“Milan” A Seriya 15-turida 3-yanvar, yakshanba kuni “Benevento”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:0).
Stefano Pioli qo‘l ostidagi jamoa 15 o‘yindan keyin 37 ochko to‘pladi va peshqadam bo‘lib turibdi. Bu klub uchun uch ochkolik tizimga o‘tilganidan keyingi (1994-yildan so‘ng) davr rekordi hisoblanadi.
“Milan” Italiya chempionatida ketma-ket 27 o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmayapti.
Keyingi o‘yinni “rossonerilar” 6-yanvar kuni “Yuventus”ga qarshi o‘tkazadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)