• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Eng xavfli tomoni — qurilishda na usta, na ‘prorab’ bo‘lgan”. Jizzaxdagi ko‘p qavatli binoning qulashi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

    Qurilish vazirligida 14-yanvar, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida qurilish vazirining o‘rinbosari Kozim To‘laganov Jizzax shahrida ko‘p qavatli biynolardan birining qulashi holati yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    10-yanvar kuni Jizzax shahrida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uyning bir qismi qulab tushgan edi. FVV va Bosh prokuraturaning qayd etishicha, voqea oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar bo‘lmagan. Ma’lum qilinishicha, qulab tushgan bino yonidagi 6 qavatli inshootning ham poydevorlarida cho‘kish alomatlari kuzatilgan bo‘lib, hozirda u xavfli holatda turibdi. Halokatni o‘rganish maqsadida bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshliq hukumat komissiyasi tuzilgan. Shuningdek, mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Anjumanda ma’lum qilinishicha, Jizzax shahridagi voqea bo‘yicha “Barakali qorako‘l chorvador” fermer xo‘jaligi tomonidan Jizzax viloyati Qurilish sohasi hududiy nazorat inspeksiyasiga Davlat xizmatlari markazi orqali 2020-yil 29-yanvar kuni murojaat qilingan. Inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda ruxsat olingan va qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun 16-sonli ruxsatnoma berilgan.

    Dastlab, “Jizzax bunyodkor loyiha” MChJ tomonidan 3 qavatli loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan. Ushbu loyiha-smeta hujjatlari “Shaharsozlik hujjatlari” DUK Jizzax viloyati filiali tomonidan 2020-yil 17-noyabrda ijobiy yig‘ma ekspert xulosasi olingan.

    Shunga qaramasdan, buyurtmachi pudratchi tomonidan xo‘jalik usuli bilan 1—2-qavati savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari hamda 3–6-qavatlarida turar joy binolari qurilishi bo‘yicha loyiha hujjatlari Discovery Agrotech Group tomonidan qayta ishlab chiqilgan.

    Jizzax viloyati qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektor shaharsozlik kengashi bilan kelishilmagan. Lekin Jizzax viloyati “Shaharsozlik hujjatlari” DUK Jizzax viloyati filialining 2020-yil 12-oktabrda yig‘ma xulosasi olingan.

    Buyurtmachi tomonidan loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirish kiritilgan uch qavatli bino olti qavatli binoga o‘zgartirilgan, loyiha-smeta hamda ekspertiza xulosasi o‘zgartirilgan.

    Vazirlar Mahkamasining 373-qarori 5-ilovasi 20-bandiga binoan, 10 kunlik muddatda loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirish kiritilib, ekspertizadan o‘tkazilganligi yuzasidan hududiy inspeksiyaga ma’lumot kiritilmagan.

    Obyektda qurilish-montaj ishlari 2020-yilning mart oyida boshlangan. Demak, bu yerda birinchi loyiha asosida ish boshlangan degan xulosa kelib chiqadi. Chunki ikkinchi loyiha keyingi muddatda ekspertizadan o‘tkazilgan, — dedi Kozim To‘laganov.

    Qurilishda texnik xavfsizlikning birinchi va ikkinchi bandlariga amal qilmagan holda qurilish maydonida ishchilar maxsus kiyim va himoya vositalari bilan to‘liq ta’minlanmaganligi, uy-joyning poydevor ishlarida bajarilgan quyma beton loyihaviy mustahkamligi mos kelishi bo‘yicha qurilish-sinov laboratoriya xulosasi taqdim etilmaganligi, qurilish obyektiga buyurtmachi tomonidan texnik nazoratchi va ishlarni yuritish uchun ish yurituvchi ‘prorab’ buyruq bilan biriktirilmaganligi inspeksiya tomonidan muddatli yozma ko‘satma berilgan.
    Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar berilgan taqdirda ham eng xavfli tomoni — qurilishda na usta, na ‘prorab’ bo‘lgan. O‘zi bilganicha ish olib borgan. Ikkinchi tomoni, obyektda mart oyida birinchi loyiha bilan ish boshlangan. Ekspertizaning ikkinchi xulosasini 12-oktabrda qaytadan chiqarishgan. Hammasi tushunarsiz holat. Inspeksiya tomonidan shuncha kamchiliklar bo‘yicha ular qo‘liga hujjat berilyapti, ular ertasiga laboratoriyani chaqirib, moslashtiryapti, lekin asosiy hujjat yo‘q. ‘Prorab’ vazifasini bajaradigan odam yo‘q.

    Eng kerakligi – obyektni noturarga ko‘chirish bo‘yicha hujjatlarning birortasi rasmiylashtirilmagan. Laboratoriya qolgan ishlar bo‘yicha qisman xulosasini bergan. Obyektda eng asosiy shaxs buyurtmachi hisoblanadi. O‘sha buyurtmachining javobgarligi birinchi o‘rinda turishi kerak. Ikkinchi — loyihachi, uchinchi — pudrat tashkilotining ichki nazorati. Bu obyektda na unisi, na bunisi, na uchinchisi shakllangan. Natija mana shunday halokatga olib keldi. Agar oldiga qo‘yilgan vazifalar o‘z vaqtida bajarilganida, bu ahvolga kelmagan bo‘lardi, — dedi vazir o‘rinbosari.

    Mavzuga doir: Jizzaxda qulagan bino qo‘y naslchiligi bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligi tomonidan qurilgani aniqlandi. Uning rahbari qurilishga aloqasi yo‘qligini aytmoqda

    14.01.2021, 11:55   Izoh (0)   42284
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Investorlar avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha 8 ta loyihani taklif etmoqda — Shavkat Mirziyoyev

    14.01.2021, 10:34

    Sardor Umrzoqov to‘g‘ridan to‘g‘ri jalb etilayotgan investitsiyalar borasidagi raqamlar Markaziy banknikidan farq qilishiga izoh berdi

    14.01.2021, 10:10

    Abduqodir Toshqulov oliy ta’lim vaziri, Sherzod Hidoyatov kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga ma’qullandi

    14.01.2021, 10:01

    O‘zbekistonda xorijga chiqish pasporti uchun to‘lov miqdorini kamaytirish taklifi beriladi

    14.01.2021, 09:23

    “Statistika soxta bo‘lganidan ko‘ra yashirilgani yaxshiroq” — Behzod Hoshimov

    14.01.2021, 09:09

    “To‘ylarimizda hatto vertolyot ham ishlatib ko‘rdik”. Ozodbek Nazarbekov ixcham to‘ylar tarafdori ekanini aytdi

    14.01.2021, 08:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.