• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘sha kuni haydovchimning yonida bo‘lganimda ham baribir u aybdor bo‘lardi-ku”. Koson hokimi xizmat avtomobili bilan bog‘liq YTH haqida gapirdi

    Koson tumani hokimi Asrol Boyqarayev Captiva rusumli 70 027 KAA xizmat avtomobili bilan bog‘liq YTH haqida gapirib, rulda o‘zi yoki o‘g‘li bo‘lgan degan farazlarni rad etdi. Bu haqda hokim ishtirokidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

    Asrol Boyqarayev.

    Asrol Boyqarayev.
    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, 7-fevral kuni Koson tumani hokimligi shu kabi savollarga javob berish hamda tumanda bo‘layotgan o‘zgarishlardan jurnalist va blogerlarni xabardor qilish maqsadida press-tur tashkil qilgan.

    Foto: “Daryo”

    Hokim Asrol Boyqarayev “Daryo” muxbirining “Xizmat avtomobilingiz bilan bog‘liq YTH haqidagi xabarlarda mashina boshqaruvida o‘zingiz yoki o‘g‘lingiz bo‘lgani aytildi. Bu haqda xabar bergan nashr ham YTH oqibatida vafot etgan fuqaro yaqinlariga tayanib, shuni yozdi. Xo‘sh, mashina rulida siz yoki o‘g‘lingiz bo‘lgani haqidagi farazlar qay darajada to‘g‘ri?” degan savoliga javob berar ekan, bu farazlar noto‘g‘riligini aytdi.

    “O‘zi bir nafar o‘g‘lim bor. Hali maktab yoshida va Toshkent shahridagi maktabda tahsil oladi. Qolgan farzandlarim esa qiz bolalar. Kosondagi xizmat uyida oilam bilan yashayman. Farzandlarim o‘qishda bo‘lgani sabab Toshkentdan Kosonga kelmagan ham. Ya’ni mashinani o‘g‘lim boshqargani haqidagi gap noto‘g‘ri”, — dedi hokim Asrol Boyqarayev.

    Tuman hokimi YTH sodir bo‘lgan kun va vaqtda — 2020-yil 12-dekabrda tuman prokurori, IIB boshlig‘i va soliq rahbari ishtirokida 23 nafar MMTP rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazayotgan bo‘lganini bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bayramidan bir kun oldin — 2020-yil 12-dekabr kuni to‘rtta sektor rahbarlari 23 ta MMTP raislari bilan yig‘ilish o‘tkazayotgandik. Shu payt yordamchim kelib, xizmat avtomobilimda YTH sodir bo‘lganini aytdi. Nima bo‘lgan ekan deb so‘raganimda, bir odamni sal turtib yuboribdi dedi. Shu payt IIB boshlig‘ini voqea joyiga yuborib, nima bo‘lganini batafsil o‘rganishini so‘radim. IIB boshlig‘i voqea joyiga borib, YTHda 60 yoshli fuqaro vafot etganini, ammo hali shaxsini aniqlashtirmaganini xabar berdi. Tezda kimligini bildik. Keyin bilsak, fuqaro YTH oqibatida voqea joyida vafot etgan ekan. Qishloq xo‘jaligi bayrami o‘tgach, marhumning uyiga ta’ziyaga bordik. Uydagilariga hamdardlik bildirib, haydovchim aybi bilan sodir bo‘lgan YTH uchun uzr so‘radim. To‘g‘risi, barchamiz rulda yuramiz. Bunday falokatlar sodir bo‘lmaydi deb oldindan aytish qiyin. Shuningdek, hech kim bunday voqea bo‘lsin, demaydi”, — dedi Asrol Boyqarayev.

    Tuman hokimi YTH sodir bo‘lgan paytda xizmat avtomobilida bo‘lganda fuqaroga, albatta, birinchi yordam ko‘rsatgan bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

    “YTH sodir bo‘lgan paytda men avtomobilda bo‘lmaganman. Ko‘pchilik hokimning o‘zi o‘sha yerda bo‘lgan va qochib ketgan degan gapni aytyapti. Agar o‘sha kuni mashinamda bo‘lganimda fuqaroga, albatta, birinchi yordamni ko‘rsatardim. Qolaversa, mashinada bo‘lgan bo‘lsam, bor edim desam ham baribir rulda o‘tirgan odam aybdor bo‘lar edi-ku. Nega endi mashinada bo‘la turib, buni yashirishim mumkin”, — dedi Asrol Boyqarayev.

    Foto: “Daryo”

    Hokim Asrol Boyqarayev YTH qanday sodir bo‘lganini ham aytib o‘tdi.

    “Bilishimizcha, marhum tez yordam mashinasini haydagan. Shu yili nafaqaga chiqishi kerak ekan. Aytilishicha, u o‘sha kuni ‘bordyur’dan sakrab o‘tgan, mashina esa bu yoqdan borgan, natijada fuqaroni urib yuborgan”, — dedi hokim.

    Eslatib o‘tamiz, Koson tumani hokimi Asrol Boyqarayev yoki uning o‘g‘li boshqargani aytilgan Captiva 60 yoshli fuqaroni urib yuborgani, YTH oqibatida fuqaro voqea joyida vafot etgani haqida xabar berilgandi. Qashqadaryo viloyat IIB bergan ma’lumotda hokimning 70 027 KAA davlat raqam belgili Captiva’si ishtirokidagi YTH 2020-yilning 12-dekabr kuni sodir bo‘lgani, YTH sodir bo‘lgan paytda avtomobilni hokim o‘rinbosarining haydovchisi Rahim Jo‘rayev boshqargani yozilgandi.

    Voqea yuz bergan joyda bo‘lgan guvohlar esa YTH kechki soat 20:00 atrofida sodir etilganini aytib, avtohalokat sodir etilgan 70 027 KAA davlat raqamli Captiva ichida tuman hokimi, xotini va qizi bo‘lganini bildirgandi. Shu voqeadan so‘ng hokimning haydovchisi almashtirilgan. Ayb Rahim Jo‘rayevning zimmasiga yuklangan, u esa aybsizligini ta’kidlagan.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Koson tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Dilshod Nabiyev esa mazkur voqeaga munosabat bildirib, “Hokimning shu paytga qadar avtomobil boshqarganini ko‘rmaganman. O‘sha kuni ham rulda o‘zi bo‘lgan, degan gapga qo‘shilmayman. Hokim ham mazkur xabarni rad etib, o‘sha voqea sodir bo‘lganini o‘zi ham keyinchalik eshitganini aytdi”, degandi.

    Mavzuga doir: Koson hokimi odam o‘limiga sababchi bo‘lgan xizmat avtomobilini almashtirishga qaror qildi

    07.02.2021, 21:15   Izoh (0)   62196
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov lavozimidan ozod etildi

    07.02.2021, 20:36

    O‘zbekistonda 8-fevral kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

    07.02.2021, 19:16

    Farg‘onada ayoldan sobiq eriga 7 mln so‘m kompensatsiya va uy-joyning teng yarmi undirildi

    07.02.2021, 18:36

    Samarqandda dars paytida oyog‘ini parta ustiga qo‘yib o‘tirgan maktab o‘quvchilarining ota-onalari jarimaga tortildi

    07.02.2021, 17:35

    Farg‘onada otasining uyidan 1,9 ming dollar va 3 mln so‘m o‘g‘irlagan o‘g‘ilga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    07.02.2021, 17:14

    Nukus City qurilishida qariyb 250 mln so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

    07.02.2021, 16:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.