Daryo

Inomjon Majidov O‘zbekiston Milliy universiteti rektorligiga tayinlandi

Shuningdek, O‘ktam Salomov Farg‘ona politexnika instituti rektori, Avazjon Marahimov Termiz davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi

1 daqiqa o‘qish90 540 ko‘rishlar0 izoh1
Foto: “Xalq so‘zi online”

O‘zbekiston Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi farmoni bilan Abduqodir Toshqulov oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Tayinlovga qadar Toshqulov Termiz davlat universitetiga rektorlik qilib kelgan.

Foto: “Daryo”

Avvalgi vazir Inomjon Majidov (2017-yildan beri ushbu lavozimni egallab kelgan) hukumat qarori bilan O‘zbekiston Milliy universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan O‘ktam Salomov Farg‘ona politexnika instituti rektori, Avazjon Marahimov Termiz davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

Kuni kecha oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov iste’foga chiqarilgani, u O‘zbekiston Milliy universitetiga rektor etib tayinlanishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqalgan, biroq keyinroq vazirlik matbuot xizmati bu xabarlarni rad etgan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar