“Andijon” futbol klubida marketing borasida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi, deya xabar qilmoqda jamoa matbuot xizmati.
Klub yangi logotipni namoyish qildi. Yangi timsolni yaratishda ko‘k, qizil va oq ranglardan foydalanilgan. “A” harfi ko‘rinishidagi logotipda Zahiriddin Muhammad Bobur haykali va burgut (jamoa laqabi) tasvirlangan.
Shuningdek, jamoa o‘z o‘yinlarini o‘tkazadigan “Sog‘lom Avlod” stadioni nomi “Bobur Arena”ga almashtirilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)