• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +44°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Chekingan sovuq, bekingan virus; chorvador qurgan nobop uy, ketayotgan “aqllar”

    Tabiat kuchlari odamlar ixtiyoridan tashqarida bo‘lgani uchun qadimgi odamlar turli ilohlar, ma’budlarni o‘ylab topishgan. Garchi taraqqiy etgan bugungi zamonimizda bunday qarashlar erish tuyulsa-da, tabiat irodasiga bo‘ysunmasdan ilojimiz yo‘q.

    Xususan, oxirgi haftalardagi qaqshatqich sovuq butun davlat infrastrukturasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmadi. Ammo bu hafta qahraton bir oz susaydi. Buni ayrim hududlarda elektr ko‘proq berilayotganidan yoki metan navbatlari yo‘qolganidan sezish mumkin. Dam olish kunlari esa Erondan kirib kelgan quruq va iliq havo mamlakatimiz janubini +22 darajagacha, boshqa hududlarini +12 darajagacha qizdirdi. Ammo bahor keldi deb o‘ylagan daraxtlarga barg yozib yuborishni maslahat bermaymiz, chunki gidrometeorologlar kelayotgan hafta havo yana sovushini va’da qilyapti. Demak, o‘quvchilarimizga palto-sharflarni hozircha taxlamaslikni, haydovchilarga ko‘proq yoqilg‘i quyib olishni va antifrizni to‘kmaslikni, uy isitish tizimini esa sozlab qo‘yishni, eng asosiysi, qishloq joydagilar yoqilg‘ini g‘amlab qo‘yishni  maslahat beramiz.

    * * *

    Ko‘pchilikning esidan chiqayozgan koronavirus mavzusiga qaytamiz. Virusning yangi shtammi aniqlangandan beri shifokorlarning halovati yo‘qolgan. Nafaqat shifokorlar, balki davlatlar karantin choralarini yana kiritmoqda. O‘zbekiston ham bundan mustasno emas.

    Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020-yil dekabridan 2021-yil 10 yanvargacha Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublikaga kirish) to‘xtatilgan edi. Bugungacha ushbu mamlakatlarda epidemiologik vaziyat murakkabligicha qolgani sababli 2021-yil 10-yanvariga qadar kiritilgan cheklov muddati 1-fevralgacha uzaytirildi.

    * * *

    O‘tgan hafta Jizzaxda Mustaqillik ko‘chasidagi olti qavatli uy xuddi qumdan qurilgan uycha kabi qulab tushgani videosi tarqalgan edi. Bu haftada jamoatchilikning diqqat-e’tibori shu qulagan uyga qaratildi. Xarobalar ostidan esa anchagina faktlar chiqa boshladi.

    Foto: O‘zA

    Ochilboy Ramatov boshchiligidagi hukumat komissiyasi bino qulashi sababini o‘rganadigan bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, uyni qo‘y naslchiligi bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligi qurayotgan bo‘lgan. Qurilishning buyurtmachisi ham, pudratchisi ham uning egasi, ya’ni “Barakali Qorako‘l Chorvador” fermer xo‘jaligining o‘zidir. Uning rahbari esa qurilishga aloqasi yo‘q.

    Buning ustiga, uning yonidagi olti qavatli inshootning ham poydevorlari cho‘kib xavfli holatda turibdi. Jizzax shahar bosh me’morining bergan ma’lumotiga ko‘ra, tadbirkor qulagan binoning orqasidagi inshootni o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qurib olgan.

    Qurilish vazirining o‘rinbosari Kozim To‘laganov “Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar berilgan taqdirda ham eng xavfli tomoni — qurilishda na usta, na ‘prorab’ bo‘lgan. O‘zi bilganicha ish olib borgan”, deb bu haqda bayonot berdi. Qurilish vaziri Botir Zokirov esa bu yerda korrupsion sxema bo‘lgani haqida gapirdi.

    Voqeaga Shavkat Mirziyoyev ham e’tibor qaratib, “Jizzax viloyati hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari bizning siyosatimizga xiyonat qilgan. Buni hamma bilishi lozim. Uning butun to‘dasiga qonuniy jazo ko‘rish kerak. Sholi kurmaksiz bo‘lmaganidek, baribir eski zamonni qo‘msagan noinsoflar ham bor. Ular erkinlik, ochiqlik siyosatini tushunmaydi”, — deb aytdi.

    * * *

    Bu hafta ta’lim sohasidagi yangiliklarga boy bo‘ldi.

    Toshkent shahrida Sankt-Peterburg davlat universiteti Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filiali tashkil etiladi. Filialda o‘qish bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi: filologiya (Sharq tillari bo‘yicha); mamlakatshunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti (Sharq mamlakatlari bo‘yicha); biotibbiyot (kimyo, biologiya, fizika, psixologiya va boshqalar).

    Shavkat Mirziyoyev 15-yanvar kuni Toshkent shahri va Yunusobod tumani faollari bilan uchrashdi. Uchrashuvda JIDU talabasi so‘z olib, bo‘lajak diplomatlar elchixonalarda amaliyot o‘tashini taklif qildi. Prezident 17 yoshli talaba qizning taklifini qo‘llab-quvvatlab, “...bu bo‘yicha tegishli qaror ham chiqaramiz. Ammo sizga xohlagan vaqtingizda Amerika elchixonasiga borib, bir oymi yoki bir yilmi, istaganingizcha ishlab kelish imkoniyatini beraman”, dedi.

    Xuddi shu yig‘inda prezident yana bir yangilikning uchini chiqardi. Prezident universitetlari tashkil etiladi va unda Oksford ta’limi joriy qilinadi. Uning hamma o‘qituvchilari chet eldan bo‘ladi. “...Nega? Chunki bolalarimiz chet elga ketib, ularning 50 foizi qaytib kelmayapti. ‘Eng katta aql’ ketyapti. Ularga u yerdagi sharoit yoqadi, oylik katta. Ammo endi men shu sharoitlarni yaratib, ularni o‘zimizda o‘qitmoqchiman. Ketmasin bolalarimiz...”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

    * * *

    Darvoqe, ta’lim sohasidagi eng katta yangilikni yozmabmiz – Abduqodir Toshqulov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri bo‘ldi. U bungacha TerDU rektori edi. Avvalgi vazir Inomjon Majidov esa O‘zbekiston Milliy universitetiga rektor etib tayinlandi.

    Abduqodir Toshqulov, Sherzod Hidoyatov.

    Abduqodir Toshqulov, Sherzod Hidoyatov.
    Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

    Endi hafta tayinlovlariga batafsilroq to‘xtalamiz. Shunday qilib, Abduqodir Toshqulov oliy ta’lim vaziri, Sherzod Hidoyatov kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga ma’qullandi. Saidkamol Xodjayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimidan ketdi.

    Yunusobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Rahmonbek Usmonov O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Usmonov oldin Toshkent shahar hokimi ham bo‘lgan.

    Xalilillo To‘raxo‘jayev.

    Xalilillo To‘raxo‘jayev.
    Foto: “Davletov.uz”

    Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — Kadastr agentligi direktori Xalilillo To‘raxo‘jayev Oliy sud raisining fuqarolik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga o‘tdi. U bunga qadar Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — Kadastr agentligi direktori, ungacha esa Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan. U bunga qadar Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — Kadastr agentligi direktori, ungacha esa Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan, deb yozmoqda “Davletov.uz”.

    Har qanday ob-havoda “Daryo.uz” sizga eng qaynoq yangiliklarni taqdim etadi. Biz bilan qoling.

    17.01.2021, 22:59   Izoh (0)   40835
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bepul tibbiy tekshiruvlar, uylar ta’miri va modalar namoyishi: Namanganda ayollar festivali bo‘lib o‘tdi

    17.01.2021, 22:48

    Samarqandda 2020-yilda salkam 318 mingta qoidabuzarlik aniqlangani ma’lum qilindi

    17.01.2021, 22:06

    O‘zbekistonda 2020-yilda 1723 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgani ma’lum bo‘ldi

    17.01.2021, 21:26

    Oliy sud fuqarolar qabuli bo‘yicha bildirilgan tanqidlarga munosabat bildirdi

    17.01.2021, 20:23

    Qashqadaryodagi hokimlar davolanish uchun Toshkentga jo‘nab ketdi. Endi ularning o‘rnini yoshlar egallaydi

    17.01.2021, 19:22

    “O‘zgidromet” 18-yanvarda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    17.01.2021, 19:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda Milliy gvardiya xodimlari cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 13:55

    Maosh ming yevrogacha: o‘zbekistonlik ayollar Slovakiyaga ishga taklif qilinmoqda

    O‘zbekiston | 5 iyul, 12:45

    Toshkent viloyatida 7 yoshli bola onasi va o‘gay otasi tomonidan kaltaklandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 12:22

    Andijonda xotinini ko‘chada o‘ldirib, qochib ketgan erkak ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 11:30

    Zelenskiy Tramp Ukrainaga havo hujumidan mudofaa masalasida yordam bermoqchi ekanligini aytdi

    Dunyo | 5 iyul, 10:33

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Fluminense” “Al-Hilol”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

    Sport | 5 iyul, 10:12

    Moskva viloyatidagi Ozarbayjon diasporasi rahbari Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi

    Dunyo | 5 iyul, 09:52

    Samarqandga uzatilgan andijonlik qiz kelinlik xonadonidan o‘lik holda olib kelindi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 09:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.