidlanishicha, kutilmagan tashrifdan xursand bo‘lgan odamlar davlat rahbariga sihat-salomatlik, xalq uchun tinchlik-farovonlik tilab duo qildi.

Shundan so‘ng Sohibqiron Temur ko‘chasi bo‘ylab yurilib, uy-joylar, savdo shoxobchalari ko‘zdan kechirildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev mahalla idorasiga kirib, mahalla raisi va maslahatchilar bilan suhbatlashdi. Aholining yashash sharoitlari, hududdagi muammolarni so‘radi. Ularni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev ajralishlarning oldini olish muhimligini ta’kidlagani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)