Super o‘rta vazn toifasida WBC va WBA kamarlari sohibi Saul Alvares WBA kamaridan voz kechdi.
Bu haqda uning murabbiyi Eddi Reynoso ma’lum qildi.
“Hozir Kanelo — super o‘rta vazn vakili. Bu uning asosiy vazni. Bu yerda u o‘zini yaxshi his qiladi.
O‘rta vaznda endi bizni hech narsa ushlab turmaydi”, — deydi Reynoso.
Saul so‘nggi jangida Kallum Smitni (27-1, 19 KO) mag‘lub etib, WBC kamariga ega chiqqandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)