Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 17-turida “Atletiko” 3-yanvar, yakshanba kuni “Alaves” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning 41-daqiqasida Markos Lyorente madridliklarni oldinga olib chiqdi. Tanaffusga qadar hisob boshqa o‘zgarmadi. 63-daqiqada maydon egalari Viktor Laguardianing chetlatilishidan keyin bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi.
O‘yin yakunlanishi arafasida mezbonlarning qarshi hujumidan keyin Felipe o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va hisob tenglashdi. Biroq asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasida Luis Suares Joau Feliksning uzatmasidan keyin bo‘sh darvozani ishg‘ol qilib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Atletiko” ochkolarini 38 taga yetkazib oldi va peshqadamlikka qaytdi. Madridliklar hisobida ikkita zaxira o‘yini bor.
La Liga
17-tur bahsi
3-yanvar, yakshanba
“Alaves” — “Atletiko” 1:2
Gollar: 0:1 – 41 Lyorente, 1:1 – 84, avtogol Felipe, 1:2 – 90 Suares.“Alaves”: Pacheko, Laguardia, Xavi Lopes (Marin, 89), Agirregabiria, Lejen, Sayns (Rioxa, 68), Mendes (Lukas Peres, 75), Battalya, Manu Garsiya (Tachi, 68), Xota, Deyverson (Xoselu, 75).
“Atletiko”: Oblak, Ermoso, Ximenes, Felipe (Lodi, 88), Vrsalko, Lemar, Koke, Karrasko (Saul, 82), Lyorente, Korrea (Joau Feliks, 62), Suares.
Ogohlantirishlar: Karrasko (29), Suares (90+3).
Chetlatish: Laguardia (63).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)