Italiya A Seriyasining 15-turida “Inter” 3-yanvar, yakshanba kuni “Krotone”ni qabul qildi.
Avvaliga mehmonlar 12-daqiqadagi tezkor gol evaziga oldinga o‘tib oldi. Bunga milanliklar Lautaro Martinesning goli javob qaytardi, oradan ko‘p o‘tmay “Krotone” vakili o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 36-daqiqada mehmonlar penaltidan gol urgan holda muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo‘lim to‘liq Antonio Konte shogirdlari ustunligida o‘tdi va “Inter” raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritdi. Lautaro yana ikkita gol urgan holda het-trikni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Romelu Lukaku va Ashraf Hakimi bir martadan darvozani aniq nishonga oldi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Inter” ochkolarini 36 taga yetkazib oldi va bitta zaxira o‘yiniga ega “Milan”dan ikki ochkoga ilgarilab, peshqadamga aylandi. “Krotone” (9) esa 19-pog‘onada bormoqda.
A Seriya
15-tur bahsi
3-yanvar, yakshanba
“Inter” — “Krotone” 6:2
Gollar: 0:1 – 12 Zanellato, 1:1 – 20 Martines, 2:1 – 31, avtogol Marrone, 2:2 – 36, penalti Golemich, 3:2 – 57 Martines, 4:2 – 64 Lukaku, 5:2 – 78 Martines, 6:2 – 87 Hakimi.“Inter”: Handanovich, Yang (Darmian, 75), de Vrey, Shkrinyar, Hakimi, Barella (Galyardini, 70), Brozovich, Vidal (Sensi, 46), Bastoni (Kolarov, 81), Martines, Lukaku (Perishich, 75).
“Krotone”: Kordats, Pedru Pereyra, Golemich (Jiji, 85), Marrone, Retsa, Zanellato, Molina (Vulich, 85), Junior Messias (Roxas, 86), Eduardo Enrike, Luperto (Magalyan, 70), Rivyer (Nvankvo, 62).
Ogohlantirishlar: Retsa (8), Golemich (22), Luperto (52).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)