Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva yangi kelinlik paytida cho‘zma lag‘mon bilan bog‘liq voqeani esga olib, bu haqda hikoya qilib berdi.
“Turmushga chiqishdan oldin ovqat qilish unchalik qo‘limdan kelmas edi. Faqat bitta ovqat — cho‘zma lag‘mon pishirishni bilardim desa ham bo‘ladi.Uning aytishicha, oila a’zolari o‘ta xushmuomala bo‘lgani uchun lag‘monni maqtab-maqtab, tuzdonni talashib, besh daqiqada ovqatni paqqos tushirishgan. “Hayotda shunaqasiyam bo‘lib turadi”, — deydi Mirziyoyeva.Bolaligimdan bu ovqatni juda yaxshi ko‘raman. Uni tayyorlashning qiyin tomoni — xamirni ingichka qilib cho‘zganda u uzilib ketmasligi kerak. Onam shunday o‘rgatganlar. Ancha harakat qilib, oxiri eplab ketganman.
Shunday qilib, yangi oilada yangi kelin sifatida yaqinlarimga mahoratimni namoyish etishga qaror qildim. Uyalib qolmaslik uchun onamdan lag‘monning batafsil retseptini so‘rab oldim. Onam masalliqlarning aniq ro‘yxatini yozdirdilar. Faqat bitta narsa — tuzni aytish xayollariga kelmabdi.
Shunday qilib, ko‘rinishi ishtahaochar lag‘monim pishdi. Mazasi esa... tuzsiz tasavvur qilavering”, — deb yozgan u Telegram’dagi sahifasida.
O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaning jiyani Diyora Usmonova ham o‘zining Instagram stories’ida Saida Mirziyoyevaning lag‘mon cho‘zayotgan suratini joylab, xamirni uzmasdan 20 metr cho‘zganini maqtagan.
Izoh (0)