• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    2020-yilning eng sermahsul futbolchilari. Messi va Saloh kuchli beshlikda ham yo‘q

    Koronavirus pandemiyasi tufayli 2020-yilda futbolda katta tanaffus qayd etildi. Ammo bu tanaffuslar to‘purarlarga xalaqit bera olmadi. Quyida ortda qolgan yilning eng sermahsul (barcha musobaqalar inobatga olingan) futbolchilari haqida hikoya qilinadi.

    Patson Daka (“Zalsburg”): 36 o‘yin, 25 ta gol

    <strong>Foto: Getty Images</strong>

    Foto: Getty Images

    Ro‘yxatni 22 yoshli zambiyalik hujumchi Patson Daka ochib beradi. Aynan u jamoasida “Borussiya”ga ketgan Erling Holandning o‘rnini egalladi. 2020-yilda yosh forvard o‘rtacha har 95 daqiqada gol urdi. Oktabr oyida kelib esa unga “Manchester Siti” qiziqish bildirdi, “shaharliklar” skautlari unda Serxio Agueroning o‘rinbosarini ko‘rdi.

    Transfermarkt portali iqtidorli futbolchini 20 million yevroga baholamoqda, ammo “Zalsburg” katta ehtimol bilan futbolchisi uchun ko‘proq so‘raydi.

    Lionel Messi (“Barselona”): 44 uchrashuv, 26 ta gol

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Argentinalik uchun bu yil qiyin va asabiy o‘tdi. “Barselona” bilan Chempionlar Ligasida sharmandali tarzda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, La Ligada chempionlikni “Real” ilib ketdi. 33 yoshli argentinalik futbolchi o‘yindan (penaltidan esa ko‘proq) kam gol urdi. “Barselona” sardori 26 golidan 8 tasini penaltidan urdi va har bir gol uchun unga 151 daqiqa kerak bo‘ldi. Shunga qaramay 2020-yilda Messi bir klub safidagi gollari soni bo‘yicha afsonaviy Pelening rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi. “Valyadolid”ga qarshi kechgan safar o‘yinida Messi “Barselona” safidagi 644-golini urdi.

    Muhammad Saloh (“Liverpul”): 44 uchrashuv, 26 ta gol

    Foto: Goal

    Foto: Goal

    Yilning birinchi yarmi misrlik uchun unchalik ham samarali o‘tmadi (yanvardan iyunga qadar 8 ta gol). Ammo ikkinchi qismga kelib, tezlikni oshirdi. Saloh hozirda 15 o‘yinda 13 ta gol urib, Premyer Liga to‘purarlari poygasida yetakchilik qilmoqda. 2020-yil yakunlari bo‘yicha Britaniyaning Mirror gazetasi uni muxlislar talqiniga ko‘ra Angliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb tan oldi.

    Kilian Mbappe (PSJ): 36 uchrashuv, 26 ta gol

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    2020-yilda fransuz Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishga juda yaqin kelgandi. Ammo uning jamoasi “Bavariya”ga minimal hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:1). Dekabr oyi boshida Mbappe 21 yosh-u 11 oyligida Chempionlar Ligasidan o‘rin olgan “Istanbul”ga qarshi o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol etib, mazkur musobaqadagi o‘zining 20-golini urdi va Lionel Messining rekordini yangiladi. Shu tariqa Kilian ushbu ko‘rsatkichga (20 ta gol urgan) erishgan eng yosh futbolchiga aylandi. Yevropaning gigant jamoalari esa hozirda yosh iqtidorni o‘z jamoasiga qo‘shib olish haqida bosh qotirmoqda.

    Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”): 50 uchrashuv, 28 ta gol

    Foto: Goal

    Foto: Goal

    Lissabonning “Sporting” klubidan o‘tganidan so‘ng Brunu “qizil iblislar”ning boshlang‘ich tarkibida o‘ynab ketish bilan birga “Manchester Yunayted”ning yetakchisiga ham aylandi. U APLning 29 o‘yinida 18 gol urdi va 14 golga uzatma berdi. Bu uning o‘rtacha har bir uchrashuvda jamoasining kamida bitta golida qatnashganini bildiradi.

    Erling Holand (“Borussiya D”): 32 uchrashuv, 33 ta gol

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Norvegiyalik hujumchi “arilar” o‘yin uslubiga juda tez moslashdi. 2020-yil esa u uchun juda muvaffaqiyatli o‘tdi: Noyabr oyi oxirida Yeropaning eng yaxshi yosh futbolchisiga topshiriladigan Golden Boy mukofotini olgan bo‘lsa, dekabr oyida Norvegiyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Holand shu bilan to‘xtamoqchi emas va allaqachon “Oltin to‘p” va Chempionlar Ligasi haqida orzu qilayotganini e’lon qilgan.

    Chiro Immobile (“Latsio”): 39 uchrashuv, 34 ta gol

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Avgust oyi boshida italiyalik hujumchi Robert Levandovski va Krishtianu Ronalduni ortda qoldirib, “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritgandi. U 2019/2020-yilgi mavsumda 36 gol bilan Yevropaning eng yaxshi to‘purariga aylandi. 2020/21-yilgi mavsumda esa Immobilening ko‘rsatkichlari biroz pasaydi. A Seriyada italiyalik 13 uchrashuvda 10 ta gol urdi va to‘purarlar poygasida Ronaldu (14), Lukakudan (12) ortda qolmoqda.

    Romelu Lukaku (“Inter”): 47 uchrashuv, 35 ta gol

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Manchester Yunayted”dan ketgach, belgiyalik “Inter”da o‘z joyini topishga muvaffaq bo‘ldi. 2020-yilda Lukaku har 107 daqiqada gol urdi. 27 yoshli hujumchi ushbu natijalaridan keyin o‘zini dunyoning eng yaxshi besh hujumchilari qatoriga qo‘shdi.

    “Hujumchilarni pog‘onalarga qo‘yishni istamayman, lekin men aniq beshlikka kiraman”, – deydi Lukaku.

    Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”): 39 uchrashuv, 41 ta gol

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Yoshiga qaramay portugaliyalik futbolchi hamon ajoyib sport formasini ushlab turibdi. A Seriyaning 2020/21-yilgi mavsumida Ronalduning 11 ta o‘yinda 14 ta gol urib to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilayotgani ham bunga yaqqol misol bo‘la oladi. 35 yoshli futbolchi biroz muddat oldin Globe Soccer Awards talqiniga ko‘ra asrning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Uning o‘zi esa hozirda o‘zini yaxshi his qilayotganini va yana ko‘plab mavsumlar o‘tkaza olishiga umid qilishini aytdi.

    “O‘zimni yaxshi his qilyapman, hozir hayotimdagi eng yaxshi damlar. Umid qilamanki, yana ko‘p mavsumlarni o‘tkazaman, ammo bundan keyin nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Agar sizda motivatsiya bo‘lsa, yosh muhim emas. Oldimda porloq kelajakni ko‘ryapman va bundan xursandman”, – deydi Ronaldu.

    Robert Levandovski (“Bavariya”): 39 uchrashuv, 45 ta gol

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    2020-yildagi eng sermahsul futbolchi “Bavariya”ning polshalik hujumchisi bo‘ldi. Levandovski FIFA talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi o‘yinchisi mukofotiga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, The Guardian nashri ham Robertni 1-o‘ringa loyiq ko‘rdi. Bundan tashqari Xalqaro sport press assotsiatsiyasi uni “Yilning eng yaxshi sportchisi” unvoni bilan mukofotladi. Levandovski ovoz berish natijalariga ko‘ra, Formula-1 uchuvchisi Lyuis Hemilton va tennischi Rafael Nadalni ortda qoldirdi. Umuman olganda, polshalik futbolchi uchun 2020-yil faoliyatidagi eng muvaffaqiyatlisi bo‘ldi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    04.01.2021, 15:26   Izoh (0)   18334
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Lionel Messi “Barselona”da Xavining rekordiga yaqinlashib oldi

    04.01.2021, 13:32

    “Milan” klub tarixidagi eng yaxshi mavsum startini qayd etdi

    04.01.2021, 12:00

    Krishtianu Ronaldu rasmiy o‘yinlardagi gollari soni bo‘yicha Peledan o‘zib ketdi

    04.01.2021, 11:00

    WhoScored “Jenoa” — “Latsio” uchrashuvida futbolchilar olgan ballarni e’lon qildi. Eldor Shomurodov eng yaxshilardan biri

    04.01.2021, 10:26

    La Liga. “Barselona” so‘nggi o‘rindagi jamoani bazo‘r mag‘lub etdi

    04.01.2021, 03:25

    A Seriya. “Yuventus” Ronaldu dubl qayd etgan o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Milan” o‘n o‘yinchi bilan Inzagi jamoasini yengdi

    04.01.2021, 03:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.